Ma’ruzani olib borish texnologiyasi mavzu 1 kimyoning asosiy tushunchalari va qonunlari
Download 412.19 Kb. Pdf ko'rish
|
MA'RUZA 1
Tarkibning doimiylik qonuni. A.Lavuaz’e 1781 yilda SO
2 gazini 10 xil usul bilan hosil kildi va gaz tarkibidagi S va O og‘irliklari orasidagi nisbat 3:4 ekanligini aniqladi. SHundan keyin har qanday kimyoviy toza birikmani tashkil etuvchi elementlarning og‘irliklari o‘zgarmas nisbatda bo‘ladi, degan xulosa chikarildi. Bu xulosa tarkibning
doimiylik qonunidir. Lekin 1803 yilda fransuz olimi Bertole kaytar reaksiyalarga oid tadkikotlar asosida, kimyoviy reaksiya vaktida hosil bo‘ladigan birikmalarning miqdoriy tarkibi reaksiyalar uchun olingan dastlabki moddalarning og‘irlik nisbatlariga bog‘lik bo‘ladi, degan xulosa chikardi. J.L.Prust (1753-1826) Bertolening yuqoridagi xulosasiga qarshi chikdi. U kimyoviy toza moddalarni puxta analiz kildi, toza birikmalarning miqdoriy tarkibi bir xil bo‘lishini o‘zining juda ko‘p analizlari bilan isbotladi. Prust bilan Bertole orasidagi munozara etti yil davom etdi. Bu ko‘rash ikki falsafiy okim ko‘rashi bo‘ldi. Prustning falsafasi o‘zluklilik prinsipi, Bertolening falsafasi uzluksizlik prinsipi nomi bilan yuritildi. Ko‘pchilik olimlar Prustning prinsipini yoqladilar. Natijada Prust g‘olib chikdi va 1809 yilda kimyoning asosiy qonunlaridan biri, tarkibning doimiylik qonunini quyidagicha ta’rifladi:
Download 412.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling