birikma
tarkibi, % (mass.)
Uglerodning bir og‘irlik miqdoriga mos
keluvchi kislorodning og‘irlik miqdor
soni
uglerod
kislorod
Uglerod (II) oksidi
42,88
57,12
1
Uglerod (IV) oksidi
27,29
72,71
2
Fransuz olimi Gey-Lyussak (1778-1850y) ta’riflagan xajmiy nisbatlar qonuni atom
og‘irliklar haqidagi chigal masalani echishga yordam berdi, bu qonun quyidagicha
ta’riflanadi: Kimyoviy reaksiyalarga kirishuvchi gazlarning xajmlari o‘zaro reaksiya
natijasida hosil bo‘ladigan gazlarning xajmlari bilan oddiy butun sonlar nisbatida
bo‘ladi. Masalan: 2 xajm H 1xajm O bilan yuqori temperaturada reaksiyaga kirishganida 2
xajm suv bug‘i hosil bo‘ladi.
Bu qonun italьyan olimi A. Avogadroga oddiy gazlarning (vodorod, kislorod, azot, xlor
kabi) molekulalarri ikkita bir xil atomlardan tarkib topgan deb taxmin qilishga imkon berdi.
Gazlarning xossalarini o‘rganish Avogadroga gipoteza aytishga imkon berdi, keyinchalik bu
gipoteza tajriba ma’lumotlari bilan tasdiqlandi va shu sababli ham Avogadro qonuni deb
ataldi:
Bir xil sharoitda (temperatura va bosimda) turli gazlarning teng hajmlarida
Do'stlaringiz bilan baham: