Ma’ruzalar matni


Zo‘riqish hosil etuvchi sement


Download 4.32 Mb.
bet67/113
Sana27.08.2023
Hajmi4.32 Mb.
#1670586
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   113
Bog'liq
Курилиш материаллари ва буюмлари Б ва ИК uchun1

Zo‘riqish hosil etuvchi sement-portlandsement-65-75%, giltuproqli sement-13-20%, gips-6-10% tashkil etuvchilardan iborat. Uning dispersligi 3500 sm2g kam bo‘lmasligi kerak. Ushbu sement qotayotgan paytda katta ichki zo‘riqish hosil qilish hisobiga armaturani taranglanishiga olib keladi. Bunday sementlarning qotish boshlanishi 30 min keyin va oxiri 4 soatdan kam bo‘ladi. Uning siqilishdagi mustahkamligi 1 sut 15 MPa, 28 sut esa –50 MPa bo‘lishi kerak.
Ushbu sement asosidagi qorishmalar va betonlar yoriqlar hosil qilmagani uchun gaz, benzin, va sh.k. mahsulotlar saqlash omborxonalarida, bosim ostida ishlaydigan suv inshootlarda ishlatiladi.
Past haroratda kuydirilgan sement-birinchi marta O‘zbekistonda professor B.I.Nudelman tomonidan ixtiro qilingan bo‘lib, alinitli sement deb ataladi. Alinitli sement xomashyosi tarkibiga kalsiy xlorid
(SaCl2) tuzi qo‘shiladi. Xomashyo tarkibiga SaCl2 qo‘shilishi, sementni pishirish haroratini 1100-12000S gacha pasaytiradi. Alinit sementini tayyorlash katta miqdorda energiya sarfini tejaydi va iqtisodiy samaradorlikni oshiradi.
Alinit sementi tarkibida qolgan xlor ionlari u asosida tayyorlangan temirbeton konstruksiyalar armaturasini emirishi mumkin. Bunday ta’sirni kamaytirish maqsadida sement yoki beton tarkibiga turli xildagi metallning xlorli korroziyasini ogoxlantiruvchi ingibitorlar qo‘shish zarur.
Sulfomineral sementlar SAS-fosfatli o‘g‘itlar ishlab chiqarishda chiqindi hisoblangan fosfogips asosida professor T.A.Otaqo‘ziev yaratgan texnologiya asosida ishlab chiqariladi.
Tez qotuvchan yuqori mustahkamlikdagi oddiy va oq sulfomineral sementlar fosfogipsga kaolinit glinasi, boyitilmagan temirli boksitlar va ohaktoshlar aralashtirib tayyorlangan hom ashyoni 1200-12500S haroratda kuydirib olinadi. SAS sementlarni kuydirishda yonilg‘i sarfi 30% kamayadi, aylanma xumdonning unumdorligi 25% ortadi. SAS sementi asosidagi materiallar atmosfera, suv muhitiga, sovuqqa chidamli bo‘ladi, ammo kompozitsion material qorilayotganda suvning sarfi biroz ko‘payadi.
SAS sementini oddiy portlandsement bilan 40-60% miqdorda aralashtirib yuqori mustahkamlikdagi va o‘ta tez qotuvchan sementlar va ular asosida qurilish qorishmalari va betonlar tayyorlash mumkin.



Download 4.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling