Маърузани олиб бориш технологияси
Download 1.51 Mb.
|
muloqat ma'ruza 1doc
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-oquvchi
2-boshlovchi: Navoiyning mana shu boy badiy, ijodiy dahosi o'z davridan boshlab adabiy hayotimizda alohida bir maktab bo'lib keldi.
1-boshlovchi: Navoiyga bag'ishlangan bugungi adabiy kechani ramziy ma'noda to'rt faslga bo'lamiz. Zero, Navoiy "Xazoyin ul-maoniy"da aytganidek, "umr fusulining navbahori"ga sayr etsak. 1-o'quvchi: Buyuk mutafakkir, shoir, olim va davlat arbobi Alishet Navoiy 1441-yil 9-fevralda Hirotning Bog'i Davlatxona atalmish joyida xizmatchi oilasida dunyoga keldi. Alisherning otatomonidan bobosi Amir Temurning o'g'li Umar-shayx bilan emikdosh bo'lib, Boyqaro Mirzo hukmdorligi davrida Qandahorda amir bo'lgan. Mana shunga asoslanib aytish mumkinki, Alisherning ota-bobolari hamisha temuriylar saroyida e'tiborli kishilar bo'lganlar. Aiisher bolaligidanoq o'tkir zehnli, bilimga chanqoqiigi va she'riyatga mehr qo'yganligi bilan tengdoshlari orasida alohida ajralib turgan. U to'rt-besh yoshlaridanoq, Qosim Anvarning g'azallarini, Shayx Sa'diyning "Guliston" va "Bo'ston", Farididdin Attorning "Mantiq ut-tayr" kabi asarlarini berilib o'qigan. Alisherdagi ulkan iste'dod va she'riyatga bo'lgan tengsizmuhab batni ko'rgan otasi G'iyosiddin Kichkina, tog'alari — o'z davrining taniqli shoirlari: Mir Said Kabuliy va Muhammad Ah G'aribiylar uning tarbiyosiga alohida ahamiyot beradilar. O'n ikki yoshida otasidan etim qolgan Aiisher Xuroson pod-shohi Abulqosim Bobur saroyiga keiadi. Abulqosim Alisherga ota-bobolarining hurmati tufayli yaxshi munosabatda bo'ladi va uning bilim olishi uchun zarur sharoit yaratib beradi. 1456-yilda Abulqosim Bobur o'z poytaxtini Xurosondan Mashhadga ko'chiradi. Aiisher ham do'sti Husayn Boyqaro bilan birga Mashhadga boradi. 1457-yilning bahorida Abulqosim Bobur vafot etadi. Shundan so'ng, mamlakatda toj-taxt uchun kurash boshlana di. Husayn Boyqaro ham shu kurashlarga qo'shilib ketadi. Aiisher Navoiy esa moddiy va ma'naviy qiyinchiliklarga qaramay, Mash haddagi madrasada o'z bilimini oshirib, she'riyat sirlarini chuqur-roq o'rganish bitan tnashg'ul bo'ladi. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling