Маърузалар


Download 1.81 Mb.
bet2/85
Sana07.03.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1244607
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85
Bog'liq
portal.guldu.uz-Majmua

1-MAVZU: KIRISH.
REJA:

  1. Fanning mazmun va mohiyati.

  2. Fanning maqsadi, vazifasi, o‘rganish obekti.

  3. Atamalar haqida tushuncha.

“Adabiyotshunoslik metodologiyasi” deb nomlangan fan magistratura yo‘nalishiga yangi kiritilgan. Bu metodlar jamlamasi bo‘lib, u aslida o‘tgan asrning 20-yillarida dunyoga kelgan. Uning mazmun-mohiyati shundan iboratki, struktural metodda ish olib borgan mutaxassis o‘zi o‘rganayotgan obektni ipidan-ignasigacha sinchiklab tekshirishi, choklarini to‘g‘ri tikishi, bir-biriga biriktirishi va yaxlit buyumni vujudga keltirishi lozim. Struktural metod xuddi momo-xolalarimizning turli parchalardan tikkan quroq dasturxoniga o‘xshaydi. Bu quroqlar har xil rang va hajmda bo‘lishiga qaramay, shunday ustalik bilan joylashtiriladiki, u buyuk san’at asariga aylanadi. Struktur tadqiqotchi ana shu parchalarning matodagi o‘rni, vazifasi nimadan iborat ekanligini tushuntirib berishi kerak.
“Adabiyotshunoslik metodologiyasi” fanining maqsadi badiiy asarni yangicha usulda tahlil qilishni o‘rganish, vazifasi esa badiiy adabiyotning eng yaxshi namunalarini tahlil va targ‘ib etishdan iboratdir. Fanning asosiy obekti badiiy asar hisoblanadi. Badiiy asarni tahlil etish jarayonida biz yozuvchining o‘ziga xos uslubini, dunyoqarashini, mahorati darajasini aniqlaymiz. Bu maqsadga erishish hamda vazifalarni amalga oshirish uchun biz bakalavr talim tizimida o‘rgangan fanlarni, ayniqsa, “Adabiyotshunoslikka kirish”, “Adabiyot nazariyasi” va “Badiiy matn tahlili” fanlarini chuqur o‘zlashtirgan bo‘lishimiz shart. Ularni bilmay turib, asarni struktural metod asosida tahlil etishni uddalay olmaymiz. Fan bejiz “Adabiyotshunoslik metodologiyasi” deb atalmagan. Unda “Adabiyotshunoslikka kirish” fanida o‘rganilgan mavzular asosida badiiy matn ichiga kiramiz.
Xo‘sh, struktura nima? Bu so‘zga na N.Hotamov, B.Sarimsoqov, na D.Quronov guruhi tayyorlagan lug‘atlarda izoh berilmagan. “O‘zME”ning 8-jildida bu so‘z lotincha “tuzilish, bog‘lanish” degani bo‘lib, ikki xil mano yo‘nalishi borligi aytiladi. Bular: 1) “muayyan narsalarning tuzilishi, qurilishi, tarkibiy qismlarning o‘zaro bog‘liqligi; 2) obektning yaxlitligi va aynan o‘zligini anglatadigan, yani tashqi va ichki o‘zgarishlarda asosiy xususiyatlarini saqlab qoladigan barqaror aloqalar majmui”dir (78-bet). Struktura sistema tarzida namoyon bo‘ladi. Sistema yunoncha bo‘lib, “yaxlit, qismlardan tarkib topgan, birikkan” degan manolarni anglatadi. Sistema qismlarning muayyan tarzda bir-biri bilan o‘zaro mustahkam bog‘lanib, bir butun yaxlitlikni tashkil etuvchi elementlardan tarkib topadi. Sistema tushunchasi qadimgi YUnon falsafasida Evklid, Platon, Aristotel tomonidan kashf etilgan. Hozir sistema tushunchasi nihoyatda keng ko‘lamda qo‘llaniladi. Umuman, voqelikdagi har qanday obektga sistema sifatida qarash odat tusiga kirdi. Sistema bir necha muhim belgilar – yaxlitlik, tuzilmalilik, muhit bilan o‘zaro aloqadorlik kabilarga ega bo‘lishi kerak.
Narsa va hodisalarga struktural yondashish strukturalizm deb ataladi. Bu so‘z ham lot. bo‘lib, “tuzilish, joylashish, tartib” degan manolarni anglatadi. “Strukturalizm” lug‘atlarda “tuzilish” (N.Hotamov, B.Sarimsoqov), “qurilish, joylashish” (D.Quronov va b.) deb izohlangan. Dastlabki lug‘atda strukturalizm tilshunoslik fanining oqimlaridan biri deb izohlanadi. SHunisi borki, mualliflar strukturalizmni adabiyotshunoslik sohasida qo‘llanishini maqullamaydilar. Ularning aytishicha, “Strukturalizm adabiyot uchun xavfli bo‘lib, u so‘z sanatini o‘rganishni cheklab qo‘yadi, uni formal qoidalarga tobe qilish xavfini tug‘diradi”.
D.Quronov guruhining lug‘atida “metod” atamasi haqida kengroq malumot beriladi. Mualliflar metodlar tarixi, sohalari to‘g‘risida batafsil to‘xtalib, uning adabiyotshunoslikka qachon, qaerdan kirib kelganligi, unga kimlar asos solganligi, strukturalizm maktablari, bu tahlil usulining mohiyati haqida kengroq to‘xtaladilar. Bu malumotlarni siz lug‘atdan o‘qib olarsiz.
Narsa-hodisalarning hajmiga qarab,makrostruktura va mikrostruktura degan atamalar ham paydo bo‘ldi. “Makro” va “mikro” yunoncha so‘z bo‘lib, “katta, uzun” va “kichik” degan manolarni bildiradi. Demak, makrostruktura obektni bir butun va yaxlitlikda, keng ko‘lamda o‘rgansa, mikrostruktural yondashuvda obektning bir bo‘lagi ajratib olinadi (bironta asarning makro va mikrostrukturasi nimadan iboratligini tushuntirib beraman).
Endi obyekt, subyekt, tadqiq, tahlil, usul, uslub, metod kabi atamalar manosini bilib olaylik. Obyekt – falsafiy nuqtai nazardan izohlanganda bizdan tashqarida va bizning ongimizga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lgan narsa, tashqi olam, voqelikdir (m., daraxt, kitob). SHu manoda kishining faoliyati, diqqat-etibori qaratilgan narsa, hodisa ham obekt bo‘ladi (m., kitob o‘qish, o‘rganish faoliyat). Subyekt esa ong va iroda egasi bo‘lgan shaxsdir. Subekt obektga munosabat bildiradi, uni o‘rganadi. Ana shu munosabat tadqiq va tahlilni talab qiladi. “Tadqiq” (a.) – sinchiklab, batafsil o‘rganish, tekshirish, aniqlash manosini bildiradi. Ana endi Siz “tadqiqot”, “tadqiqotchi” so‘zlarining manosini o‘zingiz anglab olavering. “Tahlil” ham arabcha so‘z bo‘lib, “tarqalish, (kurtak) yozish, tekshirish, surishtirish, hal qilish, ochish” manolarini anglatadi.
Asosiy qoidalar, qonunlar, qabul qilingan tartib asosida biror narsani yuzaga chiqarish, amalga oshirish yo‘li usul (ar.) deb ataladi. “Adabiyotshunoslik lug‘ati”da izohlanishicha, “Uslub (a.) – poetikaning muhim kategoriyalaridan biri bo‘lib, badiiy asarning u yoki bu tarzdagi shakliy qurilishini belgilovchi umumiy prinsip”dir. Ilmiy muomalada “Uslub - odam” (J.Byuffon) degan tarif ommalashib ketgan. “A.Qahhor uslubi”, “E.Vohidov uslubi” deganda individual, “uyg‘onish davri uslubi” deyilsa, muayyan adabiy davr, “klassitsizm yoki romantizm uslubi” desak, adabiy yo‘nalish tushuniladi. “Demak, uslub faqat ijod jarayoni, konkret ijodkor bilangina emas, malum darajada adabiy jarayon bilan ham bog‘liq kategoriya”dir (339-b.). SHu bilan birga alohida soha va shaxslarning o‘ziga xos yo‘nalishi hamda boshqaruv mahoratiga qarab, “ilmiy uslub”, “rasmiy uslub”, “rahbarlik uslubi”, “suzish uslubi” kabi iboralar ham qo‘llaniladi. Gap qurilishi va fikrni g‘aliz ifodalash uslubiy xato deb baholanadi. Turli uslublarni o‘rganish sohasi esa uslubshunoslik deb yuritiladi (ruscha: stilistika). Bu tilshunoslik fanining muhim sohalaridan biri hisoblanadi.
YUqoridagilarning barchasi metod tarkibiga kiradi. Hayot hodisalarini, voqealarni tadqiq qilish usuli metod (yun.), ijodiy metod deb ataladi. Hayotni estetik o‘zlashtirish, uni badiiy ifodalash va baholashning umumiy tamoyillaridan tarkib topgan ijodiy yo‘l metoddir. Tamoyillar quyidagilardir: a) voqelikni aks ettirish usuli; b) hayotni tipiklashtirish yo‘li; v) asar g‘oyasini tashuvchi obrazlarni o‘zaro qiyoslash va rivojini ko‘rsatish; g) obrazli vaziyatni yaratish; d) yozuvchining hayot hodisalarini tanlashi va baholashi; e) sanatkorning voqelikka ijodiy munosabati (qayta yaratishi). Xullas, metod yozuvchining asar yaratish jarayonida hayotga munosabati, dunyoqarashi, niyati va mahoratining qay darajada ekanligini aniqlab beradi.
Adabiyotshunoslikda “metod”,“ijodiy metod”, “badiiy metod” atamalari goh yonma-yon, goh alohida qo‘llaniladi. Dastavval ularning sinonim ekanligini inobatga olish zarur. SHu bilan birga ilmiy istemolda qo‘llaniladigan “yozuvchining badiiy metodi” (m.,Navoiy metodi, Qodiriy realizmi kabi) atamasi bilan yozuvchilarning muayyan guruhini birlashtiruvchi “adabiy metod” tushunchalari o‘rtasida malum farqlar ham bor. M., o‘tgan asrning 30-yillarida SHo‘ro adabiyoti uchun “sotsialistik realizm metodi” yagona metod deb qabul qilindi. Qaysi adibning asari bu metod qolipiga tushmasa, u “sovet yozuvchisi” bo‘lolmadi.
Metod – tadqiqot usuliga ham oid. Mutaxassis badiiy asar va adabiy jarayonni tadqiq qilish maqsadida biografik metod, qiyosiy-tipologik metod, sotsiologik metod (o‘tgan asr boshida bu metodning vulgar ko‘rinishi avj olgan edi), lingvistik metod kabilardan xohlagancha foydalanishi mumkin. Bunga hech kim qarshilik qilmaydi. Biz o‘rganayotgan struktural metod ham shulardan biridir.
Kalit iboralar:

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling