Ma’ruzalar matni


Plastifitsirlangan (gidrofil) sementlar


Download 4.32 Mb.
bet65/113
Sana27.08.2023
Hajmi4.32 Mb.
#1670586
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   113
Bog'liq
Курилиш материаллари ва буюмлари Б ва ИК uchun1

Plastifitsirlangan (gidrofil) sementlar-klinker tuyilayotgan paytda uning tarkibiga 0,25% (massa bo‘yicha) lignosulfonatlar va ular asosida olingan gidrofil organik qo‘shimchalar kiritib tayyorlanadi.
Bunday sementlar asosida olingan beton va qorishmalar harakatchanligi juda yuqori bo‘ladi. Buning hisobiga beton va qorishmaning suv va sement nisbati pasayadi, zich beton hosil bo‘ladi, sovuqqa chidamliligi ortadi, sement sarfi, beton sifatini pasaytirmagan holda, 10-20% gacha kamayadi.
Gidrofob sement-klinker tuyulayotganda 0,1-0,2% milonaft, asidol, yog‘li kislotalar, kub qoldiqlari va boshqalar qo‘shiladi. Bu sement oddiy sementga nisbatan gigroskopikligi kam bo‘lib, tashish va saqlashda aktivligini yo‘qotmaydi. Gidrofob qo‘shimchalar beton va qorishmalarni qisman plastifitsirlaydi, harakatchanligini oshiradi, keyinchalik buyum va konstruksiyalarga yuqori darajada sovuqqa chidamlilikni, suv o‘tkazmaslikni ta’minlaydi. Sementda gidrofob effekt bir necha 10 yillar davomida saqlanishi mumkin.
Oq va rangli portlandsementlar. Oq sement klinkeri toza ohaktosh va oq soztuproq asosida olinadi. Ular tarkibida temir va marganets oksidlari va shu kabi qo‘shimchalar bo‘lmasligi kerak, aks holda sement noxush ranglarda bo‘lishi mumkin.
Xomashyo gaz yoqilg‘isida kuydirilib, hosil bo‘lgan klinkerni chinni yoki rangi chiqmaydigan metallardan tayyorlangan sharchalar yordamida maydalab kukun holatiga keltiriladi. Oq sement 400 va 500 markalarda ishlab chiqariladi.
Talabga ko‘ra oppoqlik koeffitsienti (absolyut shkala vositasida, %) nurni qaytarish koeffitsenti yordamida aniqlanadi. Bunga ko‘ra koeffitsient oq sement 1 navi 80% dan, 2 navi 75% va 3 navi 68% dan ko‘p bo‘lishi kerak.
Rangli sementlar oq sementga ishqor muhitiga chidamli pigmentlar (oxra, temir suriki va sh.k.) aralashtirib olinadi. Oq va rangli sementlar bezak qurilish qorishmalari, zinapoyalar, bordyur toshlari, piyoda yo‘llari, arxitektura qismlari olishda ishlatiladi.
Tamponaj portlandsement-klinker, gips va turli qo‘shimchalar asosida olinadi va asosan neft va gaz burg‘ulash ishlarida ishlatiladi. Sement sovuq (22±20S) va issiq (75±30S) burg‘ulashda sinovdan o‘tkaziladi. Tamponaj sement og‘irlashtirilgan, qumli, tuzli sharoitda chidaydigan va gigroskopligi kamaytirilgan turlarga bo‘linadi. Unga qo‘yilgan asosiy talab 4x4x16 sm to‘sinchalarning (SS=0,5) egilishdagi mustahkamlik chegarasidir.

Download 4.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling