Ma’ruzalar matni


- MAVZU GIDRABLIK BOG’LOVCHI MODDALAR. SEMENT


Download 4.32 Mb.
bet58/113
Sana27.08.2023
Hajmi4.32 Mb.
#1670586
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   113
Bog'liq
Курилиш материаллари ва буюмлари Б ва ИК uchun1

7- MAVZU


GIDRABLIK BOG’LOVCHI MODDALAR. SEMENT
Reja:

  1. Portlandsementning qotishi.

  2. Sement toshi korroziyasi

  3. Portlandsementning xossalari va xususiyatlari



1. Portlandsementning qotishi
Qotish jarayoni. Sement suv bilan aralashtirilganda mayin elimsimon modda hosil bo‘ladi va asta-sekin quyuqlashib qota boshlaydi.
Sementning quyuqlanish davri 5-10 soat davom etadi, so‘ng kristallanish davri boshlanadi. Sement gidrominerallarining kristallanish jarayoni muayyan sharoitda yillab davom etadi. Sement gidratatsiyasi murakkab kimyoviy va fizik-kimyoviy jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Sement klinkerining har bir minerali suv bilan birikib gidrominerallarni hosil qiladi.
Portlandsement ishlab chiqarish sxemasi
1-giltuproq va ohaktosh karerdan keladi; 2-xomashyoni tayyorlash; 3dozator; 4-aylanma xumdon; 5-yoqilg‘i uzatish; 6-klinkerni uzatish; 7-klinker omborxonasi; 8-gipsni maydalash va dozirovkalash; 9-gips omborxonasi; 10klinkerni (gipsni) maydalaydigan quvursimon tegirmon; 11-pnevmatik nasos; 12-kompressor; 13-sement omborxonasi (siloslar); 14-sementni qoplash.
Gidratatsiya jarayonining boshlanish bosqichida alit suv bilan reaksiyaga kirishishi natijasida kalsiyli gidrosilikat va gidrooksid hosil bo‘ladi:
2(3CaO.SiO2)6H2O3CaO.2SiO2.3H2O3Ca(OH)2
Belit suv bilan asta-sekinlik bilan reaksiyaga kirishib, quyidagi gidromineralni hosil qiladi:
2(2SaO.SiO2) 4H2O3CaO.2SiO2.3H2OCa(OH)2
Uch kalsiyli alyuminatni suv bilan reaksiyasi quyidagichadir:
3SaO.Al2O36H2O3CaO.Al2O3.6H2O
Sementning qotishini sekinlashtirish uchun 3-5% (sement massasiga nisbatan) miqdorida tabiiy gips klinker tuyulayotgan vaqtda kiritiladi. Kalsiy sulfati uch kalsiyli alyuminat bilan suv ishtirokida birikib kalsiy gidrosulfoalyuminatini (ettringit minerali) hosil qiladi:
3SaO.Al2O33(SaSO4.2H2O)26H2O3CaO.Al2O3.3SaSO4.32H2O
Sa(ON)2 ga to‘yingan qorishmada ettringit kolloid eritma xolatida 3SaO.Al2O3 yuzasini qoplaydi, gidratatsiya jarayonini va natijasida sementning qotishini sekinlashtiradi. Ettringit minerali hosil bo‘lishi sement toshining boshlang‘ich mustahkamligini oshishiga sharoit yaratadi.
To‘rtkalsiyli alyumoferrit suv bilan birikib gidroalyuminat va gidroferrit hosil qiladi:
4SaO.Al2O3.Fe2O3mH2O3CaO.Al2O3.6H2OCaO.Fe2O3.nH2O
Hosil bo‘lgan gidroferrit sement geli tarkibini tashkil etadi.

Download 4.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling