Ma’ruzalar matni


- MAVZU BETON QORISHMASI VA UNING XOSSALARI


Download 4.32 Mb.
bet73/113
Sana27.08.2023
Hajmi4.32 Mb.
#1670586
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   113
Bog'liq
Курилиш материаллари ва буюмлари Б ва ИК uchun1

10- MAVZU
BETON QORISHMASI VA UNING XOSSALARI
REJA

  1. Beton qorishmasi va betonning xossalari

  2. Beton qorishmasining klassfikatsiyasi

Beton qorishmasining xossalari


Beton qorishmasining reologik xossalari. Ratsional tanlangan tarkibdagi va meyoriga etkazib aralashtirilgan, qotmagan xoldagi kompozitsion aralashmasiga beton qorishmasi deyiladi.
Nazariy va amaliy jihatlardan beton qorishmasi uzluksiz strukturaga ega bo‘lishi zarur. Beton qorishmasida sement, suv, mineral va polimer qo‘shimchalar mikrostrukturani hosil qiluvchi, mayda va yirik to‘ldirgichlar esa makrostruktura asosini hosil qiluvchi komponentlar hisoblanadi. Beton qorishmasining yaxlitligini komponentlar o‘rtasida hosil bo‘ladigan ichki kuchlar ta’minlaydi. Strukturani hosil qiluvchi asosiy komponent suv va sement xamiridir. Sement gidratatsiyasi jarayonida qattiq fazaning dispersligi oshishi hisobiga sement xamirining elimlovchi va bog‘lovchilik xususiyatlari ortib boradi. Beton qorishmasi tarkibi butun hajmi bo‘ylab bir xil bo‘lishi va qulay joylanuvchanligi uni tashish va qoliplashda muxim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Beton qorishmasiga tashqaridan kuch ta’sir etganda boshlang‘ich davrda elastik deformatsiyalanadi, kuchning oshib borishi natijasida qorishmaning strukturaviy mustahkamligidan ortiq kuchlanish hosil bo‘lganda u suyuqlanib oqa boshlaydi. Ushbu jarayonni izohlab beton qorishmasini elastik-plastik-oquvchan jism deb qarash va qattiq jism fizikasi va haqiqiy suyuqlik nuqtai nazaridan o‘rganish zarur.
Beton qorishmasini mexanik ta’sirlar natijasida suyulib, ta’sirlar olingach yana o‘z holiga qaytishi tiksotropiyasi deyiladi.
Beton qorishmasi oquvchanlik hossalarini mexanik ta’sirlar yoki maxsus suyultiruvchi sirtaktiv moddalar qo‘shilib o‘zgartirish mumkin. Beton qorishmasining bu xususiyati undan beton va temirbeton konstruksiyalar va buyumlar tayyorlashda muxim ahamiyatga ega.
Beton qorishmasining texnikaviy xossalari
Beton va temirbeton konstruksiyalar tayyorlashda beton qorishmasining qulay joylanuvchanligi yoki qulay qoliplanuvchanligi muxim ahamiyatga ega. Bunda beton qorishmasi tanlangan zichlashtirish usulida, yaxlitligini saqlagan holda, qolipga yaxshi (to‘liq) joylashishi nazarda tutiladi. Beton qorishmasining qulay joylanuvchanligi uning harakatchanligi, bikrligi (J) va bog‘lanuvchanligi orqali izohlash mumkin. Beton qorishmasining harakatchanligi qorishmaning strukturaviy mustahkamligiga, bikrlik qorishmaning dinamik oquvchanligiga (vyazkost) va bog‘lanuvchanlik esa qorishmaning suv ushlashlik qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi.
Beton qorishmasining suv ushlashlik qobiliyati quruq issiq iqlim sharoitida betonlash ishlarini olib borishda muxim ahamiyatga ega.

Download 4.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling