Маърузани олиб бориш технологияси
Download 1.51 Mb.
|
muloqat ma'ruza 1doc
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-boshlovchi
1-boshlovchi: "Fusulning xazoni, tiriklik bog'i bargrezining nish-oni" bo'lg'on fasl.
3-o 'quvchi: 1469-yilda Hirot taxtini Husayn Boyqaro egallaydi va maxsus noma bilan Alisherni Hirotga chaqirib oladi. Aiisher Navoiy umrining bu davrida mamlakatda "Amiri kabir" (ulug' vazir) sifa-tida o'zining olijanob va eng yuksak orzulari - xalqqa xizmat qi-lish, mamlakat osoyishtaligini saqlash, hokimiyatni mustahkamlash, ilm-fan va adabiyot, obodonchilik va madaniyatni rivojlantirishdek ulkan ishlar qanchalik og'ir va mas'uliyatli bo'lmasin, ularni katta mehr-muhabbat va ulug'vorlik bilan amalga oshirdi. Navoiy saroyda xizmat qilish bilan birga, ona tili — turkiyda ko'plab badiiy va ilmiy asarlar yaratdi. Turkiy millatning pushti panohi, milliy adabiyotimizni dunyo miqiyosiga olib chiqqan adib, tilimizning imkoniyatlari cheksiz ekanligini kuylagan va amalda ko'rsatgan shoir ko'plab yosh-u keksa ijodkorlarga homiylik qildi. U so'zning qudratini a'lo darajada bilardi va undan to'liq foydala-na olish qudratiga ega ijodkor edi. Shu bilan birga, bir lahza ham ijoddan to'xtamadi. Buyuk "Xamsa"ni yaratib, Nizomiy, Hisrav Dehlaviy, Jomiyga hamqadam bo'Hb, buyuklar qatoridan joy ol-gan hazrat Navoiy o'z oldiga qo'ygan maqsadini sharaf bilan ado ctdi.Zamonining alloma shoiri, ustozi Jomiyning yuksak bahosiga musharraf bo'ldi. Husayn Bayqaro esa: "Bu qalamga falakdin ofarinlar yog'ilsin", deya niyat bildirdi. 2-boshlovchi: To'rtinchi fasl — "Umr fusulining qishi", Navoiy ishq dardi va ranjining umr oxirida ko'rsatgan natijalari-yu, jonni o'rtovchi kechinmalarini "Favoyid ul-kabir"da jamlagan. Ulug' shoir va olim, yirik jamoat arbobi Alisher Navoiy 1501-yil 3-yanvarda og'ir xastalikdan vafot etdi. "Dilhiroj" niusiqasiga raqs ijro etiladi.
Atrofga qarang, Alisher degan ismlar behisob. Hatto shaharlar, oliy ilm dargohlari, ko'chalar-u xiyobonlar, teatrlar Alisher Navoiy nomi bilan sharaflidir. Bularning barchasi ulug' shoir, olim, muta-fakkir, davlat arbobi hazrat Navoiy hurmatlari uchundir. 5-o'quvchi: Hazrat Navoiy eidan yordamlarini ayamasdilar. Hirot aholisini og'ir soliqlardan qutqarish uchun o'zlarining shahsiy mablag'lari bilan yordam berganlar Alisher Navoiy Hirotda bir qanchamashhuroromgohlar, madaniyat koshonalari bunyod etganlar. Hazrat shahsiy mablag'lariga ko'pgina xonaqoh-u madrasalar, to'qqizta hammom, o'n to'rtta masjid qurdirganlar. 6-o'quvchi: Navoiyning ko'pgina go'zal g'azallari hamon qo'shiq bo'lib yangramoqda. Navoiy bobomizning talay misralari xalq maqollari, hikmatli so'zlariga aylanib ketgan: 'Tilga ixtiyorsiz -elga e'tiborsiz". Bu hikmatga eng birinchi o'zlari amal qilganlar. Yana birida:yaxshilikni bilmasang, borib yaxshilarga qo'shil", — deydilar. 7-o'quvchi: Shoir bobomiz, ayniqsa, ustozlarini ulug'laganlar: "Haq yo'lida kim senga bir harf o'rgatmish ranj ila, Aylamak oson emas haqqin ado ming ganj ila". Ya'ni: harf o'rgatgan o'qituvchingni hurmat qilib, haqini uzmoqchi bo'lsang, xazinalardagi barcha oltinlar bilan ham uzolmaysan, deydilar. 8-o'quvchi: Navoiy bobomiz asarlarini o'qigan sari chuqur tushuna boramiz. Ba'zida esa o'tkir ma'noli asarlarini o'qib, uqishga qiynalamiz. Axir, yozilganiga besh asrdan, oshdida! Shuning uchun ustozning "Bilmaganni so'rab o'rgangan olim", degan nasihatlariga amal qilib, so'rab-so'rab o'rganaveramiz. 9-o'quvchi: Xullas, ul zotning ijodini daryoga o'xshatamiz. Bu daryodan dunyo xalqlari bahramand bo'lmoqda. Shuning uchun ham Navoiy bobomiz dunyoga tanilib, donolarning donosi bo'lib qolganlar. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling