Mashg‘ulot №5 Mavzu : Maʼlumot bazasi tizimining arxitekturasi. Uch bosqichli arxitektura. Reja
Ma’lumotlar bazasini uch bosqichli arxitekturasi
Download 20.97 Kb.
|
5 Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashqi modellar
- Konseptual bosqich
- Fizik bosqich
Ma’lumotlar bazasini uch bosqichli arxitekturasi. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimini qanday tashkil etilishini o’rganishdagi ilmiy izlanishlar, ularni amalga oshirishni xilma - xil usullarini ko’rsatib beradi. Bularning ichidan eng optimal varianti Amerika standartlashtirish qo’mitasi ANSI (American National Standarts Institute) tomonidan taqdim etilgan MBni uch bosqichli tashkil etish usuli hisoblanadi.
Tashqi modellar - eng yuqori bosqich, bunda har bir model o’zini ma’lumotlar tasviri qabul qiladi. Har bir ilova, o’ziga kerakli zarur bo’lgan ma’lumotlarni ko’radi va qayta ishlaydi. Masalan, ishchilarni malakasi bo’yicha taqsimlash tizimi xizmatchi malakasi haqidagi ma’lumotlarni ishlatadi. Uni oklad, manzili, telefoni haqidagi axborotlar qiziqtirmaydi va aksincha, oxirgi ma’lumotlar xodimlar bo’limi qism tizimida ishlatiladi. Konseptual bosqich - markaziy boshqarish zvenosi bo’lib, bunda MB eng ko’p umumiy holda tasvirlanib, u shu MB bilan ishlaydigan barcha ilovalar ishlatiladigan ma’lumotlarni qamrab oladi. Umuman konseptual bosqich MB yaratilgan predmet sohani umumlashgan modelini akslantiradi. Bu model ob’ektlarning muhim xossalarini shakllantirish uchun xizmat qiladi. Fizik bosqich - fayllarda joylashgan ma’lumotlarni tashqi axborot saqlovchilarida joylashishini belgilaydi. Bu arxitektura ma’lumotlar bilan ishlaganda mantiqiy va fizik mustaqillikni ta’minlab beradi. Mantiqiy mustaqiliylik bitta ilovani o’zgartirishni, shu baza bilan ishlaydigan boshqa ilovani o’zgartirmasdan amalga oshirishni bildiradi. Fizik mustaqiliylik, saqlanuvchi ma’lumotlarni bir qattiq diskdan boshqasiga ko’chirganda uni ishlash qobiliyatini saqlab qolgan holda o’tkazishni bildiradi. Ular yordamida MBBT dasturlar va foydalanuvchilarga saqlanayotgan ma’lumotlardan foydalanish uchun imkoniyat yaratadi. Bu imkoniyat ma’lumotlarni fizik joylashishini hisobga olmasdan, balki dasturlar va foydalanuvchilar nomlari bo’yicha amalga oshiriladi. MBBT kerakli ma’lumotlarni tashqi eslab qolish qurilmasidan ma’lumotlarning fizik modeli bo’yicha izlaydi. Demak, kerakli ma’lumotlardan foydalanishga ruxsat aniq bir MBBT yordamida bajariladi. Shuning uchun, ma’lumotlar modeli ushbu MBBT ma’lumotlarni tavsiflash tilida tavsiflanishi kerak bo’ladi. Ma’lumotlarning infologik modeli bo’yicha yaratiladigan bunday tafsiviga ma’lumotlarning datalogik modeli deyiladi. Uch bosqichli arxitektura (infologik, datalogik va fizik bosqich) ma’lumotlarning saqlanishi unga ishlatiladigan dasturga bog’liqmasligini ta’minlaydi. Kerak bo’lganda saqlanayotgan ma’lumotlarni boshqa ma’lumot tashuvchilarga yozib qo’yish va (yoki) ma’lumotlarning fizik modelini o’zgartirish bilan uning fizik strukturasini qayta tashkil etish mumkin. Tizimga istalgan yangi foydalanuvchilarni (yangi ilovalarni) qo’shish mumkin. Agar datalogik model kerak bo’lsa, uni qo’shish mumkin.
Download 20.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling