Ma’ruzalar matni


Download 4.32 Mb.
bet70/113
Sana27.08.2023
Hajmi4.32 Mb.
#1670586
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   113
Bog'liq
Курилиш материаллари ва буюмлари Б ва ИК uchun1

Mayda to‘ldirgich. Barcha tabiiy va sun’iy tosh materiallarning 0,155mm fraksiyasi beton tayyorlashda mayda to‘ldirgich-qum sifatida ishlatiladi.
Oddiy og‘ir beton tayyorlashda tog‘ jinslarining tabiiy emirilishidan hosil bo‘lgan yoki qattiq tog‘ jinslarini maxsus mashinalar yordamida maydalab saralangan qumlar ishlatiladi.
Qum donachalari mineral tarkibi asosan kvars, dala shpati, kalsit, slyuda kabi otqindi tog‘ jinslaridan iborat bo‘lib, ohaktosh, dolomit kabi cho‘kindi tog‘ jinslari kamroq bo‘ladi.
Beton tayyorlashda daryo, dengiz qumlari yoki tog‘ (jar) qumlari ishlatilishi mumkin. Daryo va dengiz qumlari donalari silliq yuzali oval shaklda bo‘lib, loy bilan ifloslangan bo‘lishi mumkin. Tog‘ qumlari donalari serqirra shaklda bo‘lib, tarkibida changsimon aralashmalar bo‘ladi. Qum zich tog‘ jinslarini, shlaklarni maydalab olinganda serqirra va yuzasi g‘adir-budir donachalar hosil bo‘ladi. Maydalab olingan qumlar tabiiy hosil bo‘lgan qumlarga nisbatan toza bo‘ladi. YUqori sifatli beton tayyorlash uchun qumlarni yuvib, quritib ishlatish kerak.
Betonning sifati mayda to‘ldirgichning mineral tarkibiga, donador tarkibiga, gil va loyli aralashmalar miqdoriga, organik aralashmalar mavjudligiga bog‘liq bo‘ladi.
Qum 0,15-5 mm fraksiya oralig‘ida turli o‘lchamdagi donalardan iborat bo‘lishi zarur. Bunda qumning oraliq bo‘shliqligi kam bo‘lib, undan tayyorlangan beton esa zich strukturaga ega bo‘ladi. Qumning maydayirikligi, ya’ni donador (granulometrik) tarkibi quritilgan qumni (1000 g) standart elaklar yig‘ilmasidan o‘tkazish usulida aniqlanadi. Elaklar yig‘ilmasi 5; 2,5; 1,25; 0,63; 0,315; 0,14 mm ko‘zli elaklardan iborat bo‘ladi.
Qum tarkibida 5-10 mm fraksiyadagi qum-tosh aralashmasi 5% oshmasligi kerak, 10 mm yirik donalar esa bo‘lmasligi shart.
12.1-jadval
Qumning yirikligi bo‘yicha klassifikatsiyasi

Qum guruhlari

№63 elakdagi to‘la qoldiq, %

Yiriklik moduli

Yirik
O‘rtacha
Mayda

50-75
35-50
20-35

3,5-2,5
2,5-2
2-1,5

Qumning donador tarkibi avval har bir elakdagi ayrim qoldiqni (%), keyin har bir elakdagi to‘la qoldiqni (%) topib, formula yordamida yiriklik moduli aniqlanadi. Elaklardagi ayrim qoldiqlar a2,5; a1,25; a0,63 va hokazo, to‘la qoldiqlar esa A2,5; A1,25; A0,63 va hokazo qilib belgilanadi.
Qumni elaklar tizimidan o‘tkazib, uning yiriklik modulini quyidagi formula yordamida hisoblash mumkin:
Mmk(A2,5A1,25A0,63A0,315A0,14)100
Qum granulometrik tarkibiga nisbatan yirik, o‘rtacha va mayda qumlarga bo‘linadi.
Qumning donador tarkibini grafik holda berish mumkin. (12.1-rasm). Bunda vertikal o‘q bo‘yicha elaklardagi to‘la qoldiq miqdorlari, gorizontal o‘q bo‘yicha esa elak teshiklari o‘lchamlari berilgan. Grafikda shtrix bilan belgilangan soha qumning og‘ir beton tayyorlash uchun yaroqliligini bildiradi.
Qum tarkibidagi changsimon va loysimon aralashmalar beton qorishmasining suvga talabini oshiradi va sementning aktivligini pasaytiradi. SHuning uchun qum tarkibida 0,14 mm teshikli elakdan o‘tgan zarrachalar miqdori 10% oshmasligi, changsimon va loysimon zarrachalar esa 3% oshmasligi kerak. Qumni suv bilan yuvib changsimon va loysimon aralashmalardan tozalash mumkin.
Tabiiy qum tarkibida organik aralashmalar (o‘simlik chirindi qoldiqlari, organik kislotalar) sement toshini asta-sekin emirib, beton mustahkamligini pasaytiradi. Organik aralashmalar bilan qumning ifloslanish darajasini kolorometrik usulda aniqlanadi. Qumga qo‘shilgan NaOH 3% eritmasi ta’sirida aralashma etalon rangidan ochroq bo‘lsa (etalon och sariq rangda) qum beton tayyorlash uchun yaroqli hisoblanadi. Og‘ir beton uchun ishlatiladigan quruq kvars qumining o‘rtacha zichligi 1500-1550 kgm3, zichlangan holda esa 1600-1700 kgm3 atrofida bo‘ladi. Kvars qumining o‘rtacha zichligi uning namligiga bog‘liq bo‘ladi. Qumning nisbiy namligi 57% bo‘lganda uning o‘rtacha zichligi minimum qiymatda bo‘ladi.


Download 4.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling