Маърузалар
-MAVZU: GERMENEVTIK METOD VA UNING TALQIN USULI
Download 1.81 Mb.
|
portal.guldu.uz-Majmua
8-MAVZU: GERMENEVTIK METOD VA UNING TALQIN USULI
REJA: Badiiy asarda peyzav va uning o‘rni. Qahramon va peyzaj tasvirining uyg‘unligi. Peyzaj fransuzcha so‘z bo‘lib, “mamlakat, joy” degan ma’nolarni anglatadi. Demak, peyzaj deganda badiiy asardagi tabiat tasvirinigina tushunmaslik kerak ekan. Peyzaj tasviri yozuvchi uslubining yaqqol namoyon bo‘lishida muhim badiiy vositalardan biridir. Peyzaj har bir adabiy turda o‘ziga xos tarzda qo‘llaniladi. Masalan, epik asarlarda tabiat tasvirini ikir-chikirigacha tasvirlash imkoniyati mavjud bo‘lsa, dramatik turdagi asarlarda muallif tomonidan remarkalarda aytib o‘tiladi xolos. Lirik she’rlarda ham peyzajning o‘ziga yarasha qo‘llanish me’yori mavjud. Adabiyotshunoslikda “Peyzaj lirikasi” degan atama ham faol qo‘llaniladi (misollar keltiraman). YUqorida aytganimizdek, epik turga oid asarlarda peyzaj tasviri alohida ahamiyat kasb etadi. CHunki asar qahramoni hayot kechirayotgan makon va zamonga xos ko‘rinishlar shu vosita orqali ifodalanadi. Zero, prozaik nutqning birinchi navbatdagi va bevosita vazifasi tasvirlash (tabiatmi, inson obrazimi, hayvonot olamimi, bundan qatiy nazar)dir. Badiiy tasvir deganda asarning yuksak badiiyligi tushuniladi. Asar badiiyligining mezoni tasvirning hayotiyligi, ishonarliligi, umumlashtirishning haqqoniyligi, hayot haqiqatining yuksak badiiy shaklda aks etishidir. Peyzaj tasviri ko‘pincha asarning badiiy qimmatini, uning umrboqiyligini taminlaydi. Demak, asarning badiiyligini tahlil qilish jarayonida uning o‘ziga xosligini, yozuvchining individual uslubini aniqlash mumkin. Peyzaj tasviri asosan, yozuvchi nutqida namoyon bo‘ladi. YUqoridagilardan shunday xulosaga kelish mumkinki, peyzaj tasviri adibning yuksak mahoratini ko‘rsatuvchi badiiy usullardan biridir. Tabiat tasviri aks etmagan biron-bir asar yo‘q desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Faqat bu tasvir usulidan har bir san’atkor o‘z g‘oyaviy va badiiy niyatini ifodalash uchun undan to‘g‘ri va unumli foydalanishi lozim. Bu mulohazalarimni “O‘tgan kunlar”, “Qutlug‘ qon”, “Sarob” romanlaridan olingan aniq misollar orqali tushuntiraman va peyzaj tasvirida yozuvchining o‘ziga xos uslubi namoyon bo‘lishini isbotlab beraman. Kalit iboralar: peyzaj, peyzaj lirikasi, tabiat, qahramon, ruhiyat, mahorat, badiiy tasvir, uslub. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling