Маърузани олиб бориш технологияси


Download 1.51 Mb.
bet85/120
Sana08.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#245980
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   120
Bog'liq
muloqat ma'ruza 1doc

1. Mashg'ulotning modeli



O’quv soati: 1 soat

O’quvchilar soni:____

Mashgulot shakli va turi

Muloqat soati


Mashg’ulot rejasi

  1. Diniy ekstremizm va fundamentalizm - asr vabosi

  2. Ogohlik – muqaddas burch davra suhbati

Mashg’ulotning maqsadi:


Pedagagik vazifalar:

  • Mavzu bo’yicha ma’lumot berish;

  • O’quvchilarni ma’nan yetuk barkamol shaxs etib tarbiyalash;

  • Oquvchilar ongida mavzu yuzasidan tushunchalar hosil qilish;

  • Mavzu yuzasidan o’quvchilar qarashlarini o’rganish

Oquv faoliyatining natijalari:

  • Mavzu bo’yicha bilim va ko’nikmalarni egallaydilar;

  • Mavzudan ma’naviy ozuqa oladilar;

  • Mavzuni o’rganadilar;

  • O’ fikrlarini aytadilar.

O’qitish metodlari

Ma’ruza, suhbat

O’qitish vositalari

Ma’ruza matn, doska, bo’r

O’quv faoliyati shakllari

Ommaviy, jamoaviy, hamkorlikda o’qitish texnologiyalari: “O’ylang – juftliklarga bo’lining – fikr almashing”

O’qitish sharoiti

Sinf xonasi

Monitoring va baholash

Og’zaki savol-javob, topshiriq




    1. Mashg’ulotning texnologik xaritasi




Faoliyat bosqichlari

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

O’quvchilar

I. Kirish

(5 daqiqa)

1.1. Mavzu nomini, rejasini aytib, dastlabki umumiy tasavvurni beradi hamda uslubiy va tomonlari bilan tanishtiradi.

Tinglaydilar








II. asosiy qism

(30 daqiqa)

2.1. Ma’ruza savollarini tushuntiradi va asosiy joylarini yozdiradi. (1-ilova)

2.2 Mavzuni mustaxkamlash uchun davra suhbati o’tkazadi (2-ilova)

2.3. Ko’rilgan savollarni umumlashtiradi va yakuniy xulosa qiladi


Tinglaydilar, yozib oladilar.

Savollarga javob beradilar, oz fikrlarini bildiradilar



III. Yakiniy qism

(5 daqiqa)

3.1 Faol ishtirok etgan o’quvchilar faoliyatini baholaydi. Uyga vazifa beriladiMashg’ulotni yakunlaydi.

Baholar bilan tanishadilar.

(1-ilova)

  1. Diniy ekstremizm va fundamentalizm - asr vabosi

Yoshlar respublikamiz aholisining ko'pchiiik qismini tashkil etadi. Demakki, yurtimizning istiqboli ham shu yoshlar qo'lida. Lekin, ayni paytda, xalqimizning ma'naviy birligiga zarba berishga, yoshlarirnizning ishonch-e'tiqodini buzishga va ular ongi va qalbiga buzg'unchi g'oyalarni singdirishga urinayotgan destruk-tiv kuchlar ham mavjudki, ular turli xil buzg'unchi g'oyalar os-tida ayrim irodasi zaif yoshlami o'z saflariga tortib, o'z yurtiga, ona-Vataniga, ota-onasiga, aka-ukasiga, do'st-birodarlariga qarshi kurashga undamoqda. Bunday sharoitda yoshlarda mafkuraviy immunitetning yetishmasligi ba'zan ko'zga tashlanadi.

Yurtboshimizta'biri bilan aytganda: "Mana shunday ozod kimlarda bilib-bilmay yo'ldan toyib, ya'ni kuppa-kuuduzi yo'lini yo'qotib yot ellarda chalinayotgan nog'oraga o'ynab yurgan ayrim yoshlarning ko'zini ochishda milliy mafkuramiz muhim o'rin tutishi shubhasiz. Chunki milliy mafkura- bu xalqning, millatning o'tda yonmaydigan, suvda cho'kmaydigan o'lmas e’tiqodidir. Mafkura poligonlari yadro poligonlaridan kuchliroqdir".

Olam yaralibdiki, ezgu kuchlar bilan birga yovuzlik ham mav­jud. Bu ikki qutb mudom kurashmoqda. Bunday yovuz kuchlarga qarshi kurash endilikda global muammoga aylandi.

Prezidentimiz I. Karimov mustaqillikka erishgan dastlabki kun-larimizdan boshlab bizning xavfsizligimiz va ozodligimizga tahdid soluvchi bir necha asosiy xavf borligini ko'rsatib kelmoqda. Yurt-boshimiz ta'kidlaganidek, eng katta xavf-xatar "bizning mustaqil yo'limizni ko'rolmaydigan, turli bahonalar bilan O'zbekistonga o'z sisyosatini, ta'sirini o'tkazish va hukumronlik qilishga inti-layotgan kuchlarnmg mavjudiigidir".

Mamlakatimiz tashqarisidagi bu tajovuzkor, aqidaparast kuchlar islom dini xalqimiz uchun muqaddas qadriyat ekanidan foydalanib,

ota-bobolarimiz dioinl niqob qiSib, O'zbekistonni demokratik ma'rifiy taraqqiyot yo'lidan og'dlrishga, uni orqaga qaytarishga urinmoqda. Buni bizga yot, turli aqidaparastlik oqimiga mansub — "Vahhobiylik", "Hizb ut-tahrir", "Musulmon birodarlar", "Islom uyg'onish partiyasi", "Tavba", "Akromiylar" va boshqa yovuz harakatlar misolida yaqqol ko'rish mumkin.

Bu tajovuzkor guruhlar, sotqinlar, avvalo, o'zlari ishonmaydigan g'oya va aqidalarni aholi o'rtasida tarqatib, irodasi bo'sh, ongi past ayrim yoshlarni aldab-suldab, ularga qasam ichirib, soxta e'tiqodga ko'ndirib, o'z tarafdorlari sonini ko'paytirishga urinmoqdalar. Bunday maxfiy tarzda qo'poruvchilik faoliyati olib borayotgan tashkilotlarni chet ellardagi ekstremistik kuchlar va markazlar. boshqarmoqda. Bunday g'alamislar hayotimizning eng nozik halqasi - unib-o'sib kelayotgan farzandlarimiz hayotiga zarba berishga intilmoqda.

Insoniyat boshiga eng katta kulfatlar keltirayotgan ofat ter-rorizmdir. Dastlabki davrlarda terrorchi guruhlar boylik to'plash maqsadida harakat qilgan bo'lsa, XX asr oxriga kelib o'nlab xalqaro terroristik tashkilotlar yuzaga keldi.

Terrorizm ekstrimizm bilar nihoyatda uyg'unlashib ketgan.Eks-tremistik dunyoqarashga ega bo'lganlar faqat o'zining diniy va siyosiy qarashlarida qat'iy turib, boshqa g'oyalarni butunlay inkor etadi hamda o'z rahnamosining barcha buyruqlarini so'zsiz bajaradi. Bu yovuz kuchlar o'z maqsadiga erishish uchun qurol - aslahalar yordamida jahonning turli joylarida terrorchilik harakatlarini, davlat to'ntarishlarini amalga oshirmoqda, mashhur davlat va ja-moat arboblari hayotiga suyiqasd uyushtirmoqdalar, shuningdek, qurol yordamida hal etib bo'lmaydigan muammolarni mafkuraviy usullar yordamida hal etishga intilmoqdalar.

Eng xavflisi shundaki, bunday tajovuzkor kuchlar o'zlarining asl maqsadlarini ustalik bilan niqoblab, unga diniy tus berib, islom shiorlarini niqob qilib olmoqda.

Masalan, o'zlarini "O'zbekiston islomiy harakati"yoki "O'zbekiston islomiy muholifati" deb atayotgan to'dani olib ko'raylik.

Toshkentdagi fevral voqealariga tashkilotchilik qilgan, Naman­gan, Andijon viloyatlaridagi qon to'kishlarda, Sariosiyo va Uzun tumanlaridagi voqealarda o'nlab begunoh odamlarning o'limiga sababchi bo'lgan jallodlarni islom harakati tarafdorlari deb bo'ladimi?

Qo'poruvchilik harakatlari bizni yanada hushyor bo'lishga, shunday damlarda bir tan-u bir jon bo'lib, har qanday qonunbu-zarliklarga qarshi beshafqat kurashishga da'vat etadi. Har bir mahallada, shahar va qishloqlarda hushyorlikni oshirish, pro-filaktika inspektorlari bilan hamkorlikda har bir shubhali xatti-harakatni ko'zdan qochirmasligimiz, shuningdek, yoshlarimizni ongini zaharlashlariga yo'l qo'ymasligimiz shart. Yoshlarimizning pokiza qalbini g'arazli g'oyalardan asrash - yurtimizning porloq istiqbolini asrashga teng.



Vatanimiz ozodligini himoya qilish, bebaho boyligimiz bo'lgan tinchligimizga qarshi qaratilgan tajovuzlardan saqlanish uchun bar-chamiz sezgir, ogoh va hushyor bo'laylik!


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling