Маърузалар
Seminar mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha
Download 1.81 Mb.
|
portal.guldu.uz-Majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Seminar mashg‘ulotlari uchun tavsiya etiladigan mavzular
Seminar mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha
ko‘rsatma va tavsiyalar Seminar mashg‘ulotlari talabalarni adabiyotshunoslik metodologiyasiga oid ma’lumotlar bilan mustaqil tanishishga, ularni metodologik nuqtai nazaridan tahlil va talqin etishga yo‘naltiradi. Talabalar egallagan bilimlarini dars chog‘ida munozara yoki ma’ruza shaklida himoya qiladi. Seminar mashg‘ulotlarida talabalar adabiyotshunoslik metodologiyasining ilmiy muammolari to‘g‘risida amaliy ko‘nikma va malaka hosil qiladilar. Seminar mashg‘ulotlari uchun tavsiya etiladigan mavzular: Adabiyotshunoslik metodlari va ijodiy metod. Adabiyotshunoslik metodologiyasining boshqa ijtimoiy fanlar bilan aloqasi. Adabiyotshunoslik metodlari adabiyotshunoslik fanining tarkibiy qismi sifatida. Adabityoshunoslik metodolgiyasi va falsafiy dunyoqarash masalasi. Bilish nazariyasi va adabiyotshunoslik metodologiyasi. Adabiyotshunoslik metodologiyasida induksiya, deduksiya, sintez va analiz. Struktural analiz metodi va o‘zbek adabiyotshunosligi. Biografik metod va yozuvchining ijodiy labaratoriyasi. Psixoanalitik metod va psixologiya fanining aloqasi. Adabiyotshunoslikda Z.Freyd va freydizm masalasi. Adabiyotshunoslik metodologiyasi va talqin nazariyasi. Adabiyotshunoslik metodologiyasi va estetika. O‘zbek adabiyotshunosligida estetik talqin masalasi. Izoh:Mazkur ro‘yxatdagi mavzulardan seminar mashg‘ulotlari uchun ajratilgan soatlar hajmiga mos holda foydalanish tavsiya etiladi. Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuniTalaba mustaqil ishni tayyorlashda fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda, quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi: amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik; seminar mashg‘ulotlariga tayyorgarlik; darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish; tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruza qismini o‘zlashtirish; maxsus adabiyotlar bo‘yicha fan bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash; talabaning o‘quv, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fan bo‘limlari va mavzularni chuqur o‘rganish; faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlari; masofaviy ta’lim. Mustaqil ish uchun quyidagi topshiriqlarni bajarish tavsiya etiladi: Sotsialogik metod va sotsialistik realizm; O‘zbek adbiyotshunosligida biografik metod masalasi. Lingvistik metod va badiiy asar tili, yozuvchi uslubi, matn ritmikasi masalasi. Adabiyotshunoslik maktablari. R.Bart, G.G.Gadamer, A.Morua, YU.Lotman asarlarini o‘qish. V.G.Belinskiy, D.Dobrolyubov, N.CHernishevskiy asarlarini o‘qish. Rus adabiyotshunoslari YU.Borev, M.M. Baxtin asarlarini o‘qish. O‘zbek adabiyotshunoslari O.SHarafiddinov, M.Qo‘shjonov, B.Qosimov, U. Normatov,SH.YUsupov, N.Karimov, A.Rasulov, N.Komilov, I.G‘afurov asarlarini o‘qish va tahlil qilish. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling