Ma’ruzaning rejasi


Download 60.91 Kb.
bet2/6
Sana08.11.2023
Hajmi60.91 Kb.
#1758466
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-Мавзу (1)

2) stratosfyera ¾ troposfyeraning yuqorisida joylashgan bo‘lib, atmosfyeraning 18-80 km oralig‘idagi bo‘shliqni egallaydi. Stratosfyeraning yerdagi tiriklik uchun ahamiyatli tomoni shundaki, atmosfyeradagi ozon gazi shu qatlamda biosfyerani zararli Quyosh enyergiyasidan «ozon ekrani»ni paydo qilgan.
3) ionosfyera ¾ bunga atmosfyeraning yerdan 80 km. dan yuqori qatlami kiradi. Bu qatlamning ionosfyera deyilishiga sabab, quyoshdan kelayotgan ultrabinafsha va boshqa fazoviy nurlarning birgalikdagi kuchli ta’siridan bu qatlamda mavjud bo‘lgan siyrak havo zarralari ionlarga parchalangan.
Ionsfyera 2 ta kichik qatlamdan tashkil topgan:
• tyermosfyera (80 – 1000 km oralig‘ida)
• ekzosfyera (1000 – 3000 km. oralig‘ida)
Tyermosfyerada havoning harorati juda yuqori bo‘lib, yerdan uzoqlashgan sari harorat tobora ko‘tarilavyeradi. Uning eng yuqori chegarasida kinetik harorat +1000 +2000 oS gacha ko‘tariladi. Holbuki, undan pastki qavat – stratosfyerada buning aksi bo‘lib, uning yuqori chegarasida harorat –75 – 900S gacha pasayadi. Atmosfyeraning bir-biriga bevosita chegaradosh bu ikkala havo qatlami haroratidagi bunday qarama-qarshilik havo zarralarini keskin harakatga keltirib, tezligi sekundiga 11,2 km. gacha etadigan kuchli havo oqimi paydo bo‘lishiga, va shu asnoda Yer yuzida shamol va to‘fonlar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.


3. Atmosfyeraning gazlar tarkibi
Atmosfyeraning troposfyera qatlamidagi havo tarkibi 78, 08% azot, 20,95% kislorod, 0,93% argon, 0,03% karbonat angidrididan tashkil topgan. Qolgan 0,001% ni inyert gazlar – geliy, neon, kripton, ksenon, rodon va boshqalar tashkil qiladi. Mana shunday nisbatdagi gazlar tabiiy havo xisoblanib, inson organizmi unga evolyusion taraqqiyot davomida moslashib olgan.
Atmosfyeraga Yer yuzidan ko‘tariladigan suv bug‘ining yillik miqdori 518600 km. kub bo‘lib, uning 86% (447900 km. kub) dengiz va okeanlar sathidan, qolgan 14% (70700 km. kub) quruqlik yuzasidan bug‘lanadi. Atmosfyeraga ko‘tariladigan suv bug‘ining miqdori shunchalik ko‘pki, oddiy qilib aytganda, bu suv bilan Yer sharini 10 m. qalinlikda qoplash mumkin bo‘ladi. Suv bug‘iga qo‘shilib havoga unda yerigan tuzlar ham ko‘tariladi. Havoga ko‘tariladigan chang tarkibida ham tuzlar, baktyeriyalar, achitqich zamburug‘lari, o‘simlik va hayvon qoldiqlarining chirishidan hosil bo‘lgan boshqa organik moddalar mavjud.
Atmosfyeraning gaz balansi. Atmosfyeraning asosiy tarkibiy qismlari hisoblangan azot bilan kislorod o‘rtasidagi nisbat, asosan, o‘zgarmasdir. Lekin karbonat angidridi, ozon va suv bug‘lari miqdori mintaqaviy va davriy ravishda o‘zgarib turadi.
Azot atmosfyerada yerkin holda bo‘lib, uning umumiy massasi 400 trillion tonnaga teng, ya’ni u havo tarkibining 3/4 qismini tashkil qiladi. Bundan tashqari azot tuproqda mikroorganizmlarning faoliyati natijasida o‘simlik va hayvon qoldiqlarining parchalanishi jarayonida ham hosil bo‘ladi. Azot, garchi lotincha «hayotsiz» degan tarjimani byersada, u aslida tiriklikning poydevori hisoblanadi, chunki u oqsil va nuklein kislotalarining asosini tashkil qiladi. Atmosfyeradagi yerkin azot kislorodning oksidlash jarayonini tezlashtiradi va bu bilan u biologik jarayonlarning amalga oshishida faol qatnashadi. Moddalarning biologik aylanib yurishi jarayonida bu gazning tabiiy muvozanati tiklanib turadi. Lekin keyingi yillarda kimyoviy o‘g‘itlar ishlab chiqarish maqsadida atmosfyeradagi yerkin azotdan tobora ko‘p foydalanilmokda. 1960–61 yillarda bu maqsad uchun atmosfyeradan 13,6 mln.tonna azot ajratib olingan bo‘lsa, 1970–71 yillarda bu miqdor 39 mln. tonnaga etdi. Havodagi azot gazi o‘zlashtirilishining bunday sur’atlar bilan davom etishi natijasida kelajakda uning sanoatdagi sarfi miqdori baktyeriyalar faoliyatidan ajralib chiqadigan miqdordan oshib ketishiga olib kelishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida biologik jarayonlar uchun zarur bo‘lgan oksidlanishni sekinlashtirishi mumkin.
Kislorodning atmosfyeradagi miqdori 120 trillion tonnaga teng. Odam organizmining 65% ni kislorod tashkil qiladi. Kislorodning paydo bo‘lishi yerda yashil o‘simliklarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Kattayu-kichik yashil o‘simliklar, shu jumladan mikroskopik yashil suv o‘tlari ham fotosintez jarayonida kislorod ajratib chiqaradi. Havoda kislorodning bo‘lishi nafas olish, chirish va yonish jarayonlarining zaruriy shartidir. Moddalarning kislorod bilan birlashuvi oksidlanish reaksiyasi deyiladi. Hujayradagi oziq moddalarining kislorod bilan oksidlanishi natijasida organizmning hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan enyergiya ajraladi. Binobarin bu enyergiyasiz tirik organizm yashayolmaydi. Inson va hayvonlar nafas bilan kislorodni olib, karbonat angidridini chiqaradilar; o‘simliklar esa oziqlanish jarayonida karbonat angidridini parchalab, kislorod ajratib chiqaradilar. Bundan tashqari o‘simliklar ham nafas oladilar. Bu jarayonda ular ham, barcha tirik organizmlar singari, kislorodni olib, karbonat angidridiini chiqaradilar.
Yerkin kislorodning yagona manbai fotosintez jarayonidir. CHirish, nafas olish, karbonatlar hosil bo‘lib turishi sababli atmosfyerada kislorod balansi, asosan, o‘zgarmaydi. Lekin jamiyatning rivojlanishi, texnika vositalarining ko‘payishi va takomillashishi uning balansiga ma’lum miqdorda ta’sir o‘tkazmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra keyingi yuz yil davomida Yer yuzidagi o‘rmonlarning uchdan ikki qismi kesilib ketdi, okean suvlarining ifloslanishi oqibatda undagi yashil suv o‘tlarining nobud bo‘lishi hodisalari ko‘paydi. Holbuki atmosfyeraga chiqariladigan kislorodning teng yarmini ana shu suv o‘tlari, qolgan yarmini o‘rmonlar va o‘t-o‘lanlar ishlab chiqaradi. Masalaning ikkinchi tomoni – kislorod sarfining oshganligida. YUNESKO ma’lumotlariga ko‘ra atmosfyeradagi kislorod zahirasi 48 mlrd. odamning hayoti uchun etarli. Lekin sanoat va transportning o‘sishi kislorod sarfini tobora ko‘paytirmokda. Engil avtomobil ming km. yurganida bir kishining bir yilda oladigan kislorodini kuydiradi. Samolyot bir soat uchganida 180 ming kishining bir soatda oladigan kislorodini kuydiradi. Hozirgi kunda dunyodagi mavjud avtomobillar soni qariyb yarim milliardga etgan bo‘lib, ular yilida 1,5 mlrd. odamning hayotiga etadigan miqdordagi kislorodni kuydiradi. F.F. Davitaya (1972) ma’lumotiga ko‘ra kishilik jamiyati tarixida yonish jarayoniga jami 273 mlrd. tonna kislorod sarflangan bo‘lsa, shundan 246 mlrd. tonnasi 1920 – 1969 yillar davomidagi yarim asrga to‘g‘ri keladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra hozirgi vaqtda havodagi jami kislorodning 23% nafas olish jarayoniga, undan 15 baravar ko‘pi esa texnosfyera extiyojlariga sarflanayapti.
YUqoridagi keltirilganlardan ko‘rinib turibdiki, keyingi paytlarda kislorod hosil bo‘lishi va sarflanishi o‘rtasidagi muvozanat bo‘zilgan bo‘lib, uning sarfi hosil bo‘lishidan ko‘ra tezlashgan. Kishilik jamiyatining faoliyati davomida Yer yuzida kislorod zahirasi 273 mlrd. tonna (0,02%) ga kamaydi. Bu ko‘rsatkich garchi katta bo‘lmasada, lekin insonni o‘zining kelajagi uchun extiyotkorlikka chorlaydi.

Download 60.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling