“marvarid”aqliy va ruhiy rivojlanishida orqada qolgan bolalar guruhi bilan olib borilgan ishlar hisoboti defektologning vazifalar taqsimot yo`riqnomasi


Оta-оnalar bilan olib borilgan ishlar


Download 32.48 Kb.
bet4/5
Sana07.01.2023
Hajmi32.48 Kb.
#1081195
1   2   3   4   5
Bog'liq
2019-2020

Оta-оnalar bilan olib borilgan ishlar.
Ota-onalarga kerakli tavsiya va maslahatlar doimiy berib borilmoqda.
Farzandlarining mashg`ulotga qatnashishi, ularning kayfiyati, o`zlashtirishlari bo`yicha suhbatlashilmoqda.
Bolalarni har kungi o`yin faoliyati orqali ham rivojlantirish haqida tavsiyalar berib borilmoqda.
Bolalarni o`yin jarayonida nafaqat kuzatish balki, bevosita ota-ona ham birgalikda o`yinda ishtirok etishlari lozim. O`yinlar orqali bolalar hayotni o`rganadi, nutq va tafakkur doirasi kengayadi. Bolalar o`yindagi qo`g`irchoqlarni tirikdek yaxshi ko`rishadi, ularga mehr berishadi. Ularning o`yinda o`zlarini tutishlari orqali ularning ruhiy holatini aniqlash mumkin. O`yin – bu hayot ko`zgusidir.
Reja asosida va lozim bo`lgan paytda bolalarga uyga vazifalar va topshiriqlar berilib kelinmoqda.
Маshg`ulotlarda topshiriqlar bo`yicha o`zlashtira olmayotgan bolalarning ota-onalari bilan maslahatlashib, kerakli uslublar tanlanmoqda. Kunning 2chi yarmida bolalar bilan ishlash uchun tarbiyachiga vazifalar berilmoqda va shu vazifalar yuzasidan ota-onalarga ham ko`rsatmalar beilmoqda.
Hamkorlik ishlari
KTIMTT psixologi Amonova Gavxarhar tomonidan oyda 2 marta jamoa bo`lib guruh bolalari bilan psixologik metodikalar asosida mashg`ulotlarni tashkil qilib kelmoqda. Shuningdek, psixokorrektsion va psixodiagnostik ishlarni va yakka tartibdagi ishlarni olib bormoqda.
Bolalarning test va metodika natijalari bo`yicha ota-onalarga psixolog tomonidan tanishtirib borilmoqda. Shuningdek ota-onalarga kerakli tavsiya va maslahatlar berilib kelinmoqda. Guruhimizning 2 nafar tarbiyalanuvchisi: Suvonova Ozoda, Ibragimova Sevinch maktab ta`limiga yo`naltirildi. Ularni bilish jarayonlarini shakllantirish maqsadida psixolog, tarbiyachi bilan hamkorlikda korreksion ishlarni amalga oshirdik.
Tashkilotimizning LFK va uqalovchi hamshiralarining muolajalari bolalarning umumiy motorikasini yaxshi rivojlanishiga yordam bermoqda.
KTIMTT jismoniy tarbiya yuriqchisi tomonidan bolalarga jismoniy rivojlantiruvchi mashqlar, sport musobaqalari va ko`ngilochar tadbirlar tashkil etilib borilmoqda. Bu mashqlar bolalarning ham jismoniy ham ruhiy rivojiga ijobiy o`zgarishlar olib kelmoqda. Haftada 2 marta jismoniy tarbiya mashg`uloti jismoniy tarbiya yuriqchisi bilan hamkorlikda tashkillashtirib borilmoqda.
KTIMTT musiqa rahbari tomonidan har bir bayram va ko`ngilochar tadbirlarga alohida tayyorgarlik ko`rilmoqda. Haftada
2 marta musiqa mashg`uloti musiqa rahbari tomonidan tashkillashtirib borilmoqda. Har bir bolaning imkoniyati va qiziqishidan kelib chiqqan holda, tadbirlarda bolajonlarimizning ishtiroki ta`minlanmoqda. Bolajonlarimiz musiqa mashg`ulotiga juda ham qiziqib qatnashishadi.

Download 32.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling