Ma’ruzalar matni


-rasm. Qum donador tarkibining grafigi


Download 4.32 Mb.
bet71/113
Sana27.08.2023
Hajmi4.32 Mb.
#1670586
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   113
Bog'liq
Курилиш материаллари ва буюмлари Б ва ИК uchun1

12.1-rasm. Qum donador tarkibining grafigi
Qumning namligini beton qorishmasi tayyorlashda, qumni qabul qilib olishda hisobga olish zarur.
Yirik to‘ldirgich. Oddiy og‘ir beton tayyorlashda yirik to‘ldirgich sifatida shag‘al va chaqiq toshlar ishlatiladi. Yirik to‘ldirgich 5-70 mm fraksiyada bo‘ladi. Massiv monolit konstruksiyalar va inshootlar qurilishida beton qorishmasiga 150 mm yiriklikgacha to‘ldirgich kiritish mumkin. SHag‘al tarkibi tosh va qisman qumdan iborat bo‘lib, chang, tuproq, slyuda va organik chirindilar aralashgan bo‘ladi. SHag‘al donalari oval, yapaloq shaklda bo‘lib, yuzasi tekis bo‘ladi. Tog‘ (jar) shag‘alining yuzasi g‘adir-budir bo‘lishi mumkin. Daryo, dengiz shag‘ali tog‘ shag‘aliga nisbatan tozaroq bo‘ladi.
CHaqiq tosh otqindi, metamorfik va suv muhitiga chidamli zich cho‘kindi tog‘ jinslarni maydalab tayyorlanadi. CHaqiq tosh serqirra va yuzasi g‘adirbudir bo‘lishi sement toshi bilan yaxshi tishlashishini ta’minlaydi. SHuning uchun yuqori markadagi betonlar tayyorlashda chaqiq tosh ishlatiladi.
CHaqiq tosh tarkibida tuproq, chang va organik aralashmalar kam bo‘ladi.
Yirik to‘ldirgich sifati mineral tarkibi, tog‘ jinslarining mustahkamligi va sovuqqa chidamliligi, donador tarkibi, donalarning shakli, mineral va organik zararli aralashmalarning miqdori bilan belgilanadi.
Yirik to‘ldirgich jinsining suv shimgandagi mustahkamligi beton mustahkamligiga nisbatan 1,5-2 marta katta bo‘lishi kerak.
Betonning zichligi, mustahkamligi, sovuqqa chidamliligi yirik to‘ldirgichning donador tarkibiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Yirik to‘ldirgich donalarining uzluksiz fraksiyalarda bo‘lishi sementning tejalishini ta’minlaydi. Yirik to‘ldirgich 5-10, 10-20, 20-40 va 40-70 mm fraksiyalarda bo‘ladi.
Beton tayyorlashda muayyan fraksiyadagi yirik to‘ldirgichni ishlatish konstruksiyaning o‘lchamlari, armaturalar orasidagi masofalar bilan belgilanadi.
Temirbeton to‘sinlar, kolonnalar, ramalar va boshqa konstruksiyalar tayyorlashda yirik to‘ldirgich donasining katta tomoni o‘lchami armatura sterjenlari orasidagi masofaning 34 qismidan kichik bo‘lishi shart, qavatlararo va tom yopma plitalari uchun esa plita qalinligining 12 qismidan kam bo‘lishi kerak.
Bino va inshootlar qurilishida ishlatiladigan temirbeton konstruksiyalar va beton buyumlar tayyorlashda odatda 5-10 va 10-20 mm fraksiyali to‘ldirgichlar 2:3 nisbatda aralashtirib qo‘llaniladi. Konstruksiyalarning hajmiy o‘lchamlari yiriklashgan sari yirik to‘ldirgich fraksiyalari ham ortib borishi mumkin. Beton uchun belgilangan yirik donalar 5% gacha bo‘lishi ruxsat etiladi.
Zarurat bo‘lganda 3-10, 10-15, 5-15 va 15-20 mm fraksiyadagi chaqiq tosh maxsus temirbeton konstruksiyalar tayyorlashda ishlatilishi mumkin. Yirik to‘ldirgich donador tarkibi donalarning eng katta D va eng kichik d o‘lchamlari bilan belgilanadi. Har bir fraksiya yoki ularning aralashmalari donador tarkibi quyidagi oraliqda bo‘lishi kerak:

Elak o‘lchamlari

d

0,5(dD)

d

1,25
D

5(3)mm

10mm va
yuqori

Bitta fraksiya uchun

Fraksiyalar aralashmasi

Elaklardagi to‘la qoldiq, % massa bo‘yicha

95-100

90-100

40-80

50-70

0-10

0

Yirik to‘ldirgichning donador tarkibi 10 kg massali namunani teshiklar o‘lchami 70, 40, 20, 10 va 5 mm li standart elaklar yig‘masidan o‘tkazib, har bir elakdagi alohida va to‘la qoldiqlar topiladi. Donalarning eng yirigi to‘la qoldig‘i 5% ortmaydi, donalarning eng kichik o‘lchamlari to‘la qoldig‘i kamida 95% tashkil etishi kerak. Bundan tashqari 0,5 (Dd) va 1,25D ning qiymatlari hisoblanadi.
Yirik to‘ldirgichning donador tarkibini baholash va beton qorishmasi tayyorlashda yaroqli sohani maxsus chizma vositasida ifodalanadi. (12.2rasm).
Yirik to‘ldirgichning donador tarkibi egri chizig‘i shtrixlangan soha ichida bo‘lsa, ushbu to‘ldirgich beton qorishmasi tayyorlash uchun yaroqli bo‘ladi.
CHaqiq tosh donalari shakli bo‘yicha uch guruhga bo‘linadi: kubsimon, saralangan (yaxshilangan) va oddiy. Tuxumsimon va sharsimon shakldagi chaqiq toshlarni ishlatish maqsadga muvofiq.
Bu guruhlarga kiruvchi chaqiq toshlar tarkibida plastinasimon (cho‘zinchoq) va ignasimon shakldagi donalar 15; 25 va 35% massa bo‘yicha mutanosiblikda bo‘lishi mumkin. Plastinasimon va ignasimon donalar qalinligi yoki eni uzunligiga nisbatan kamida uch marta kichik bo‘ladi
Elakning ыlchamlari

Download 4.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling