Маърузани олиб бориш технологияси


Oquv faoliyatining natijalari


Download 1.51 Mb.
bet82/120
Sana08.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#245980
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   120
Bog'liq
muloqat ma'ruza 1doc

Oquv faoliyatining natijalari:

  • Mavzu bo’yicha bilim va ko’nikmalarni egallaydilar;

  • Mavzudan ma’naviy ozuqa oladilar;

  • Mavzuni o’rganadilar;

  • O’ fikrlarini aytadilar.

O’qitish metodlari

Ma’ruza, suhbat

O’qitish vositalari

Ma’ruza matn, doska, bo’r

O’quv faoliyati shakllari

Ommaviy, jamoaviy, hamkorlikda o’qitish texnologiyalari: “O’ylang – juftliklarga bo’lining – fikr almashing”

O’qitish sharoiti

Sinf xonasi

Monitoring va baholash

Og’zaki savol-javob, topshiriq




    1. Mashg’ulotning texnologik xaritasi






Faoliyat bosqichlari

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

O’quvchilar

I. Kirish

(5 daqiqa)

1.1. Mavzu nomini, rejasini aytib, dastlabki umumiy tasavvurni beradi hamda uslubiy va tomonlari bilan tanishtiradi.

Tinglaydilar








II. asosiy qism

(30 daqiqa)

2.1. Ma’ruza savollarini tushuntiradi va asosiy joylarini yozdiradi. (1-ilova)

2.2 Mavzuni mustaxkamlash uchun og’zaki savol-javob o’tkazadi (2-ilova)

2.3. Ko’rilgan savollarni umumlashtiradi va yakuniy xulosa qiladi


Tinglaydilar, yozib oladilar.

Savollarga javob beradilar, oz fikrlarini bildiradilar



III. Yakiniy qism

(5 daqiqa)

3.1 Faol ishtirok etgan o’quvchilar faoliyatini baholaydi. Uyga vazifa beriladiMashg’ulotni yakunlaydi.

Baholar bilan tanishadilar.


(1-ilova)

KIRISH: Qay yoshdan yurakda ishqo'ti yonar?

So'rog'in salomdek so'raydi lik.

Birinchi bo'sadan yoshlik boshlanar,

Ungacha bo'lgani-bari bolalik.

Buyuk alloma va tabib Al-Muqriyning aytishicha, ishq - bu insonni eng go'zallashtiruvchi, ko'rk beruvchi, ajoyib fe'1-atvor bag'ishlovchi betakror bir fazilatdir. Bunday ne'matga erishganlar hech qachon g'ayrat-shijoat, serharakatlikni tark etmaydilar. Ishq — bu aziz ne'matdir. U aqlni raso aylaydi, zavq-u shavq bag'ishlaydi. Bulaming hammasini oshiq ishqdan deb biladi va kutadi. U o'zi uchun, insoniyat uchun, jamiyat uchun ko'p foyda keltirish yolida astoydil mehnat qilishga tayyor bo'ladi. Sevgiga yetishishda av-valo insonlar bir-birlarini yaxshi o'rganmoqlari, hamma fazilat-u kamchiliklaridan voqif bo'lmoqliklari va bir-birlarini sevmoqlari darkor.

Sayohatga chiqish, turli o'yinlar bilan dilxushlik qilish, ilm o'rganish, ibodat qilish, zohid kitoblarni mutolaa qilish insonning ishq haqidagi fikrlarini yorqinlashtiradi. Agar oshiq oqil bo'lsa, ma'shuqlikka qabohat aralashtirmaydi, sevgisiga xiyonat qil-maydi, oila qurishga intiladi va oilasining mustahkam bo'lishini ta'minlaydi.

Xonadonda farzand tug'ildi. Keksalar unung umri uzoq, to'rt muchasi sog', ota-onasi, yurtiga sadoqatli bo'lib o'ssin, deya duo-ga qo'l ochadilar. Darhaqiqat, nozik qo'lchalarini silkitgancha qu-yoshga talpinayotgan tetik chaqaloqqa boqib, ko'nglingiz tog'day ko'tariladi, uning toleyi baland bo'lishiga ishonchingiz ortadi. Bu ishonch mamlakatimizda sog'lom oilani shakllantirish, ona va bola salomatligini mustahkamlash davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylantirilgani, mazkur jabhada istiqbolli dasturlar ishlab chiqilib, izchil amalga oshirilayotganligidan, deya izohlansa to'g'ri bo'ladi.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasida "Oila jamiyatning asosiy bo'g'inidir hamda jamiyat va davlat mu-hofazasida bo'iish huquqiga ega", deyiiadi.

Darhaqiqat, Bosh Qomusimizning alohida bir bobi aynan oilaga bag'ishlangan. Unda farzand, ota-ona va davlat munosobatlari, ular o'rtasidagi huquq va burchlar, o'zaro g'amxo'rlik va muhofaza ma-salalari kafolatlari xususida gap boradi. Har bir subyektning burch va vazifalari belgilab beriladi. Shu tufayli mamlakatimizda oilaga bo'lgan munosabat Konstitutsiyamizda belgilangan ushbu tamoyil-lar asosida amalga oshirilmoqda.

Aslida, bu tamoyillar ham xalqimizning milliy mentaliteti, urf-odatlari, qadriyatlari asosida tarkib topgan. Negaki o'zbek hami-sha ertangi kunni o'ylab yashaydi. Yurtboshimiz ta'kidlaganlaridek: "Xalqimiz qadim-qadimdan oilani muqaddas deb bilgan. Axir, oila ahil va totuv bo'lsa, jamiyatda tinchlik va barqarorlik hukm suradi". Mamlakatimizda oila farovonligini ta'minlash va uni ijtimoiy muhofaza qilish davlatimizning bosh siyosatiga aylanganligining boisi ham ana shunda.

Hozir shu mavzuda kollejimiz psixologining ma'ruzasini tinglaymiz. Marhamat!


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling