Avogadro qonunidan uchta xulosa kelib chiqadi:
1) Oddiy gazlarning (O
2
, H
2
, N
2
, Cl
2
) molekulalari 2ta atomdan iborat.
2) Normal sharoitda bir gramm molekula gaz 22.4 l xajmni egallaydi
3) Bir xil sharoitda barobar xajmda olingan ikki gaz og‘irliklari orasidagi nisbat shu
gazlarning molekulyar og‘irliklari orasidagi nisbatga teng.
Ekvivalentlar qonuni. Moddalar o‘zaro ma’lum og‘irlik miqdorlarida birikadi.
Masalan, 49 g H
2
SO
4
32,5 g Zn bilan reaksiyaga kirishganda 1 g H
2
ajralib chiqadi. H
2
SO
4
ning o‘rniga 36.5 g HCl olinsa ham o‘shancha H
2
ajralib chiqadi. Zn o‘rniga Alyuminiy olsak,
1g vodorod ajralib chiqishi uchun 9 g Al kerak bo‘ladi. Demak, kimyoviy jixatdan qaraganda
49g H
2
SO
4
ning qiymati 36.5 g HCl ning qiymatiga, 32.5 g Zn ning qiymati esa 9 g Al
qiymatiga tengdir. Bu xolni tasvirlash uchun Vollaston 1814 yilda kimyoga ekvivalent(teng
qiymatli) degan tushuncha kiritdi. 1 og‘irlik qism H 8 og‘irlik qism O bilan birikkanda 9
og‘irlik qism suv hosil bo‘ladi, shuning uchun O ni ekvivalenti 8 ga teng.
Elementning bir og‘irlik qism H, 8 og‘irlik qism O bilan birika oladigan yoki
bo‘larga o‘rin almashina oladigan og‘irlik qismi uning ekvivalenti deb ataladi.
Murakkab moddaning bir ekvivalent (bir og‘irlik qism) H yoki bir ekvivalent (8 og‘irlik
qism) O bilan yoxud umuman, boshqa har qanday elementning bir ekvivalenti bilan
reaksiyaga kirishadigan og‘irlik miqdori shu murakkab moddaning ekvivalenti deb ataladi.
Elementlar bir-biri bilan o‘zlarining ekvivalentlariga proporsional miqdorlarda
birikadi. M: 8g 0 bilan 20g Ca, 16 0 bilan 40 Ca birikadi.
Nazorat savollari
1. Kimyo fani rivojlanishining qisqacha tarixi
2. M.V.Lomonosovning atom-molekulyar nazariyasi
3. Massa saqlanish qonuni
4. Avogadro qonuni
5. Karrali nisbatlar qonuni
6. Hajmiy nisbatlar qonuni
7. Ekvivalentlar qonuni
8. Tarkibning doimiylik qonuni
Adabiyot
Bruce A.Averill Patricia Eldredge., Principles of general chemistry v1.0., Flat World
Education, inc 2011, USA english, 11 – 57 p