Маърузалар
-MAVZU: QIYOSIY- TARIXIY METOD
Download 1.81 Mb.
|
portal.guldu.uz-Majmua
7-MAVZU: QIYOSIY- TARIXIY METOD
REJA: Syujet turlari. Uning tarkibiy qismlari. “Lolazor” romani syujetining tahlili. Atoqli rus adibi M.Gorkiy aytganidek, “Adabiyotning uchinchi elementi syujetdir, yani odamlarning o‘zaro aloqalari, ular o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar, simpatiya va antipatiyalar, umuman, kishilar o‘rtasidagi munosabatlar – u yoki bu xarakterning, tipning tarixiy rivojlanishi, tashkil topib borishidir.” Syujet haqidagi barcha ilmiy manbalarda badiiy asarga shu tarif asosida yondashiladi. Biroq syujet shaklga tegishlimi yoki mazmunga oid unsurmi degan masalaga qarashlar har xil. “Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha-o‘zbekcha izohli lug‘ati” mualliflari N.Hotamov bilan B.Sarimsoqovlarning yozishicha, syujet “badiiy asarlarning bevosita mazmunini tashkil etgan, o‘zaro bog‘langan va rivojlanib boruvchi hayotiy voqealar sistemasi”dir. D.Quronov guruhining lug‘atida esa syujet “badiiy shaklning eng muhim elementlaridan biri, asardagi bir-biriga uzviy bog‘liq holda kechadigan qahramonlarning xatti-harakatlaridan tarkib topuvchi voqealar tizimi” deyiladi. Barcha ilmiy manbalarda, lug‘atlarda yaqingacha syujetning ikki turi borligi aytilgan. Bular: 1) xronikali va 2) konsentrik syujetlar. Xronikali syujet asosiga qurilgan asarlarda voqealar “A”dan boshlanib, “YA”da tugallanadi, yani voqealar Vaqt bilan bog‘langan holda tartib bilan birin-ketin bayon qilinadi. “Adabiyotshunoslik lug‘ati”da yozilishicha, “Xronikali syujet, bir tomondan, hayotni keng epik ko‘lamda tasvirlash, ikkinchi tomondan, qahramon taqdirini davriy izchillikda, xarakterini rivojlanishda ko‘rsatish uchun qulay. CHunki unda asosiy syujet bilan yondosh holda yordamchi syujet chiziqlarini ham yurgizish, juda katta hayot materialini qamrab olish imkoniyati mavjud.” Har holda xronikali syujet turining imkoniyatlari g‘oyat keng, unga qo‘shimcha voqealar, qistirma hikoyalar, epizodlar, rivoyat, mif va afsonalarni ham kiritish, retrospeksiya usulidan unumli foydalanish (allaqachon bo‘lib o‘tgan voqealarni xotirlash, xayolda jonlantirish), muallifning o‘y-kechinmalari, mushohadalarini ham kiritish mumkin. Faqat bu unsurlar asarning badiiy matniga chuqurroq singdirib yuborilishi shart. Konsentrik syujetda esa voqealar sabab+oqibat asosida joylashtirilishi kerak. Masalan, O.YOqubovning “Ulug‘bek xazinasi”, O.Muxtorning “Tepalikdagi xaroba”, M.M.Do‘stning “Lolazor”, U.Hamdamning “Muvozanat” singari asarlari syujetning ana shu turida yaratilgan. CHunki ularda ifodalangan voqealar bitta asosiy voqea atrofida aylanadi. Syujetning bu turi asarda bayon qilinayotgan voqealarning kuchli konflikt asosida shiddat bilan rivojlanib,echimga tomon jadallik bilan intilishini taminlaydi. Konsentrik syujet nisbatan o‘tkirroq va chuqurroq, ayrim hollarda esa hatto hal qilib bo‘lmaydigan darajadagi voqealarni olib kirish, konfliktning echib bo‘lmaydigan tugunla-rini tasvirlash imkonini beradi. Bunday syujet turi detektiv, sarguzasht va fantastik asarlar yaratishda juda qo‘l keladi. Biroq hech bir badiiy asar birgina syujet turi asosiga quriladi deb xulosa chiqarish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Sof holda na xronikal, na konsentrik syujet asosida yaratilgan asarni topish mumkin emas. Syujetlar qorishuvining aynan ana shu jihatini inobatga olgan rus adabiyotshunosi A.N.Veselovskiy “Syujet deganda men turli holatlar – motivlarning bir-biri bilan o‘zaro chatishuvini, chambarchas bog‘langanligini tasavvur qilaman” degan edi. SHubhasiz, syujet turlarining bunday o‘zaro qorishib ketishi asar badiiyligining mukammalligini taminlaydi. Adabiyotshunos A.Rahimov syujet turlarini quyidagicha tasnif qiladi: Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling