Маърузани олиб бориш технологияси


Download 1.51 Mb.
bet80/120
Sana08.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#245980
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   120
Bog'liq
muloqat ma'ruza 1doc

1. Mashg'ulotning modeli



O’quv soati: 1 soat

O’quvchilar soni:____

Mashgulot shakli va turi

Muloqat soati


Mashg’ulot rejasi

1. Z.M.Bobur hayoti va ijodi.

2. Shoir lirikasi.




Mashg’ulotning maqsadi:


Pedagagik vazifalar:

  • Mavzu bo’yicha ma’lumot berish;

  • O’quvchilarni ma’nan yetuk barkamol shaxs etib tarbiyalash;

  • Oquvchilar ongida mavzu yuzasidan tushunchalar hosil qilish;

  • Mavzu yuzasidan o’quvchilar qarashlarini o’rganish

Oquv faoliyatining natijalari:

  • Mavzu bo’yicha bilim va ko’nikmalarni egallaydilar;

  • Mavzudan ma’naviy ozuqa oladilar;

  • Mavzuni o’rganadilar;

  • O’ fikrlarini aytadilar.

O’qitish metodlari

Ma’ruza, suhbat

O’qitish vositalari

Ma’ruza matn, doska, bo’r

O’quv faoliyati shakllari

Ommaviy, jamoaviy, hamkorlikda o’qitish texnologiyalari: “O’ylang – juftliklarga bo’lining – fikr almashing”

O’qitish sharoiti

Sinf xonasi

Monitoring va baholash

Og’zaki savol-javob, topshiriq




    1. Mashg’ulotning texnologik xaritasi




Faoliyat bosqichlari

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

O’quvchilar

I. Kirish

(5 daqiqa)

1.1. Mavzu nomini, rejasini aytib, dastlabki umumiy tasavvurni beradi hamda uslubiy va tomonlari bilan tanishtiradi.

Tinglaydilar








II. asosiy qism

(30 daqiqa)

2.1. Ma’ruza savollarini tushuntiradi va asosiy joylarini yozdiradi. (1-ilova)

2.2 Mavzuni mustaxkamlash uchun kompozition dars tashkil etadi (2-ilova)

2.3. Ko’rilgan savollarni umumlashtiradi va yakuniy xulosa qiladi


Tinglaydilar, yozib oladilar.

Savollarga javob beradilar, oz fikrlarini bildiradilar



III. Yakiniy qism

(5 daqiqa)

3.1 Faol ishtirok etgan o’quvchilar faoliyatini baholaydi. Uyga vazifa beriladiMashg’ulotni yakunlaydi.

Baholar bilan tanishadilar.

(1-ilova)

Bobur adabiyotimizning Navoiydan keyingi eng e’tiborli va buyuk vakilidir. U 1483 yilning 14 fevralida Farg’ona viloyatining poytaxti Andijonda tug’ildi. Otasi ushbu viloyat hokimi Umarshayx Mirzo (1455-1494) Temurbekka evara-to’rtinchi (Abdusaid Mirzo-Sulton Muhammad Mirzo-Mironshox-Amir Temur) Avlod edi. Onasi Qutlug’ Nigorxonimning otasi Toshkent hokimi Yunusxon esa o’zbeklashgan mo’g’ul urug’idan bo’lib, 12 avlod bilan Chingizxonga tutashgan. Bobur uni “Chingizxonning ikkinchi o’g’li Chig’atoyning naslidandur” deb tanishtiradi.

Unga Muhammad Bobur deb ism berdilar. “Bobur”ning arabchadagi ma’nosi sherdir. Keyinroq ulug’larga, shohu shahzodalarga qo’shilib aytiladigan ismi sharif sifatida “Zahiriddin” ilova etildi. “Zahir”ning ma’nosi ko’p, shulardan biri homiy, yana biri esa sergul daraxt ekan.

Umarshayx Mirzoning uch o’g’li (Zahiriddin Muhammad Bobur, Jahongir Mirzo, Nosir Mirzo), besh qizi (Xonzodabegim, Mehrbonubegim, Shahrbonubegim, Yodgor Sultonbegim, Ruqiya Sultonbegim) bo’lib, Bobur o’g’illarining eng kattasi edi. Opasi-o’zidan besh yosh katta Xonzodabegim bilan bir onadan edilar.

Umarshayx Andijonning g’arbida joylashgan Axsi (Axsikat deb ham aytilgan, Sirdaryoning o’ng sohilida, hozirda Namangan viloyati, Shaxand qishlog’I hududida xarobalari saqlanadi) shahrini poytaxt qilgan edi.

Bobur xalqimizning har jihatdan yetuk, g’oyat iste’dodli bir farzandi edi. “Bobur fe’li-sajiyasiga ko’ra Sezarga qaraganda sevishga arzigulikdir”,-deb yozadi uning tarjimonlaridan Eduard Xolden.

U o’ta notinch, sarson-sargardonlikda kechga umrini zo’r salohiyati tufayli jozibali qila oldi. Uning hayoti faqat qahramonliklar ila emas, ijodkorlik, bunyodkorlik bilan ham to’la edi. U 20 yoshida yangi bir yozuv-“xatti Boburiy”ni kashf qildi. Ajoyib she’rlar yozdi, devon tartib qildi. “Boburnoma”day ulkan tarixiy-badiiy asarni yaratdi. Musiqa bilan shug’ullandi. “Chorgoh” maqomiga “savt”lar bitdi. Boburning “Harb ishi”, “Musiqa ilmi” nomli asarlari hozirgacha topilmagan. U tarjima bilan ham shug’ullandi. Xo’ja Axrornig “Volidiya” asarini o’zbekchaga ag’dardi.

Bobur ikki tilda-o’zbek va tojik tillarida erkin ijod etdi. U o’zbekcha she’rlarini to’plab, 1519 yilda Kobulda, 1528-1529 yilda Hindistonda devonlar tuzdi. Bu ikki devon o’sha joylar nomlari bilan “Kobul devoni”, “Hind devoni” deb ataladi. Kobul devoni topilgan emas. Bizgacha yetib kelgan she’rlarining umumiy soni 400 dan ortadi. Shundan 119 tasi g’azal, 231 tasi ruboyi.

Bobur she’rlarning ma’lum qismi hasbi hol xususiyatiga ega bo’lib, shoir hayotining muayyan bir lavhasi bilan bog’lanadi. Har bir she’rning yozilish tarixi bor.

G’azal ko’pgina Sharq adabiyotlaridagi singari o’zbek adabiyotida ham asosiy she’riy janrni tashkil etgan. Shoirlar she’rlarini to’plab, devon tuzganlarida, undan salmoqli o’rinni g’azal egallagan. Shu sababli Bobur devonining ham katta qismi g’azallardan iborat.

G’azalda ko’pincha ikkita markaz bo’lgan. Biri-lirik qahramonning ahvoli, ikkinchisi-ma’sghuqa ta’rifi. Barcha obraz va ifodalar shu ikki markazga kelib tutashgan. Navoiy va Bobur davrida bevosita muallifning tarjimai holiga oid tafsilotlar ham g’azlaga kirib kela boshladi. G’azal mavzui kengayib bordi.

Bobur g’azallari ham mavzuiga ko’ra xilma-xildir. Unda hayotga qaynoq mehr aks etgan jo’shqin g’azallar ham, afsus-nadomat to’la she’rlar ham bor. Shoir goh dunyoning achchiq-chuchugini tatib ko’rgan kishi sifatida falsafiy mushohada yuritadi, odamlarni har qanday holad yaxshilik qilishga chorlaydi, goh taqdirning ayovsiz zarbalariga chiday olmay, el-yurtdan bosh olib cghiqib ketmoqchi bo’ladi. Xullas insonga xos quvonch ham, g’am ham bu g’azallarda bor. Lekin g’am-alam ko’proq. Buning sababi shoirning o’z vatanidan ayro tushganidir.

Xazon yafrog’I yanglig’ gul yuzung hajrida sarg’ardim,

Ko’rub, rahm aylagil, ey lolaruh, bu chehrai zardim.

Sen, ey gul, qo’ymading sarkashligingni sarvdek hargiz,

Ayog’ingg’a tushub bargi xazondek muncha yolbordim.


O’zbek adabiyotidagi ruboyi janrining taraqqiyotida Boburning muhim hissasi bor. Sharqning qadim va mashhur she’riy janrlaridan bo’lgan ruboyi nomlanishiga ko’ra to’rtlikdir. Lekin tugal fikrga, mustaqil mazmunga ega bo’lgan to’rtlik. Nihoyat, u aruzning ruboyi vaznida yozilishi kerak. Bu vazn aruzning hazaj bahrida “axram” va “axrab” (maf’uvlun va maf’uvlu) shoxchasida bo’lib, 24 ko’rinishga ega.

O’zbek adabiyotida g’azal singari ruboyini hameng ko’p va eng yaxshi yozgan Alisher Navoiydir. Uning ruboiylari miqdori 500 dan ortiq. Boburniki u qadar ko’p emas, shunga qaramasdan, uning o’zbek ruboiychiligida alohida o’rni bor. U tabiatan ijtimoiy-falsafiy bo’lgan ruboiy janriga kundalik, hayotiy mazmunni kiritdi. Uning ko’pgina ruboiylari sarson-sargardon kechgan hayotining iqrornomalariday taassurot qoldiradi.

Shoir, olim va shoh Boburning ijodi, faoliyati mana shu xususiyatlariga ko’ra ardoqlanib keladi.


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling