Маърузалар
Vulgar-sotsiologik tahlil usuli
Download 1.81 Mb.
|
portal.guldu.uz-Majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Psixobiografik tahlil usuli
- Tarixiy-biografik tahlil usuli
- Qiyosiy tahlil
Vulgar-sotsiologik tahlil usuli o‘tgan asrning 20-30-yillarida paydo bo‘lib, talay asarlarning boshiga etdi. Aslida “vulgar” so‘zi lot. bo‘lib, “sodda, oddiy” degan manolarni bildiradi. Lekin vulgar-sotsiologlar obektga sodda, oddiylik nuqtai nazaridan emas, balki to‘porilarcha yondashishni afzal ko‘rdilar. Vulgar-sotsiologlar asar badiiyligini bir chetga surib qo‘yib, undan nuqul siyosiy ayblar qidira boshladilar. Bu fikrni misollar bilan isbotlab beraman.
Psixobiografik tahlil usulida biografik va psixologik metodlar o‘zaro birlashadi. Bilamizki, har qanday badiiy asarda yozuvchining tarjimai holi (biografiyasi)ga oid voqea-hodisalar, o‘zi kechirgan ruhiy holatlar u yoki bu darajada o‘z aksini topadi. Buni ulug‘ adiblar L.Tolstoy, A.Qodiriy, A.Qahhor, S.Ahmad, SHuhrat kabi yozuvchilar misolida ko‘rish mumkin. Psixobiografik tahlilda ijodkor shaxsi va ijodiy jarayon muammolarini aniq misollar yordamida ochish mumkin. Tarixiy-biografik tahlil usuli bilan tahlil etishda mutaxassis badiiy asarni o‘rganishda ko‘proq adibning tarjimai holi, o‘rganilayotgan asar biografiyasi bilan bog‘liqligiga etibor qaratadi. Bu jihatdan adabiyotshunos N.Rahimjonovning “Badiiy asar biografiyasi” nomli asari xarakterlidir. Unda olim akademik I.Sulton hayoti va ijodini badiiy hamda ilmiy asarlarining yaratilish tarixi (biografiyasi) bilan bog‘liq holda tadqiq qiladi. SHuningdek, N.Karimovning “CHo‘lpon”, “Maqsud SHayxzoda” kabi marifiy romanlari hamda “Oybek va Zarifa” asari, U.Normatovning “Qodiriy mu’jizasi” nomli asarlari ibratlidir. Qiyosiy tahlil ikki yoki undan ortiq asarlarni o‘zaro taqqoslab o‘rganish usulidir. Bunda adabiytshunos bitta yozuvchining bir necha yoki bir necha adibning mavzu va mazmuni jihatdan yaqin asarlarini o‘zaro taqqoslab tahlil qiladi. Mabodo, o‘zbek adiblarining asarlari chet el adabiyoti namunalari bilan taqqosan o‘rganilsa, bunday yondashuvni qiyosiy-tipologik usul deb ataladi. Badiiy asarga psixologik tahlil usuli bilan yondashish jarayonida munosabatning 3 xil shakli nazarda tutiladi: 1. Asar qahramonlari ruhiyati; 2. Muallifning ruhiy-manaviy holati va ijod jarayoni; 3. Badiiy asarni qabul qiluvchi (retsepient)ning ruhiy olami. Adabiyotshunos tomonidan har uchala holat inobatga olinsa, asarning mazmun-mohiyati chuqurroq ochiladi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling