Ma’ruzalar matni


Klaster usulida mavzu bo‘yicha ma’lum bo‘lgan tushunchalarni faollashtiradi


Download 4.32 Mb.
bet63/113
Sana27.08.2023
Hajmi4.32 Mb.
#1670586
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   113
Bog'liq
Курилиш материаллари ва буюмлари Б ва ИК uchun1

Klaster usulida mavzu bo‘yicha ma’lum bo‘lgan tushunchalarni faollashtiradi

O‘ta tez qotuvchan sement(OBTS)-tarkibidagi alit (S3S) 65-68%, selit (S3A) 18%, maydalik darajasi 4000 sm2g bo‘ladi. OBTS 1 sut 35%, 3 sut 65% atrofida markadagi mustahkamlikka erishadi.
Bu turdagi sementlar yirik yig‘ma temirbeton konstruksiyalar ishlab chiqarishga, gidratatsiya paytida ko‘p issiqlik ajratishi esa, qishki mavsumda beton ishlarini bajarishga imkon yaratadi. Lekin issiqlikning ko‘p ajratishi bu sementlarni massiv konstruksiyalarda ishlatishda qiyinchilik tug‘diradi. OBTS tarkibida S3A ning ko‘p bo‘lishi sulfoalyuminatli korroziya ehtimoli bor joylarda beton ishlarini olib borishga imkon bermaydi.
Sulfat muhitiga chidamli sement-tarkibida S3S 50% gacha, S3A 5% gacha va S3AS4AF esa 22% gacha bo‘ladi. Sementning bu turi sulfat kislotasi qoldiqlari bo‘lishi mumkin bo‘lgan hollarda, sho‘rxoq erlarda ishlatishga mo‘ljallangan. S3A ning minimal miqdorda bo‘lishi undan sovuqqa chidamliligi yuqori beton olishda foydalaniladi. Bu sementni olishda, unga gidravlik qo‘shimchalar qo‘shilmaydi, faqat gips, plastifikatorlar va gidrofoblovchi moddalar kiritilishi mumkin.
Mineral qo‘shimchali sementlar. Aktiv mineral qo‘shimchalar (AMQ) tabiiy va sun’iy bo‘lishi mumkin. Tabiiylariga diatomit, trepel, opoka, gliej, vulqon kuli, tuf, pemza, trass va sh.k., sun’iylariga esa donali domna shlaki, kullar, shlam chiqindilari va sh.k. lar kiradi.
Sementga AMQ larning kiritilishi ular tarkibidagi aktiv kremnezemning (SiO2) sement gidratatsiyasidan hosil bo‘lgan Sa(ON)2 bilan reaksiyaga kirishib, havoda va suvda qotadigan kalsiy gidrosilikatlarini hosil bo‘lishiga olib keladi. Natijada sement klinkeri tejalishi bilan birga suv va boshqa agressiv muhitlarga chidamli sementning turlarini hosil qilish mumkin.
Putssolanli portlandsement (PPS)-klinker, gips va aktiv mineral qo‘shimchalarni birgalikda maydalab tuyib olinadi. Bunda cho‘kindi jinslar (diatomit, opoka, trepel)20-30%, vulqondan hosil bo‘lgan jinslar (pemza, tuf), gliej va yoqilg‘i kullari 25-40% atrofida klinker tarkibiga kiritiladi.
Aktiv mineral qo‘shimchalar tarkibidagi aktiv kremnezem quyidagi reaksiyaga binoan Sa(ON)2 bilan birikadi:
mSa(ON)2SiO2aktnH2O+(0,8-15)CaO.SiO2.pH2O
Kalsiy gidroksidning biriktirilishi sement toshi birinchi turdagi korroziyasini ogohlantiradi va mustahkamlikni oshiradi. Putssolanli sement normal sharoitda oddiy sementga nisbatan sekin qotadi. Bu turdagi sement asosidagi betonlar nam va suvli sharoitlarda ishlatilganda gidrat birikmalaridan suvning bug‘lanishi hisobiga kirishadi va qisman mustahkamligini yo‘qotadi.

Download 4.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling