Ma’ruzalar matni


Download 4.32 Mb.
bet52/113
Sana27.08.2023
Hajmi4.32 Mb.
#1670586
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   113
Bog'liq
Курилиш материаллари ва буюмлари Б ва ИК uchun1

Ohakning qotishi. Havoyi ohak so‘ndirilgach ochiq havoda asta-sekin quriydi va havo tarkibidan SO2 gazini olib qotadi.
So‘ndirilgan ohak quyidagicha karbonlashadi:
Sa(ON)2SO2SaSO3N2O
Ohak bog‘lovchisi qotish jarayonida Sa(ON)2 zarrachalari bir-biriga yaqinlashadi, zichlashadi, asta-sekin kristallanadi va kristallanish jarayonining chuqurlashishi mustahkam qurilish materiali hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Ohak bog‘lovchisi asosidagi materiallar mustahkamligini tezlikda oshirish uchun ularni issiqlik bilan qayta ishlash tavsiya etiladi. Issiqlik Sa(ON)2 karbonlashtirish jarayonini (kristallanishni) tezlashtiradi.
So‘ndirilmagan kukun ohak. Ohakning bu turi bo‘lak ohakni avvaldan so‘ndirilmasdan maxsus tegirmonda kukun xolatga keltirib tayyorlanadi. So‘ndirilmagan tuyulgan ohak asosidagi qurilish qorishmalari va betonlari tez qotadi.
Ohak tarkibiga 90-150% suv kiritilganda ohak bevosita material ichida gidratlansa (SaO.N2O) SaO ning gidratatsiya va kristallanish jarayonlari tezlashadi. Gidratatsiya jarayonida ajrab chiqqan issiqlik qurilish qorishmasi va betonning qotishini tezlashtiradi.
So‘ndirilmagan kukun ohak tarkibiga kukun holatdagi mineral qo‘shimchalar (shlaklar, kullar, ohaktosh va boshqalar) qo‘shilishi mumkin. Bu turdagi ohak bog‘lovchisi tayyorlangandan keyin darhol ishlatilgani ma’qul, aks holda mahsulot havodan namni olib bog‘lovchilik xususiyatini yo‘qotishi mumkin.
Ohak bog‘lovchisining asosiy xossalari. Sifatiga qarab havoyi ohak sanoatda 3 xil navda ishlab chiqariladi. Havoyi ohak 5.1-jadvalda keltirilgan talablarga javob berishi kerak.
So‘nish tezligiga qarab havoyi ohak tez so‘nadigan (8 minutgacha), o‘rtacha tezlikda so‘nadigan (25 minutgacha) va sekin so‘nadigan (25 daqiqadan ko‘p) turlarga bo‘linadi. To‘yingan so‘ndirilmagan ohakning maydalik darajasi
№02 va 008 nomerli elaklardagi qoldiqlari bilan belgilanadi. Elaklardagi qoldiqlar 1,0 va 15% bo‘lishi kerak.
Uning to‘kma zichligi 800-1200 kgm3 bo‘ladi. Havoyi ohak mustahkamligi jihatidan mineral bog‘lovchilar o‘rtasida eng pasti hisoblanadi. Ohak asosidagi qurilish qorishmalarining siqilishdagi mustahkam chegarasi, so‘ndirilgan ohak ishlatilganda, 0,4-1,0 MPa atrofida bo‘ladi. SHuning uchun havoyi ohak navlari mustahkamligi bo‘yicha emas, balki uning tarkibiga nisbatan belgilanadi. Ohaktosh tarkibida tuproqsimon va boshqa qo‘shimchalar kam bo‘lsa, ohak aktivligi shuncha yuqori, so‘nishi esa tez bo‘ladi.

Download 4.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling