Маърузани олиб бориш технологияси


"Muhabbat va oilaviy hayot"


Download 1.51 Mb.
bet83/120
Sana08.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#245980
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   120
Bog'liq
muloqat ma'ruza 1doc

"Muhabbat va oilaviy hayot"

Qadimgi Hind traktatida muhabbatga shunday ta'rif beriladi:

"Aql mayli hurmatni tug'dirsa, qalb mayli do'stlikni, tana mayli xohishni tug'diradi. Aql, qalb va tana bir bo'iib, sevgi-muhabbatni tug'diradi".

Volter: "Sevgi-muhabbat - bu ham qalb, ham aql va tanaga bir vaqtning o'zida hujum qiladigan eng kuchli, zavqli his-tuyg' ulardan biridir", deb ta'rif beradi. Bu ta'riflarni o'zaro taqqoslash va ruhiy tahlil qilish sevgi-muhabbatda zaruriy rahiyat komponenti bilan bir paytda fiziologik komponent ham mavjudligini ko'rsatadi.

Sevgi hissining ilk kurtaklarini bog'cha yoshidagi bolalarda ham ko'rish mumkin. Lekin, tabiiyki, bu hali to'laqonli muhabbat bo'la olmaydi. Bolalikdagi sevgi hislarida jinsiy intilish bo'lmaydi. Ulardagi hissiyot faqat ruhiy komponentdan iborat, xolos.

Maktab yoshidagi qiz va o'g'il bolalar o'rtasidagi muhabbat hislari esa birmuncha farq qiladi.

O'spirinlik yoshida qiz bolalarda ruhiy komponent jinsiy kom­ponentdan ustunlik qilsa, o'g'il bolalarda hissiyot divergensiyasi-ning bo'linishi, ya'ni ular muhabbat hislarini bitta qizga nisbatan boshdan kechirsalar, jinsiy intilishni katta yoshli ayolga nisbatan his etadilar. Bu faqat o'g'il bolalarga xos bo'iib, qizlarda bunday hoi kuzatilmaydi.

O'smirlik yoshida o'g'il bolalarda jinsiy intilish ustunlik qilsa, qiz bolalarda esa ruhiy komponentning ustunligi saqlanib turadi.

17 — 25 yasharlik yigit-qizlarda sevish va sevilishga bo'lgan ehtiyoj oshishi natijasida ular oila qurishadi, ba'zilari esa qisqa vaqt ichida ajralishga ham ulgurishadi.

25 yoshdan keyin qizning oila qurish imkoniyatlari ancha ka-mayib boradi. Unda bo'lg'usi kuyovga nisbatan talabchanlik oshib, tanqidiy qarash kuchayadi, endi u tanlay boshlaydi, hislarga beri-lish kamayib, uning o'rniga bo'lg'usi yoriga butunlay boshqacha qaray boshlaydi. Yigitlarda oila qurish, uylanish imkoniyatlari ka-maymaydi, balki birmuncha oshadi ham, chunki bu yoshda ular oilani tebratish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Yigit sevgan qizining tashqi ko'rinishi, qaddi-qomati, o'ziga qa-rashi, did bilan kiyinishi, sochlari, qo'llari, oyoqlariga e'tibor bersa, qizlaryigitning xushxulqiga, shirin so'zlariga, muomalasiga befarq bo'lmaydilar. Yigitning qo'rsligi, beandishaligi qizni tez sovutadi.

To'laqonli sevgi-muhabbatni his etgan har bir odam muhabbatning boshlang'ich, alangalangan va o'zaro hurmat bosqichlarini bosib o'tadi.

Boshlang'ich bosqich haqiqiy, sof muhabbatning boshlanishi yoki, aksincha, shunchaki qiziqish, havas bo'Hshi, hatto umri qisqa sevgining biror-bir ko'rinishi bo'Hshi mumkin. Birinchi bos­qich hamisha ham muhabbat bo'lavermaydi. U ikkinchi bosqichga o'tgandagina uni haqiqiy muhabbat deyish mumkin.

Muhabbatning ikkinchi alangatangan bosqichidan birinchi bos-qichiga qaytiimaydi. Ikkinchi bosqichdan faqat uchinchi - o'zaro hurmat bosqichiga o'tish mumkin, xolos. Uchinchi bosqich umr-ning oxirigacha davom etishi yoki turli ichki va chetdan bo'ladigan ta'sirlarga ko'ra barham topishi mumkin. Demak, muhabbatning chinakam kuchi oilaning bir umrlik baxti uchun yetarli bo'lishi lozim.

Sevgi-muhabbatning paydo bo'lishida mijoz va hissiyotning ifodalanishi orasidagi bog'liqlikni inkor etib bo'lmaydi.

Xolerik va sangvinik toifalar o'zgalar bilan tez va oson til topishadi. Ular tez va oson sevib qoladilar, chunki ularda hissiyot tashqi tomondan kuchli ifodalangan. Flegmatik va melanxoliklar esa o'zgalar bilan til topishishlari ancha qiyin. Ular osonlikcha va tez do'st orttiravermaydilar, ammo do'stlikning qadriga yetadilar.

Muhabbatning qay darajada ifodalanishi, mijoz turidan tashqari, o'sha odatn yashayotgan sharoit, muhit, tevarak-atrofdagilar qa-rashi, sotsial-axloqiy va milliy me'zonlarga ham bog'liq bo'ladi. Masalan, Kavkaz va O'rta Osiyoda mahaliy millatlar uchun qiz bolaning nikohgacha jinsiy hayot tajribasiga ega bo'lishi axloqsiz-lik, deb qaraladi. Hatto Turkmanistonning ba'zi qishloqlarida, qiz yigit biian yurar emish, degan mish-mish gaplarning o'zi shu qizga sovchilarning kelmasligiga, qizlik obro'sining tushishiga, turmushga chiqish imkoniyatining keskin pasayishiga olib keladi.

Oila — har bir xakming, millatning davomiyligini saqlaydigan, milliy qadriyatlarning rivojini ta'minlaydigan, yangi avlodni dun-yoga keltirib, uni ma'naviy va jismoniy barkamol qilib tarbiya-laydigan, jamiyatning asosiy negizi hisobianuvchi muqaddas mas-kandir.

Oila - bolaning aqliy, axloqiy, estetik, iqtisodiy, ekologik, jis­moniy, ma'naviy, gigienik, jinsiy tarbiyasining asosiy ornili va vo-sitasi hisoblanadi. Shu o'rinda "ota-ona — san'atkor, bola — san'at asari, tarbiya jarayoni esa san'atning o'zidir". San'at asarining mu-voffaqiyatli, jozibadorligi, umrboqiyligi esa san'atkorning maho-rati va yetuklik darajasiga bog'liq.

Oila - uning a'zolari sog'ligini ta'minlab turadigan eng kuchli va baquvvat omildir.

Nikoh - erkak bilan ayolning birgalikda yashashining tarixan tarkib topgan va jamiyat tomonidan ma'qullangan shakli bo'lib, erkak bilan ayolning shaxsiy va mulkiy munosobatlarini mustah-kamlaydi hamda oila qurishni rnaqsad qilib qo'yadi.

Jamiyatimizdagi nikoh erkak bilan ayolning to'la ixtiyoriyli-giga, o'zaro mayli va sevgisiga, manfaatlari umumiy, mushtarak bo'Hshiga asoslanadi. Nikoh va oilaning muqaddasligi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab qo'yilgan. Unda oilaning davlat himoyasida bo'lishi, nikoh ayol va erkakning o'z ixtiyori bilan bildirilgan roziligiga asoslanishi, oilaviy munosobatlarda er bilan xotinning tamomila teng huquqli ekanligi ko'rsatib o'tilgan. Asosiy qonunda kishining bir nikohda bo'la turib, yana boshqa kishi bilan nikohlanishi, shuningdek, yaqin qon-qarindoshlar (aka-uka, opa-singillar), farzandlikka ohrvchilar bilan farzandlikka olinganlar, aqli zaif kishilar bilan nikoh tuzish taqiqlanadi. Yaqin qon-qarindoshlarning o'zaro nikohlanishi zurriyod salomatligiga salbiy ta'sir qiladi. Bunday nikohdan bolalar ko'pincha mayib-maj-ruh yoki irsiy kasallik bilan tug'iladi.

Respublikamizda har yili 2,7 milliondan ziyod yangi oilalar tarkib topadi. Shu vaqtning ichida esa mamlakat bo'yicha o'rta hisobda barcha nikohlarning uchdan biri bekor qilinadi. Ajrimlar natijasida bolalar 17 yoshga kirguncha onasi yoki otasi tomonidan tarbiyalanadi. Bolalarning ota-onalaridan biri tarbiyalayotgan oila-larda kasalmand boia!ar ko'proq uchraydi. Xususan, boialardagl nevroz kasailiklarining deyarli 70 % iga er-xotin o'rtasidagi no xush ollaviy munosobatiar sabab bo'Iadi. Hayotda faqat oila qurishning o'zigina emas, balki uni asrab qolish va mustahkamlash uchun qo'ldan kelgan hamma ishlarni qilish nihoyatda muhimdir.

Nikohning birinchi yilida bo'ladigan mojarolarning birmuncha ko'p uchraydigan xili - bujinsiy munosobatlardir. Turmushning ana shu tomoni, oilaning me'yoriy hayotiga to'sqinlik qiladi.

Jinsiy hayot - murakkab jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jarayoniar majmui bo'lib, naslni davom ettirish uchungina xizmat qilib qolmasdan, balki erkak bilan ayol o'rtasidagi ma'naviy yaqinlikni ham ifoda etadi. Jinsiy hayot balog'at yoshida boshlanadi. Har bir kishining Jinsiy hayot xususiyatlari ko'pgina omillarga - irsiyati, gormonlari, asablari, shuningdek, shaxsning o'ziga xos fazilatlari-ga bog'liq. Odamning yoshi, shaxsiy xususiyatlari va boshqa omil­larga qarab jinsiy hayot ham har xil bo'ladi.

Seksopotologlar fikriga ko'ra, insonning jinsiy mijozida uch­raydigan kamchiliklarko'pincha jinsiy a'zolar kasalliklariga bog'-liq bo'lmay, balki er-xotin o'rtasida murosaning to'g'ri kelmasligi, ulaming bir-biriga mos emasligiga bog'liq ekan.

Ichkilikbozlik ham jinsiy hayotga xalokatli ta'sir ko'rsatadi. Negaki, ichkilik jinsiy bezlarga xalokatli ta'sir ko'rsatadi. Ichki-likka ruju qo'ygan odamlarning uchdan bir qismi jinsiy qobiliyati susayib qolganligidan noliydi, ayollarda esa hayz ko'rish vaqtidan ilgari barham topadi, uning zuriyodliligi pasayadi, homiladorlik va tug'ruq vaqtidaturli xil salbiy asoratlar ko'p ro'y beradi.

Jinsiy funksiya, aslida, instinktga, shartsiz reflekslarga asoslangan bo'lsada, juda nozik funksiya hisoblanadi. Chunki bu funksiya insondagi asab tizimi oliy bo'limlarining faol ishtirokida yuzaga ke-ladi va kishining his-tuyg'ulariga, kechinmalariga bog'liq bo'Iadi, uning biror tarzda buziiishi esa dilxiralik, mudom asabiylashib yurish, oilaviy janjallar, hatto oilaning buzilib ketishiga olib keladi, shuning uchun jinsiy hayotning totuvlik, osoyishtalik bilan o'tishini ta'minlash ijtimoiy jihatdan ham katta ahamiyatga ega. Badanni toza tutish to'g'risidagi umumiy gigiena qoidalari tashqi jinsiy a'zolarga ham tegishli. Jinsiy a'zolarning me'yorli ish-lab turishi boshqa ichki a'zolarning, ayniqsa, ichak va qovuqning me'yorli holatda bo'lishiga ham bog'liq. Shuningdek, ayollar jinsiy a'zolarini sovqotishdan saqlash muhim. To'g'ri ovqatla-nish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanish jinsiy hayotning me'yorli o'tishidayordam beradi.

Ba'zan jinsiy hayotni odatdagidek yolga solish uchun mutaxassis seksopatologdan bir rnarta maslahat olish kifoya. Ayniqsa, bolalarda yoshlikdan boshlab, oila va maktabda to'g'ri jinsiy tarbiya berish, turmushning shu tomoni to'g'risida soxta tushunchalar pay-do bo'lishiga yol qo'ymaslik kerak. Oilaning eng muhim vazifasi bolani sog'lom va barkamol qilib voyaga yetkazishdir.

Respublikamizning barcha shahar va tuman markazlarida faoliyat ko'rsatayotgan " Oila va nikoh" maslahatxonalari ko'pgina oilaviy muammolarni hal qilishda yosh kelin-kuyovlarga yordam berishi mumkin. Bu muassasalarda psixonevrolog, pediatr, psixolog, huquqshunos va seksologlar ish olib boradi. Ular yosh oila-larga oilani rejalashtmsh, bolalar soni, tug'ish orasidagi muddatni tartibga solish, nosog'lom farzand ko'rishdan saqlanish, barkamol naslni yaratish muammolari bilan shug'ullanishadi.

Oila o'z muammolarini, o'z mojarolarini o'zi bartaraf etib keta olsa, bu oila a'zolarida ma'lum bir turmush tajribasini paydo qiladi. Oilada muhit sog'lom bo'lsa, er-xotin turmush chorrahalarida uch-rab turadigan qiyinchiliklarda ham bir-biriga ko'proq mehribonlik ko'rsatib, ahil bo'lib qoladi va hayotiy tajriba orttirib boradi. Oila­ning ahil, bir-birini tushunib, bir-biriga suyanadigan bo'Sishi oila sog'lomligi va farzandlar tarbiyasi uchun zarar shartdir.




Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling