Ma’ruzalar matni


-rasm.SHag‘al donador tarkibi grafigi


Download 4.32 Mb.
bet72/113
Sana27.08.2023
Hajmi4.32 Mb.
#1670586
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   113
Bog'liq
Курилиш материаллари ва буюмлари Б ва ИК uchun1

12.2-rasm.SHag‘al donador tarkibi grafigi
.
Yirik to‘ldirgichning oraliq bo‘shlig‘i 45% dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Yirik to‘ldirgich tarkibidagi gilli va changsimon aralashmalar betonning hossalarini yomonlashtiradi. SHag‘al va chaqiq tosh tarkibida bunday aralashmalar miqdori 1% ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Yirik to‘ldirgich tarkibidagi organik aralashmalar beton sifatini pasaytiradi va shu sababli ularning miqdori, qumda ishlatilgan kalorimetrik usulda aniqlangan, etalondan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Yirik to‘ldirgichlarning beton tayyorlash uchun mustahkamligi bo‘yicha yaroqliligi maxsus po‘lat silindrda ezilganda maydalanish darajasiga qarab belgilanadi. Bu usul namuna ezilganda hosil bo‘lgan diametri 5 mm dan kichik mayda donalarning (massaga nisbatan, %) eng ko‘p miqdorini ko‘rsatadi. Yirik to‘ldirgich bu ko‘rsatkich bo‘yicha quyidagi markalarga bo‘linadi: Dp8, Dp12, Dp16 va Dp24. Masalan: M300 va undan yuqori markadagi beton uchun Dp8, M200 markali beton uchun esa Dp12 markali shag‘al yoki chaqiq tosh tavsiya etiladi.
Yirik to‘ldiruvchilar tarkibida yumshoq va emirilgan donalar bo‘lsa, betonning mustahkamligi va deformativ xususiyatlari yomonlashadi, shu sababli ularning miqdori 10% ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Yirik to‘ldirgichlarning sovuqqa chidamliligi standart usulda aniqlanadi. Ular quyidagi markalarga bo‘linadi: F15, F25, F50, F100, F150, F200 va F300.
Mayda va yirik to‘ldirgichlar tarkibida tabiiy radionuklidlar mavjudligi bo‘yicha radiatsion-gigiena nuqtai nazaridan baholanishi zarur.
Mayda va yirik to‘ldirgichlar suvga talabi beton tayyorlash texnologiyasida muhimdir. To‘ldirgichlar tabiiy holda yoki beton qorilganda muayyan suv miqdorini shimishi va yuzasi ho‘llanishi mumkin. Suvning qisman to‘ldiruvchilar uchun sarf bo‘lish omili beton tayyorlash texnologiyasida hisobga olinishi shart.
To‘ldirgichlarni tayyorlash, tashish va saqlash. To‘ldirgichlar qazib olingach yirik, mayda va o‘ta mayda (gil) fraksiyalarga ajratiladi. Zarurat bo‘lsa turli aralashmalardan maxsus usullarda tozalanadi. To‘ldirgichlarni boyitish jarayoni qazib olingan karerlarda amalga oshiriladi. Daryo shag‘alqum aralashmasi ekskavatorlar yoki gidromexanizatsiya moslamalari yordamida qazib olinadi, vibratsion yoki sortirovka apparatlari vositasida suvli muhitda yuviladi va fraksiyalarga ajratiladi. SHag‘al yirik fraksiyalari maydalanib chaqiq tosh tayyorlanadi.
CHaqiq tosh yassi vibratsion groxotlar (g‘alvir mashinalar) vositasida fraksiyalarga ajratiladi. To‘ldirgichlar iste’molchilarga temir yo‘l transporti (platformalarda, yarim vagonlarda), avtosamosvallarda, suv transporti (barjalarda) vositalarida tashiladi.
To‘ldirgichlar ochiq maydonlarda, estakadalar va er osti galereyalari bilan jixozlangan omborxonalarda fraksiyalarga ajratilgan holda alohida-alohida shtabellarda saqlanadi.
Suv. Beton qorishmasi tayyorlashda ichimlik suv yoki tarkibi zararli aralashmalardan tozalangan, betonning normal quyuqlanishi va keyinchalik qotishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan tabiiy suv ishlatiladi. Suvning vodorod ko‘rsatkichi 4 kam bo‘lmasligi, tarkibida mineral tuzlar 5000 mgl, shu jumladan sulfat tuzlari 2700 mgl dan (SO3 ga hisoblanganda) ko‘p bo‘lmasligi kerak. Sanoat, maishiy chiqindi suvlar, botqoq va sizot suvlarni tozalanmagan holda beton qorishmasi tayyorlash uchun ishlatish mumkin emas.
Suvning beton tayyorlash uchun yaroqliligi kimyoviy analiz usulida aniqlanadi. Agar suvni kimyoviy analiz qilish imkoniyati bo‘lmasa, ichimlik suvi va beton uchun tavsiya etilgan suvdan tayyorlangan namunalarning 28 sutkadan keyingi mustahkamlik chegarasidagi tafovut aniqlanadi. Namunalar mustahkamligi farq qilmasa beton qorishmasiga tavsiya etilgan suv yaroqli hisoblanadi.


Download 4.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling