"Ayol borki, olam munavvar" mavzusida adabiy-badiiy
kompozitsiya
1-boshlovchi:Mushtipar ham o'zing, buyuk ham o'zing, Kuyinchak ham o'zing, kuyuk ham o'zing.
Olamga tatirlik suyuk ham o'zing
Payti keldi aytmoqqa gapning xonasi,
Ey, o'zbek ayoli, o'zbek onasi!
2-boshlovchi:Sadoqat qalbingni bezagi bo'lsin,
Rostgo'ylik maqsading o'zagi bo'lsin.
Hayo-ibo sening hamrohing bo'lsin,
Metindek iroda senga yor bo'lsin,
Ey, o'zbek ayoli, o'zbek onasi!
1-boshlovchi: Ayol borki, olam munavvar. U yaqinlarining yaxshi-yomon kunida sirdosh, umr atalmish uzun yo'lda yo'ldosh bo'la oladigan munisa zot.
2-boshlovchi: Ayol — mehribon ona, ma'suma singil va vafoli yor. Biror xonadonni ayolsiztasavvurqila olasizmi?Albatta, yo'q. Uyin-gizning yonib turgan chirog'iku, ular.
1-boshlovchi: Garchi o'zi ojiza bo'lsada, yuragida bir dunyo yukni ko'tarib
yashaydi. Ishingizni yurishib ketishini Xudoyimdan tun-u kun saharda tilab turguvchi mushfiqa onangiz ham hazrati ayol-da!
2-boshlovchi: Siz tufayli topgan boyligi — farzandlarini sizga munosib qilib tarbiyalashni istagan muhtarama zot bu! Siznida o'zidan ko'proq sevuvchi, o'zgalardan qizg'anuvchi-u.
1-boshlovchi: Keling, o'zining dilbariigi, nazokatu farosati bilan dong taratayotgan, olamning beshigini tebratayotgan ayollarimiz madhini birgalikda kuylaylik.
1-o'quvchi: Allomalarning aytishicha, bir zamonlar butun olamni bosib olishni istagan bir podsho ayg'oqchilarini dunyoning to'rt tomoniga jo'natib, "eng avvalo ularning ayollarini kuzating" deb, buyruq beribdi. Ayg'oqchilar to'rt tomonga ot choptirib ketishibdi.
2-o'quvchi: Hech qancha fursat o'tmay, G'arbga ketgan ayg'oqchi qaytib kelib, bu yurt ayollari pardoz qilishni va kiyim-kechaklarni xush ko'rishini aytib kelibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |