Маърузани олиб бориш технологияси
-o'quvchi: Ruhiy jihatdan sog'lom bo'Imagan yoshlar ham turli oqimlar ta'siriga tez beriladi deb o'ylayrnan. 6-o'quvchi
Download 1.51 Mb.
|
muloqat ma'ruza 1doc
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-oquvchi
5-o'quvchi: Ruhiy jihatdan sog'lom bo'Imagan yoshlar ham turli oqimlar ta'siriga tez beriladi deb o'ylayrnan.
6-o'quvchi: Ayrim yoshlar pul topish ilinjida xorijga borib, qabih to'dalar qo'liga tushib qolmoqda. Aqidaparast va terrorchilar yosh yigit-qizlarning pulga o'chligi, bilimsizligidan foydalanib ularni jinoyatchilik va fohishalik yo'llariga boshlamoqda. 7-o'quvchi: Ayrim hokimiyat idoralarida ijtimoiy adolatning buzi-lishi yoshlarda norozilik kayfiyatini tug'dirmoqda. 8-o'quvchi: Hozirgi kunda ayrim kuchlar internet tizimi orqali siyosiy terrorizmni, diniy aqidaparastlikni targ'ib etadigan axborotlar bilan to'ldirishga intilmoqda. Bu, o'z navbatida, yoshlarga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. 9-o'quvchi: G'animlarimiz tarqatayotgan har xil g'arazli varaqalar, adabiyotlar, xorijdagi ayrim radio stansiyalarning yurtimizdagi voqealarni, haqiqiy hayotni buzib talqin etuvchi, tuhmatdan iborat eshittirishlari va boshqalar ham o'z ta'sirini ko'rsatmoqda. O'qituvchi: Juda yaxshi. demak, yuqoridagi salbiy omillar ta'sirida ayrim yoshlarimiz jinoyatchilik yo'liga kirib, har xil yovuz, ekstremistik guruhlar ta'siriga tushib qolishmoqda. Endi yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirishda nimalar qilish lozimligi haqida gaplashsak: 10-o'quvchi: Dunyoda ro'y bergan barcha jinoyatlar va yovuzliklar zamirida nodonlik va bilimsizlik yotadi. Masalan, so'nggi 20 yil davomida jinoyatchilik, giyohvandlik, qonli urushlar makoni bo'lgan Afg'onistonda har ming bolaning atigi 15 tasi savodli ekan. Allohga beadad shukurlar bo'lsinki, mustaqil O'zbekistonda barcha bolalar maktablarda ta'lim oladi. O'qituvchi: Ta'lim jarayonida yoshlarda his qilish, fikrlash, tasavvur, hayol va xotira qobiliyatlari o'sadi, ma'naviy-axloqiy sifatlari rivojlanadi.Ta'lim-tarbiya jarayonida yoshlarning g'oyaviy-siyosiy, axloqiy, irodaviy, estetik xislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga, du-nyoda sodir bo'layotgan voqealarga ilmiy qarashlari tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch-quvvatlari mustahkamlanadi. 11-o'quvchi: Ustoz, sizning fikringizni to'ldirish maqsadida yurtboshimiz I. Karlmovning quyidagi so'zlarini keltirmoqchiman: "ta'lim-tarbiya - ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, ta'lim-tarbiya tizimini o'zgartirmasdan turib ongni o'zgartirib bo'lmaydi. Ongi, tafakkumi o'zgartirmasdan turib esa biz ko'zlagan oliy maqsad -ozod va obod jamiyatni barpo etib bo'lmaydi". 12-o'quvchi: Kishilar ongida tinchlik g'oyalarini shakllantirish, odamzotni yovuzlik, jinoyatchilik kabi salbiy illatlardan xalos qilish muammolari ham qadimiy, umumbashariy muammo, ham qadriyat bo' lib kelgan.O'z davrida Arastu ta'lim-tarbiyaning maqsadini shunday bel-gilagan edi: Birinchidan, insonga tabiat ato etmagan narsalarning o'rnini to'ldirish, ya'ni unda ong, qobiliyat, ma'naviy-axloqiy si-fatlar, iymon-e'tiqod, dunyoqarash kabilarni shakllantirish; ikkin-chidan, odamdagi salbiy holatlar, illatlarga moyillikning payini qirqish, undan xalos qilish. O'qituvchi: Bugungi kunda dunyoda ezgu kuchlar bilan yovuzlik ham yonma-yon yashamoqda, ular o'rtasida kurash davom etmoqda. Hurmatli o'quvchilar! dunyoga yovuz kuchlar egalik qilmasligi, ezgulikning tantana qilishi uchun eng maqbul yo'l nimada? 13-o'quvchi: Ustoz, mening fikrimcha, bu yovuz kuchlarni jazolashning eng to'g'ri yo'li jinoyatchilik, terrorizm va turli boshqa tajovuzkor kuchlarning keng ommaga yoyilmasligining birdan bir chorasi ma'rifatli jamiyat barpo etishdadir. Chunki, ilm-ma'rifat, aql-idrokni yaratuvchilik yo'liga solish uchun insoniylik me'zoni bo'lgan ma'naviy barkamollik zarur. Aql-idrokni ma'naviyat yetaklasagina, u ezgulikka xizmat qiladi. O'qituvchi: Ofarin, juda to'g'ri ta'rif berildi. Demak, ta'lim-tarbiya qadriyatlar ichida eng afzali hisoblanadi. Insoniyatning o'z taraqqiyoti mobaynida erishgan ulkan yutuqlari, olamshumu! kashfiyotlari bevosita ta'lim bilan bog'liq. Mustaqil O'zbekiston davlatining ijtimoiy - iqtisodiy, siyosiy taraqqiyotini, ma'naviy yuksalishini, jahon hamjamiyatida munosib o'rin egallashini ta'lim-tarbiya rivojisiztasavvur etib bo'lmaydi. O'z fikrini bildirolmagan talabalarga ham navbat bersak: 14-o'quvchi: Darhaqiqat, bugungi sharoit barchamizdan yanada sezgir, ogoh va hushyor bo'lishni talab etmoqda. Mahallalarda, turar joylarda, kollejda o'z uyimizni o'zimiz asrash bo'yicha barcha choralarni ko'rishimiz, beparvolik, loqaydlik kayfiyatlariga yo'l qo'ymasligimiz, do'stu dushmanni yaxshi tanib olishimiz kerak. 15-o'quvchi: Yovuz kuchlarning maqsadi nima? El-yurt tinchligini buzish, odamlarning yuragiga vahima, g'ulg'ula solish, bunyodkorlik ishlarimizga g'ov va to'siq bo'lishdir. Lekin ular niyatiga yetolmaydilar. Negaki xalqimiz ahil, hushyor, og'ir damlarda ham o'zlarini yo'qotishmaydi. 16-o'quvchi: Haqiqatan ham, terrorizm insoniyat uchun kechirib bo'lmas kasofatdir. Oramizda mustaqillik tufayli tinch va osuda o'tayotgan kunlarimizning qadr-qimmatini yetarlicha baholay olmayotganlar borligi achinarlidir. Bundan ham ayanchlisi shuki, ba'zi bir adashgan kimsalar terrorchilar, diniy ekstremistlar bilan arzimas manfaatlar evaziga hamkorlik qilishgacha borib yetayo-tirlar. Demak, biz, awalo, har birimiz shu aziz Vatan xavfsizligi, hayotimizning tinch va osoyishtaligi uchun bir-birimizga talabchan bo'lishimiz lozim. Biz ulug' ne'mat~ tinch hayotimizni ko'z qorachig'idek e'zozlashimiz, kerak bo'lsa, shu yo'lda shirin jonimizni ham ayamaslikni o'rganishimiz, targ'ib qilishimiz kerak! 17-o'quvchi: Albatta, xavfsizligimiz, mustaqilligimiz ancha sinovlardan o'tdi, toblandi, chiniqdi va tobora mustahkamlanib bormoq-da, lekin bu bizni beparvolikka solmasligi iozim, chunki Vatan ravnaqi va istiqboli, uningbarqarorsuvereniteti doimiy g'amxo'rlik hamda ogohlikni talab etadi. Shuning uchun men hammangizga murojat qilaman va terrorizmning har qanday ko'rinishiga qarshi yakdil bo'lib kurashishga chaqiraman. 18-o 'quvchi: Hushyorlik, eng avvalo, mahalladan boshlanishi lozim, chunki u yerda kim qanday yashayotgani, kimlar bilan bordi-keldi qilayotgani hammaga ayon. Shunday ekan, ogohlik va hushyorlikni shu yerdan boshlaylik,posbonlarimiz ishining samarali bo'iishida ularga kamarbasta bo'laylik! 19-o'quvchi: Hurmatli o'quvchilar! Loqaydlikka, dangasalikka murosasiz bo'laylik, yonimizdagi, ko'cha-ko'ydagi, mahalla va o'qish joylarimizdagi yuz berayotgan voqealarga hushyor nazar tashlaylik va faol baho beraylik. Ana shunda hayotimiz mazmunli, xavfsizligi kafolatlangan bo'ladi. 20-o’quvchi: Viloyatimiz ko'p millatli, uning ana shu xususiyati ogohlik va xushyorligimizni yanada oshirishi, bizni jipslashtirishi lozim. Chunki Mirzacho'lni ana shu ko'p millatli xalq o'zlashtirdi, uni Gulistonga aylantirdi. Hayot sinovlaridan o'tgan millatlar o'rtasidagi do'stlik va qardoshlikni yanada mustahkamlay, uning yangi qirralarini, bir-birimizni ehtiyot qilish fazilatlarimizni namoish etaylik! 21-o’quvchi: Istiqlolga erishib, O'zbekiston tez suratlar bilan ravnaq topa boshladi. O'zini anglab yetgan, kuch-qudratiga, o'z salohiyatiga ishongan, ma'naviy ildizlari chuqur ketgan, oriyati baland xalqni also yengib bo'lmaydi. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling