Masalalar mufassal javoblar va ko'rgazmalar bilan ta'minlangan
Download 119.38 Kb.
|
Fizikadan qiziqarli savollar
- Bu sahifa navigatsiya:
- ADABIYOTLAR
T=(),22"I{. Suv temperaturasi 0,22 gradusga ko'tarilar ekan.
73. Nurbekning otasini gapi haqiqatga yaqin . . Tez harakatlanayotgan poyezd yo'lga yaqin bo'lgan jismlarni o'ziga tortishi mumkin. Bu hodisa Bernuili qonuni asosida tushuntirilishi mumkin (№69 masalani javobiga qarang).Bu qonunga ko'ra, havo bosimi havo molekulalarining harakat tezligi bir - biriga bog'liq. Havo tez harakat qilgan joyda, bosim past bo'lib, havo sekin harakat qiladigan joyda bosim katta bo'ladi. Tezyurar poyezd o'zi bilan birga havoni surib, shamol hosil qiladi.Shuning uchun poyezd yaqmida (aniqrog'i tagida ) havo bosimi , poyezddan uzoqroq bo'lgan joyga nisbatan pastroq bo'ladi. Bu bosimlarni farqi poyezdga yaqin bo'lgan jismlarni poyezdga tomon itaradi. Kimyodan bilamizki,suv kislorod va vodorodning yonishi natijasida hosil bo'ladi. (2H2+O2-2H2O), ya'ni, o'zi yonish mahsulidir. Shuning uchun u ikkinchi martayonmaydi. Suyuqliklar (suv, spirt, yog' va boshqalar) ajoyib xossaga ega . Agar ularni qizdirsak, temperaturalari qaynashgacha 42 Q larilib, undan keyin olovni bar qancha ko'tarsak ham, suv qtiynub, lining temperaturasi lOOoS dan oshmaydi. Bu tempera-(Hilda piyoz pishadi, lekin kuymaydi. O'simliklar yog'ining qgynash temperaturasi 150oS dan yuqori. Bu temperaturada piyoz qovuriladi. 76. Yo'q, sekinlashadi. Muzning erishi uchun issiqiik kerak. Palto issiq-likni vomon o'tkazib, muzga boradigan issiqiik oqimining yo'lini to'sadi vn muzning erishiga xalaqityetkazadi. 77. Mumkin. Qaynash - bu suvmng kuchli bug'ga ayla- nishidir. Suv tarkibidagi havo va hosil bo'lgan bug1 pufakchalar lhaklida suv sirtiga chiqib yoriladilar va tovush chiqaradilar. I'ulakchalarning paydo bo'lishi va suv sirtiga chiqishlari sirt usti- dagi havo bosimiga bog'liq.Agar bosim katta bo'lsa, pufakchalar sirtdan chiqa olmaydilar, qaynash yuz bermaydi. Bosim pasaytirilsa, pufakchalar tezroq va ko'proq chiqadi va qaynash pastroq temperaturada yuz beradi. Demak, suv sirtining bosimini biron yoi bilan pasaytirsak , masalan, suvli idishning havosini tortib olish imkoni bor, berk idish ichiga qo'yib, nasos yordamida suv sirtinmg bosimini pasaytirsak, past temperaturada ham suv qaynaydi. Tajriba ko'rsatadiki, atmosfera bosimi 15 mm simob ustumga teng bo'lganda, suv 20 gradusda qaynaydi. 78. Samovar suvi uni qaynash temperaturasiga qadar, ya'ni l(J0"C gacha ko'tarila oladi . Bunday temperaturada har qanday metall, shu jumladan samovar yasaiadigan mis va alumin chiday oladi. Agar samovar suvsiz qoisa, temperatura oshib borib, oqibatda samovar eriydi va ishdan chiqadi. 79. Cho'p ma'lum temperaturada yonib ,ma lum issiqiik chiqaradi. Agar cho'p ho'l bo'lsa, yonish vaqtida hosil bo'lgan bir miqdor issiqiik cho'pni isitish va uriing tarkibida bo'lgan suvni bug'ga aylantirish uchun sarflanadi. Natijada yonish jarayoni susayib, ma'lum sharoitda to'xtashi ham mumkin. 80. Meteorning tezligi juda katta bo'lganligi uchun, ishqalanish natijasida hosil bo'lgan issiqiik ham yuqori bo'lib, 43 metallami qattiq isitadi. Shamol tezligi bo'lsa, meteor tezligidan minglab marta kichik.Shuning uchun ajraladigan issiqiik juda oz bo'ladi va shamol olib ketadigan issiqiik o'rnini toidira olmaydi. 81. Muz suvdan yengil, shuning uchun ko'l-va suv omborlarining muzlagan sirti, suv tagiga cho'kmasdan, uning sirtida qoladi. Suv zichligini temperaturaga bog'likligi ancha murakkab bo'lib, 4° С suv zichligi eng katta bo'lib, temperaturani pasayishi va ko'payishi bilan kamayadi. ■ Agar suv sirtini temperaturasi 4° С ga teng bo'lsa, suv pastga tushib issiqroq suvni yuqoriga ko'taradi. Bu aralashish jarayoni ko'l suvining temperaturasi 4 С ga teng bo'lganda to'xtaydt va ko'l tagida, shu temperatura o'zgarmay qoladi. 82. Sovuq havo issiq havoga nisbatan og'irroq. Shuning uchun sovutgich kamerani havosi pastga tushib, xolodjlnik ichini sovutadi.Sovutgich kamera xolodilnikning pastgi qismida joylashtirilsa, sovuq havo pastga qolib, xolodilnikning ichini yuqori qismi sovumaydi. 83. Yo'q , mumkin emas. Agar radiator yuqoriga-uy shiftiga o'rnatilsa, uning issiqligi pastga tushmaydi va uy baravar isimaydi (82 masaia javobiga qarang). 84. Shunga e'tibor berish kerakki, bankachalar ichidagi havoni avval isitib, key in badanga yopishtiradilar. Banka ichidagi havo hajmi kichrayib, terini banka ichiga tortadi. 85. Bu hodisa choy ichiladigan idishlarni issiqiik o'tkazishiga bog'liq. Metall stakan, chinni piyola yoki shisha stakandan, issiqlikni yaxshi o'tkazadi. Shuning uchun issiqiik metall idishdan lablarga ko'proq o'tadi va ularni kuydirishi mumkin. Choy chinni piyoladan ichilsa, bir ho'plam choy issiqligi lablami kuydirish uchun kifoya emas. 86. O'simliklarni tanasi va shoxlariga suvning ko'tarilisbi kapillyar hodisasi asosida tushuntiriladi. Kapillyarlar - juda ingichka naychalar bo'lib, barcha tirik va notirik organizmlar tarkibida rnavjud,suv va erigan oziq, moddalari sirt tortish kuchlari yordamida kapillyar devorlariga yopishib, katta balandlikda ko'tarila oladilar. Har qancha suyuqlikni sirt taranglik koeffitsiyenti katta va kapillyar diametri kichik 44 B'tka/ishiga bog'Iiq. Metall stakan, chirmi piyola yoki shisha Itlkandan, issiqlikni yaxshi o'tkazadi. Shuning uchun issiqlik metall iilislnlari lablarga ko'proq o'tadi va ularni kuydirishi mumkin. Choy t liiiini piyoladan ichilsa, bir ho'plam choy issiqligi lablarni kuydirish uchun kifoya etnas. 86. O'simliklarni tanasi va shoxlariga suvmng ko'tarihshi Bftpillyar hodisasi asosida tushuntiriladi. Kapillyarlar - juda ingiehka naychalar bo'lib, barcha tirik va not'irik organizmlar tarkibida mavjud,suv va erigari oziq, moddalari sirt tortish kuchiari yordamida kapillyar devorlariga yopishib, katta balandlikda ко'tarda oladilar. Наг qancha suyuqlikni lift taranglik koeffitsiyenti katta va kapillyar diametri kichik bo'isa, shimcha suyuqlik yuqoriroq ko'tariladi. Alanga (isiq havo) atrof havosidan yengilroq. Arximed qonuniga binoan, og'ir havo (sovuq) yengil havoni (issiq) yuqoriga Itaradi. Vaznsizlik holatida bu hodisa kuzatilmaydi. Hayvonlar badanini yuzasi qancha katta bo'lsa, shimcha qo'proq ularning badanini issiqligi tashqariga ketadi. Shar shaklidagi jism boshqa shakldagi jismlarga qaraganda kichikroq yuzaga ega. Jonivorlar bu hodisadan foydalanadilar. 10(a) щщ %«ш / ж ,/ш 10-rasm 89. Yil fasliarini almashishishining asosiy sababi - Yer o'qini uning harakati yuzasi (EKLIPTIKA) ga nisbatan qiyaligidir. Quyosh nuri yil davomida o'zgarmasa ham Yer sirtini ko'rinishi (o'rni) Quyoshga nisbatan o'zgarib turadi. Natijada 1 m2 Yer sirtiga tushadigan nur o'zgara oladi (10 - rasm). 10(a) rasmda Yer shuilday joylashganki, quyosh nuri shimoliy yarimshariga janub yarim shariga nisbatan ko'proq tushadi.Shuning uchun shimoliy 45 yarimshariga yoz bo'lib, janubiy yarimshariga qish bo'ladi.Yarim yildan keyin Yer 10 b) ko'rinishiga ko'chadi. Endi yarimsharga quyosh nun ko'proq tushib, u yerda yoz fasli bo'ladi Agar Yer aylanish o'qi ekliptika yuzasi bilan tug'ri burchakni tashkil etsa, yi! fasllarini almashishi yuz bermas edi. Bor. Ekvator chizig'i yaqiniga joylashgan minta-qalarga kechayu - kunduz uzunligi bir xil bo'ladi. Benzinni to'kkan vaqtda, u ishqalanib zaryadlanadi. Bu zaryadlami yerga o'tkarish zarur, aks holda vaqt o'tishi bilan ular miqdori ko'payib yong'in yuz berishi mumkin. 92. Iplar to'quv mashinasining taroqlariga ishqalanib, elektrlanadi va zaryadga ega bo'lib, taroqlarga yopishadi. Y.uqori namlik esa ularning elektrlanishiga to'sqinlikqiladi. 93. Metall bo'lagi qattiq to'siqqa urilib elektrlanadi va erkin elektronlar inersiya bilan harakatini davom ettirib, metall bo'lagini tarketadi, natijada metall musbat zaryadlanadi. ■94. Alangani yoritadigan qismini qizigan gazlar hosii qilmay, balki yonmagan juda kichik qizigan uglerod zarralari amalga oshiradi. Yuqori temperaturada cho'g'langan ko'mir, metal-larga o'xshab elektron chiqaradi, natijada o'zi musbat zaryadlanadi, shuning uchun alanga elektrofor mashinasini manfiy qutbi tomon egiladi. Juda ham oz tok o'tadi, chunki qush oyoqlari orasidagi potensial farqi kichik bo'ladi. Ishlaydi, chunki kosmos vakuum holatdadir. Birinchi holatda lampochka yonmaydi, chunki voltmetr qarshiligi lampochka qarshiligidan ancha katta. Ikkinchi holatda qisqa tutashuv yuz beradi va ampermetr ishdan chiqadi. Buning sababi, ampermetr qarshiligini juda kichikligidir. Yashin va momoqaldirok hodisasi bir-biriga bog'liq bo'lib, bir vaqtda yuz beradi. Yorug'likni tarqalish tezligi (300000 km/s) tovush tezligidan (340 m/s ) juda katta boiganligi sababli, biz yashin (yorug'lik) ni ko'nb ozroq vaqtdan keyin uning tovushini eshitamiz.Agar sekundomer bilan yorug'likni ko'rish va tovushni eshitish oralig'ini o'lchasak, u 5 sekundga teng bo'lsa, unda yashin 340-5=1700m uzoqlikda yuz berganligini ko'rsatadi. Yashin ko'proq Yer sirtidan balandroq, ya'ni bulutga yaqinroq bo'lgan predmetlarga tegadi. Shuning uchun momoqal- 46 ЦГОС] vaqlida sim yog'ochlar, yakka daraxt va balandlikda turish niiislaliat berilmaydi. Ochiq joyda turish nisbatan xavfsizroqdir. 100. Kapalakni qanot qoqishini eshitmaslik, bizning bulog'imizni kamchiligi. Inson qulog'i chastotasi 17 dan 20 ming f.i'i'sgacha bo'lgan to'lqinni eshita oladi.Chastotasi 17 gersdan kichik bo'lgan to'lqinlar infratovusH, chastdtasi 20 ming gersdan vnqori bo'lgan to'lqinlarni ultratdvush deyiladi. Kapalaklar 1 sekundda 1-9-martagacha qanot qoqadi, ihlllling uchun chiqaradigan tovush chastotasi 1-9 gersga teng bo'ladi. Asalari 180 - 300 marta, pashshalar 300-500 martagacha qanot qoqadi. Kapalak qanotlarini tebranish chastotasi infrato-VUShga to'g'ri kelib, bizning qulog'imiz uni eshita olmaydi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ■ 1. Усова А. В. , Вологодская 3. А. Развитие позновательная слмостоятельност и творческой активности учащихся в процессе обучения физике. Челябинск. 1996. 2. Chamolov M., Hamzayev В., Mas'alahoi s'ifati az fizika. Dushanbe 1984. Игнатев Е.И.В Царстве смекалки . М- «Наука». 1987 «Квант», «Юный техник», «Техника молодёжи» журналлари, 1970- 1990 йиллар. uyml 5. Горев Л.А. Занимателные опыти по физике. М,: Просвещение, J 985. 6. Перельман Й.И. Занимательная физика. Книга первая и вторая. М.: Наука. 1991. 7. G'aniyev A.G., Avliyoqulov A.K., Alimardonova G'.A. Fizika. 1 qism.: "O'qituvchi", Toshkent-2008. , ■ ,, ■ ''' j >s.m''o~J ".">■;" e ... »i m :<г №0 47 Uslubiv nashr В. XAMZAYEV, Т. JUMAYEV FIZIKADAN QIZIQARLI SAVOL VA MASALALAR Texnik muharrir: M. Raxraatov Muharrir: Э. Жабборов Bosishga ruxsat etildi: 04.05.2012 y. Qog'ozbichimi 60x84 1/16. Nashrbosmatabog'i 3,32 №2l-buyurtma. 180 nusxada. Kelishilgan narxda. Qarshi Davlat universiteti kichik bosmaxonasida bosildi. Qarshi shahri, Ko'chabog' ko'chasi, 17-uy. Download 119.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling