Ma’ruzalar matni


Download 4.32 Mb.
bet54/113
Sana27.08.2023
Hajmi4.32 Mb.
#1670586
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   113
Bog'liq
Курилиш материаллари ва буюмлари Б ва ИК uchun1

Nazorat savollari

  1. Mineral bog‘lovchilar qanday klassifikatsiyalanadi?

  2. Havoyi ohak ishlab chiqarish texnologiyasi va xossalarini aytib bering?

  1. Gips bog‘lovchisi xomashyosi, ishlab chiqarish texnologiyasi, asosiy xossalari xaqida aytib bering.

  2. Portlandsement xom ashyosi, ishlab chiqarish texnologiyasini aytib bering.

  1. Portlandsement klinkerining mineralogik tarkibi va unga qo‘shiladigan qo‘shimchalar nimalardan iborat?

  2. Portlandsement asosiy xossalarini va korroziyasini aytib bering.

  3. Portlandsement turlarini gapirib bering.

  4. Putssolanli va shlakli sementlar nima?

  5. Giltuproqli sementlarning xomashyosi, asosiy xossalari haqida aytib bering.

10. Kengayuvchan, zo‘riqish hosil etuvchi va sementning boshqa turlari haqida gapirib bering.


Qo‘shimcha adabiyotlar



  1. Otaqo‘ziev T.A., Otaqo‘ziev E.T. Mineral bog‘lovchi moddalar kimyoviy texnologiyasi. “CHo‘lpon” nashriyoti. Toshkent. 2005. 252 b.

  2. Filimonov B.P. Otdelochnыe rabotы. Sovremennыe materialы i novыe texnologii. Izd. “Assotsiatsiya stroitelnыx vuzov”. Moskva. 2004. 173 s.

  3. Vasilev S.M., Kozlov S.A. i dr. Master suxogo stroitelstva (komplekt uchebnoy dokumentatsii po professii). OOO Knauf servis. Moskva.

2005, 155 s.

6-MAVZU




GIDRAVLIK BOG‘LOVCHI MODDALAR,PARTLANDSEMENT.


Reja:

  1. Gidravlik ohak

  2. Romansement

  3. Portlandsement



1. Gidravlik ohak
Gidravlik ohak tarkibida 6-20% giltuproq bo‘lgan mergelli ohaktoshlari 900-11000S haroratda kuydirib olinadi.
Mergelli ohaktoshlar kuydirilganda SaO dan tashqari kichik tartibli minerallar-2SaO.SiO2; CaO.Al2O3 va CaO.Fe2O3 hosil bo‘ladi. Bu minerallar ohakka gidravlilik xususiyatini, ya’ni nam va suvli sharoitda qotish imkoniyatini beradi.
Gidravlik ohak 7 sutka davomida havoda qotib, keyinchalik qotishini suvda davom ettiradi va mustahkamligi muttasil ortib boradi.
Gidravlik ohakning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi bo‘yicha markasi (28 sut) 2-10 MPa bo‘lishi mumkin.
Gidravlik ohak maydalab kukun holda yoki suvda so‘ndirilib ohak hamiri holatida ishlatiladi. U g‘isht terishda va suvoqchilikda ishlatiladigan oddiy va murakkab tarkibdagi qorishmalar, past markadagi betonlar tayyorlashda ishlatiladi. Gidravlik ohakni saqlashda, tashishda namlanishdan asrash kerak.
Gidravlik ohakka tarkibi va tayyorlanish texnologiyasi jihatidan juda yaqin bo‘lgan bog‘lovchilar asosidagi qorishmalar Samarqand, Xiva, SHaxrisabz, Buxoro kabi shaharlar arxitektura yodgorliklari g‘ishtlarini terishda, suvoqchilikda ishlatilgan.



  1. Romansement

Romansement tarkibida 20% va undan ortiq miqdorda giltuproq bo‘lgan mergelli ohaktosh va magnezitlarni 9000S haroratda kuydirib olinadi. Kuydirilganda hosil bo‘ladigan kichik tartibli kalsiyli silikatlar va alyuminatlar romansementga gidravlilik xususiyatini beradi. Xomashyo kuydirilganda romansement tarkibida ohak erkin holatda 2-3% miqdorgacha hosil bo‘lishi mumkin.
Romansement tarkibiga 3-5% gips va 10-15% opoka, diatomit, trepel, gliej singari aktiv mineral qo‘shimchalar kiritilishi uning gidravlilik xususiyatlarini yaxshilaydi.
Romansement 3 xil markada: 2,5; 5,0 va 10 (MPa) ishlab chiqariladi. U past markadagi qurilish qorishmalari va betonlari olishda ishlatiladi.


  1. Download 4.32 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling