Ma’ruzalar matni


Download 4.32 Mb.
bet66/113
Sana27.08.2023
Hajmi4.32 Mb.
#1670586
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   113
Bog'liq
Курилиш материаллари ва буюмлари Б ва ИК uchun1

Giltuproqli sement klinkeri ohaktosh va boksitlar asosida olinadi. Sement sifatiga kalsiy alyumosilikatlari (gelenit) SaO·Al2O3·SiO2 ta’sir ko‘rsatadi. Bir kalsiyli alyuminat SaO·Al2O3 giltuproqli sementni tez qotishini belgilaydi. Sement tarkibida SaO·2Al2O3 ham qisman bo‘lishi mumkin. Sement muhit harorati 250S gacha bo‘lganda yuqori mustahkamlikka erishadi. Bu sharoitda giltuproqli sement oddiy sement 28 sut. erishgan mustahkamlikka 3 sutka davomida erishadi; u 400, 500, 600 markalarda ishlab chiqariladi. Uning qotish boshlanishi 30 min keyin, oxiri esa 12 soat bo‘ladi. Sement tarkibida kalsiy ishqori va uch kalsiyli alyuminatning bo‘lmasligi uning korroziyaning birinchi va ikkinchi turlariga chidamliligini ta’minlaydi. Ammo giltuproqli sement kislotalar va ishqorlarga chidamsiz bo‘lgani uchun oddiy sement va ohak bilan aralashtirib ishlatib bo‘lmaydi.
Bu sement qimmatbaholigini hisobga olib faqat maxsus joylarda, tez qotish zarurati bo‘lganda va yuqori haroratga chidamli qorishmalar va betonlar olishda ishlatiladi.
Kengayuvchan va kirishmaydigan sementlar. Kengayuvchan sement ko‘p komponentli bo‘lib, aktiv komponent sifatida 3CaO·Al2O3·3CaSO4·32H2O keltirish mumkin.
Kengayuvchan sement giltuproqli sement (70%), gips (20%) va yuqori tartibli kalsiy gidroalyuminati (10%) kukun holda aralashtirilib olinishi mumkin. Bu turi tez qotadi va suv muhitiga chidamli bo‘ladi.
Gipsgiltuproqli kengayuvchan sement yuqorigiltuproqli klinker yoki shlak va tabiiy gipsni aralashtirib maydalab yoki avval maydalab keyin aralashtirib olinadi. Bu sement suvda kengayadi, quruq sharoitda esa kirishmaydi.
Kengayuvchan portlandsement (KPS) klinker 58-63%, giltuproqli klinker (shlak)-5-7%, gips –7-10%, aktiv mineral qo‘shimchalar –23-28% komponentlarni birgalikda maydalab tuyib olinadi. KPS dan tayyorlangan sement toshi yuqori zichlik va mustahkamlikka ega bo‘lib, bug‘ bilan qisqa vaqt ishlanganda tez qotadi. KPS suvli sharoitda 3 sut davomida kengayadi.

Download 4.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling