Маърузани олиб бориш технологияси


Ma'ruza yuzasidan o'tkaziladigan munozara savollari


Download 1.51 Mb.
bet84/120
Sana08.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#245980
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   120
Bog'liq
muloqat ma'ruza 1doc

Ma'ruza yuzasidan o'tkaziladigan munozara savollari:

1.Chin sevgi-muhabbat deganda nimani tushunasiz?

2.Qiz bola oilali erkakni sevib qolsa, siz qanday qaraysiz?

3. Sevgida, oila qurishda yanglishmaslik uchun nimalarga e'tibor berish shart?

4.Hozirgi vaqtda nima uchun ajralishlar ko'p?

5.Qiz yoki yigit birovni sevsa, qanday ish tutgani ma'qul?



6.Sevgan kishingiz qanday bo'lishini xohlaysiz?

1-o'quvchi: O'zida ishq-muhabbat paydo bo'lgan har bir yigit-qiz sharm-u hayosini saqlashi kerak.

2-o'quvchi: Men istardimki, yoshlar nafs balosiga berilib, nomuslarini oyoq osti qilmasinlar.

3-o'quvchi: Ishq illatining dorisi yo'q. Men o'ylaymanki, bu dori aql bilan sabr bo'lsa kerak.

4-o'quvchi: Sevgi-muhabbatning hammasi o'z naslini davom ettirishga qaratilgan jarayon hisoblanadi. Demak, oila qurish uchun har bir yigit-qiz, awalo, ilmli, so'ng hunarli bo'lishi lozim, chunki sevgi-muhabbat bilan qorin to'ymaydi.

5-o'quvchi: Mening o'ylashimcha, inson qanchalik kamolotga erishsa, o'z farzandlarini ham xalqiga, Vataniga, eliga, oilasiga munosib farzand qilib tarbiyalay oladi. Aks holda, ilmsiz inson farzandlari qanday bo'lishi hammaga ma'lum.

6-o'quvchi: Hamma narsaning o'z vaqti-soati bor deganlaridek, oila qurishning ham o'z vaqti-soati va qonun-qoidalari bor. Bu o'rinda ko'pni ko'rgan, oilaviy tajribasi katta bo'lgan ota-onalarimiz maslahatlariga quloq tutish o'rinli deb o'ylayman.

7-o'quvchi: Oilaning eng muhim vazifasi bolani sog'lom va barkamol qilib voyaga yetkazishdir.

8-o'quvchi: Chin sevgi haqida gapira oimayman, chunki hali hech kimni bunday sevganim yo'q. Ammo sevgi birinchi navbatda o'z-aro hurmat va ishonch tuyg'ulariga asoslangan bo'lishi kerak deb o'ylayman.

9-o'quvchi: Qiz bolaning oilali erkakni sevib qolishi bizning mil-latimiz va mintalitetimizga xos bo'lmagan holat. Agar shunday bo'lgan taqdirda ham, men bunday qizlardan uzoqroq yurar edirn, Chunki "Qozonga yaqin yursang qorasi yuqadi", - degan xalq maqoli bejiz aytilmagan. Shuning uchun qiz bolaning eng muhim vazifasi o'z iffatini, sha'nini, or-nomusini saqlashdan iborat bo'lishi lozim.

10-o'quvchi: Har bir qizning sha'ni - bu uning oilasi sha'ni demakdir. Shunday ekan, dugonajonlar, hammamiz o'z oilamiz sha'­nini asraylik!

11-o'quvchi: Haqiqiy o'zbek oilasida kamol topgan qizlar hech qachon muhabbat deb o'zi va oilasi sha'niga dog' tushirmaydi.

12-o'quvchi: Xalqda "O'tirgan qiz o'rnini topadi" degan naql bor. Bu bejiz aytilmagan, chunki qiz bola oilaviy hayot boshlashdan oldin unga har tomonlama tayyor bo'lishi zarur.

Xulosa: Xalqimizda "Oldingdan oqqan suvning qadri yoq" degan maqo! bor. Bu, eng awalo, oilaviy hayotga taalluqlidir. Shunung uchun doimo o'rtadagi sevgi-muhabbatning, qadr-qimmatning arzimas sabablarga ko'ra yoqolishiga yol- qo'ymaslik, ko'hgilsizliklarning oldini olib yashash kerak. Aks holda, keyingi afsus va pushaymonlar bir umr ruhiy azob berishini, hayotni qayfa boshlashning esa imkoni bo'lmasligini yoddan chlqarmaslik kerak,
Uyga vazifa: Navbatdagi tadbirning mavzusi e'lon qilinadi, vazifalar belgilanadi va topshiriqlar taqsimlanadi.




Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling