O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI
“TASDIQLAYMAN”
GulDU prorektori
F.Sharipov
_______________
“___” _______2019 y.
№ ___________
ADABIYOTSHUNOSLIK METODOLOGIYASI
fanining
ISHCHI O‘QUV DASTURI
Bilim sohasi: 100000 - Gumanitar
Ta’lim sohasi: 120000 – Gumanitar
Mutaxassisligi: 5A120101 – Adabiyotshunoslik (o‘zbek adabiyoti)
1-bosqich magistrlariga 1-semestrda o‘tiladi
Umumiy o‘quv soati – 64
Ma’ruza – 18
Seminar – 18
Mustaqil ta’lim soati – 28
Guliston – 2019
Fanning ishchi o‘quv, ishchi reja va o‘quv dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.
Tuzuvchi: Q.Yo’ldoshev – pedagogika fanlari doktori, professor
Taqrizchi: U.O’ljaboev – filolоgiya fanlari nomzodi, dotsent
Fanning ishchi o‘quv dasturi “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasining 2019 yil “__” _______dagi ___ - sonli majlisida ko‘rib chiqilib, fakultet Ilmiy-uslubiy Kengashida ko‘rib chiqish uchun tavsiya qilindi.
Kafedra mudiri v.b.: O. Fayzullayeva
Fanning ishchi o‘quv dasturi Filologiya fakulteti Ilmiy-uslubiy Kengashining 2019-yil “___” ________ dagi “___” - sonli majlisida tasdiqlandi.
Fakultet Kengashi raisi: M.Mamatqulov
O‘quv-metodik bo‘lim boshlig‘i: I.Xudoyberdiyev
O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
Ilmiy tadqiqotga yo‘naltirilgan magistr talabalarga adabiyotshunoslik metodologiyasining predmeti, uning maqsadi va vazifalarini o‘rgatish, fan doirasidagi asosiy masalalarning mohiyatini tushuntirish, tadqiqot metodlari borasida tasavvur hosil qilish hamda adabiyotshunoslik metodologiyasiga doir jiddiy ma’ruzalar o‘qish o‘z dolzarbligini saqlab qolmoqda.
“Adabiyotshunoslik metodologiyasi” fanida badiiy matnni tahlil va talqin qilish usullari markaziy o‘rinda turadi. Bo‘lajak adabiyotshunos badiiy asarga yondashuv usullarini, ilg‘or tadqiqot metodlarini bilishi lozim. Fandagi masalalar shu jihati bilan dolzarblik kasb etadi.
Mazkur fan doirasida adabiyotshunoslikdagi ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalari jalb qilinadi. Jamiyatni demokratlashtirish jarayonida va iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilishda ushbu fan yoshlarni mustaqil fikrlashga o’rgatadi va barcha tahlil jarayonlariga ijodiy yondoshishni shakllantirishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |