Маърузани олиб бориш технологияси
Asosiy qism Ma'ruza: „ Mustaqillik oliy ne’mat“
Download 1.51 Mb.
|
muloqat ma'ruza 1doc
Asosiy qism
Ma'ruza: „ Mustaqillik oliy ne’mat“ Mustaqillik so'zi arabcha ozodlik, erkinlik degan ma’nolami bildirib, hayotning barcha jabhalarida ozodlikka erishish va inon-ixtiyori butunlay o'zida ekanligini ifodalovchi tushuncha. Mustaqillik taziyqdan, nazoratdan holi bo’lish va erkinlik. Iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy tobe bo’lmaslik. Mustaqillik ixtiyori o'zida bo'lgan, hech kimga tobe va qaram bo’lmagan, o’zgalaming yordamisiz muammolarini hal qila oladigan, o’zicha kun kechira oladigan degan ma'nolami anglatadi. Mustaqillik deganda, avvalo, har bir xalqning o'z taqdirini o'zi belgilash huquqini qo'lga kiritishini, qadr-qimmatini o'z o'miga qo'yishni, o’zligini anglashni, milliy qadriyatlami urf-odatlami tiklash tushiniladi. Bu esa bizning millat, xalq sifatida barcha masalalami o’zimiz hal etishimiz lozimligini anaglatadi. Mustaqillik bu mamlakatning yer usti va yer osti tabiiy boyliklariga salohiyati, aql-u zakovatiga tayanib, mustaqil iqtisodiy siyosat olib borish, har bir inson,har bir oila uchun munosib turmush sharoiti yaratish ma'nosini bildiradi. Mustaqillik — o'zaro hurmat, bir-birini tan olish, bir-birini qadrlash asosida mamlakat fuqarolarining o'zaro munosabatida, jahon davlatlari o'rtasidagi aloqalarda umuminsoniy qadriyatlarga tayanish va umumiy mezonlar asosida yashashdir. Mustaqillik —jamiyatdan ajralmagan holda dunyo muammolari va o'z taqdiri bilan bog'liq bo'lgan istiqbol haqida o'ylashdir. Mustaqillik — har bir insonning erkin dunyoqarashi, erkin tafakkuriga suyanib yashashi demakdir. Yurtboshimiz Islom Karimov ta'biri bilan aytganda, biz uchun mustaqillik eng avvalo, o'z taqdirimizni qo'limizga olish, o'zligimizni anglash, milliy qadiryatlami, urf-odatlarimizni tiklash, hammamiz uchun mo'tabar shu Vatanda, har bir xonadonda tinchlik osoyishtalikni barqarorlikni saqlashdir. Aziz Vatanimizda adolat,insof, din-u diyonat, mehr-u oqibatni qaror topdirishdir. Biz uchun mustaqillik - Ollohning o'z el-yurtimizga in'om etgan tabiiy boyliklarga egalik qilish, xalqimiz qudrati, salohiyati, aql-u zakovatiga tayanib, O'zbekistonda yashayotgan har bir inson, har bir oila uchun munosib hayot qurish, kelajak avlodlar uchun ozod va obod Vatan qoldirishdir. Biz uchun istiqlol - millatimiz, mamlakatimizning jahonda obro’-e'tibori, shon-shavkatini ko'taradigan sog'lom avlodni, har jihatdan barkamol va fidoyi o'gil-qizlami tarbiyalash, ulami voyaga yetkazish va baxtini ko'rishdir. Mustaqillikning mazmun-mohiyatini teran anglash vatushunish uchun mustaqillik sharofati bilan xalqimiz qo'lga kiritgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-madaniy yutuqlami bilish, ular mazmunini teran anglab olish lozim bo'ladi. Xalqimiz istiqlol tufayli siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy mustaqillik va yutuqlarga erishdi. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling