“marvarid”aqliy va ruhiy rivojlanishida orqada qolgan bolalar guruhi bilan olib borilgan ishlar hisoboti defektologning vazifalar taqsimot yo`riqnomasi


Download 32.48 Kb.
bet3/5
Sana07.01.2023
Hajmi32.48 Kb.
#1081195
1   2   3   4   5
Bog'liq
2019-2020

Frontal mashg`ulot 5 qismdan iborat:

  1. Tashkiliy qism.

  2. Asosiy qism.

  3. Jismoniy daqiqa.

  4. Mustahkamlash.

  5. Rag`batlantirish.

Mashg`ulotning 3ta maqsadi bor:

  1. Ta`limiy maqsad.

  2. Tarbiyaviy maqsad.

  3. Korrektsion maqsad.

Yakka mashg`ulothar har bir bola bilan alohida o`tkaziladi. Yakka mashg`ulotda bolaning imkoniyatidan kelib chiqqan holda,nafas mashqlari, artikulyatsiya mashqlari, barmoq mashqlari bajartiriladi. Nafas mashqlari yordamida to`g`ri nafas olishni rivojlantiriladi, artikulyatsiya mashqlari yordamida esa artikulyatsion nutq organlari faollashtiriladi. Barmoq mashqlari yordamida mayda qo`l motorikasi rivojlantiriladi. Yana, yakka mashg`ulotda tovushlar talaffuzi ustida ishlanadi va logomassaj ham o`tkaziladi. Logopedik massaj bolaning nutqidagi nuqsonni bartaraf etishning eng samarali usuli hisoblanadi.
2019-2020 o`quv yilida olib borilgan ishlar
O`quv yilida bolalar bilan bir qancha bayram tadbirlari o`tkazildi.

  • 3-dekabr “Imkoniyati cheklangan boalalarni himoya qilish” kuniga bag`ishlangan bayram tadbiri.

  • Guruhimizda “Salom yangi yil” nomli yangi yil bayram tadbiri.

  • Yangi yil bayrami munosabati bilan “Yangi yil sovg`asi” deb nomlangan MTTning bayram tadbiri.

  • 14-yanvar vatan himoyachilari kuniga bag`ishlangan bayram tadbiri.

  • “Navoiy vorislarimiz” buyuk siymolar tavalludiga bag`ishlangan badiiy kecha.

  • “Onajonlarga ta`zim” 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag`ishlangan bayram dasturi.

Shu bilan birga tashkilotdagi bir qator musiqiy tadbirlarda ham bolajonlarimiz raqs va qo`shiqlari bilan ishtirok etishdi.


2020 yil 8 yanvarda guruhimiz tarbiyalanuvchilari ishtirokida “Svetafor bizning do`stimiz” mavzusida shahar simenari o’tkazildi. Seminarda shahardagi barcha MTT defektologlari va maktabgacha ta’lim boshqarmasidan ham mehmonlar ishtirok etdi. Va simenar so’nggida ishtirokchilar o’z ijobiy fikrlarini bildirishdi . Mashg’ulotda bolajonlar ham faol qatnashishdi. Tarbiyalanuvchilarning topshiriqlarni qiziqish bilan bajarishi, harakati munosib rag`batlantirildi. Simenarga kelgan pedagoglar ham bolalarning ishtiroki va harakatini olqishlashdi.
Geometrik shaklmavzularidagi ochiq mashg`ulotda ham bolalarga geometrik shakllar haqida tushuncha berildi.bolajonlar bu mashg`ulotda ham maroq bilan ishtirok etishdilar. Bolajonlar bu mashg’ulotda shakllarni farqlashni va ular asosida uycha yasashni o’rgandi. Mashg’ulot yakunida bolalar shirinliklar bilan rag’batlantirildi va pedagoglar o’z fikrlarini bildirdi.

Download 32.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling