Ma’ruzaning rejasi


Download 60.91 Kb.
bet3/6
Sana08.11.2023
Hajmi60.91 Kb.
#1758466
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-Мавзу (1)

Karbonat angidridi gazining atmosfyerada mavjudligi ham biosfyera uchun zarur omildir. Uning atmosfyeradagi umumiy miqdori 2300 mlrd. tonnaga teng bo‘lib, u tirik organizmlarning nafas olishi, vulqonlar otilishi va yonish jarayonlarida hosil bo‘ladi. Nafas chiqarish jarayonida bir soatda odam o‘rtacha 20 litr karbonat angidridi chiqaradi. Ba’zi yirik hayvonlar esa nafas bilan atmosfyeraga soatiga 150 litrgacha karbonat angidridi ajratib chiqaradi. Bundan tashqari amyerikalik mutaxassislar hisobiga ko‘ra 80 mlrd.t karbonat angidridi havoga okeanlar suvidan chiqadi.
Karbonat angidridining me’yoriy miqdori tiriklik uchun zarurdir. YAshil o‘simliklarda kechadigan fotosintez jarayonida asosiy xomashyo karbonat angidridi hisoblanadi. Binobarin, shu moddasiz fotosintez amalga oshmas, kislorod va uglevodlar hosil bo‘lmas edi. Ammo atmosfyerada uning ko‘payishi noxush holatlarga olib keladi. Nafas olinadigan havo tarkibida bu gaz miqdorining 1% ga oshishi odamni noxush qiladi, 25% ga oshishi esa uni o‘limga olib kelishi mumkin.
Atmosfyera havosida karbonat angidridi miqdorining ko‘payishi yerdagi iqlimga ta’sir qilish – qilmasligi to‘g‘risida mutaxassislar turlicha fikrdalar. V. I. Lebedev (1976) ma’lumotlariga ko‘ra atmosfyerada karbonat angidridiining ko‘payishi yer iqlimiga ta’sir kilmaydi, balkim u o‘simliklar tomonidan ko‘proq o‘zlashtirilib, fotosintez jarayonini tezlashtiradi va shunga muvofiq o‘simliklarning hosildorligini oshiradi. Ammo, ko‘pchilik mutaxassislar fikricha atmosfyerada karbonat angidridi miqdorining oshishi Sayyoramiz iqlimini o‘zgartiradi. CHunki karbonat angidridi gazi o‘z tabiatiga ko‘ra quyoshdan kelayotgan qisqa to‘lqinli nurlanishni yerga yaxshi o‘tkazadi, ammo yerdan sinib chiqqan uzun to‘lqinli issiqlik nurlanishini yuqoriga o‘tkazmay, tutib qoladi. SHuning uchun ham havoda bu gaz miqdorining oshishi Yerda «Issiqxona effekti»ni oshirib, iqlim haroratining ko‘tarilishiga olib kelishi to‘g‘risidagi fikr haqiqatga yaqinroqdir. B.M. Smirnov (1978) ma’lumotlariga ko‘ra havodagi karbonat angidridining miqdori 2025 yilda 1978 yilga nisbatan 35% ko‘payishi mumkin. Bu esa Yer yuzi o‘rtacha haroratini 0,2–0,50S ga ko‘tarishi mumkin. U. Kellogning 1977 yildagi bashoratlariga ko‘ra karbonat angidridining miqdori 70-yillar o‘rtalariga qaraganda 2050 yilga borib 50 % ko‘payadi, shunga muvofiq havoning o‘rtacha yillik harorati 1,5- 6,00S gacha ko‘tarilishi mumkin. Havo haroratining bunday ko‘tarila borishi o‘z navbatida dunyo muzliklariga ta’sir o‘tkazmay qolmaydi – ularning yerishi tezlashib, tabiiy ofatlarni keltirib chiqaradi. Hozirgi kunda ba’zi mamlakatlar hududida ro‘y byerayotgan to‘fonlar va suv toshqinlarining ko‘payayotganligi Kellog ma’lumotlarining to‘g‘riligidan dalolat byeradi.
Ozon (O3) kislorodning allotropik shakl o‘zgarishi bo‘lib, u ultrabinafsha nurlari hamda havodagi elektr zaryadi ta’sirida kislorod molekulalarining parchalanishdan hosil bo‘ladi. Bu gaz atmosfyeraning 70 km balandligigacha bo‘lgan qavatida uchraydi, biroq uning eng zich joylashgan o‘rni 25-30 km balandlik oralig‘ida bo‘lib, bu yerda u «ozon pardasi» (ozon ekrani) ni hosil qiladi. Agar gipotetik ma’noda ozon gazi siqilsa, bu pardaning qalinligi 1-3 mm ni tashkil qiladi. Uning og‘irligi atmosfyera havosi umumiy og‘irligining 10 milliondan bir qismiga teng. Lekin shunga qaramay ozonning biosfyeradagi ahamiyati beqiyos kattadir. Agar Yer yuziga kelayotgan quyosh nurining 20% atmosfyerada tutib qolinadigan bo‘lsa, uning 13% faqatgina ozon pardasida tutiladi. Ozon qavati o‘zida ayniqsa quyosh nuri tarkibidagi ultrabinafsha nurlarini ko‘proq tutib qoladi. Ultrabinafsha nurining me’yorda bo‘lishi tiriklik uchun muhimdir, chunki u yashil o‘simliklar tomonidan fotosintez jarayoniga ishtirok ettiriladi, ammo uning yerga ko‘p tushishi tyerini kuydirib, tyeri – rak kasalliklarini keltirib chiqaradi, etarli bo‘lmasligi esa turli patogen mikroorganizm-larning ko‘payishiga sharoit yaratadi.
Ozonning Yer yuzini ortiqcha ultrabinafsha nurlardan himoya qilishidan tashqari uning yer usti havosidagi tabiiy miqdori nafas olish jarayonini engillashtiradi. Bu me’yoriy miqdor 0,0001 mg/l bo‘lib, bunday havo toza va shifobaxsh hisoblanadi. Biroq havoda ozonning ko‘payib ketishi organizmga zarar qiladi – uning miqdori 0,02-0,03 mg/l ga etganida odamning nafas yullari yallig‘lanib, zotiljam kasalligi kelib chiqadi.

Download 60.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling