Ma’ruzalar matni


Portlandsementning ishlatilishi


Download 4.32 Mb.
bet62/113
Sana27.08.2023
Hajmi4.32 Mb.
#1670586
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   113
Bog'liq
Курилиш материаллари ва буюмлари Б ва ИК uchun1

Portlandsementning ishlatilishi. Portlandsement bog‘lovchisi asosida beton, qurilish qorishmalari, asbestotsement buyumlari,armotsement konstruksiyalari va boshqa kompozitsion materiallar ishlab chiqariladi. Beton qurilish tizimida yig‘ma temirbeton va monolit holatlarda ishlatiladi. Nisbatan past markadagi sementlar g‘isht terish va suvoqchilik qorishmalari tayyorlashda foydalaniladi. YUqori markadagi sementlar (400, 500, 550, 600) temirbeton va armaturasi avvaldan taranglangan temirbeton konstruksiyalar tayyorlashda ishlatiladi. Qurilish portlandsementini korroziya muhitida ishlatish maqsadga muvofiq emas.
Portlansement shlab chiqarishda energiya sarfi yuqori bo‘lgani sababli uni qurilish sohalarida ratsional ishlatish kerak.
Nazorat savollari

  1. Mineral bog‘lovchilar qanday klassifikatsiyalanadi?

  2. Havoyi ohak ishlab chiqarish texnologiyasi va xossalarini aytib bering?

  3. Gips bog‘lovchisi xomashyosi, ishlab chiqarish texnologiyasi, asosiy xossalari xaqida aytib bering.

  4. Portlandsement xom ashyosi, ishlab chiqarish texnologiyasini aytib bering.

  5. Portlandsement klinkerining mineralogik tarkibi va unga qo‘shiladigan qo‘shimchalar nimalardan iborat?

  6. Portlandsement asosiy xossalarini va korroziyasini aytib bering.

  7. Portlandsement turlarini gapirib bering.

  8. Putssolanli va shlakli sementlar nima?

  9. Giltuproqli sementlarning xomashyosi, asosiy xossalari haqida aytib bering.

  10. Kengayuvchan, zo‘riqish hosil etuvchi va sementning boshqa turlari haqida gapirib bering.

8-MARUZA
SEMENTNING MAXSUS TURLARI
Reja:

  1. Portlandsementning maxsus turlari.

  2. Ularning xossalari va ishlatilishi.

1. Portlandsementning maxsus turlari
Maxsus turdagi sementlar ularni ishlatish sharoitidan, xossalarni boshqarishdan, sanoat chiqindilarini ishlatish, klinkerni tejash muammolaridan kelib chiqadi.
Tez qotuvchan sement (BTS)- tarkibida alit (C3S) va selit (S3A) minerallarini yig‘indisi klinker tarkibida 60-65% kam bo‘lmasligi, mineral qo‘shimchalar 15% bo‘lishi kerak. BTS 3 sutka davomida markadagi mustahkamlikning 50% erishadi. Tez qotuvchan sement solishtirma yuzasi 3500-4000 sm2g gacha maydalanadi va 400, 500 markalarda ishlab chiqariladi.

Download 4.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling