Ko’payish organlari
Astsidiyaning ikkita jinsiy bezi-erkaklik va urg’ochilik jinsiy bezlari oshqozonning ustiga joylashgan bo’lib, bir-biriga taqalib turadi. Lichinka xordalilarning hammasi germofraditdir. Jinsiy bezlari baravar bir vaqtda yetilmaganligi natijasida bitta Astsidiyaning o’zi ham erkaklik, ham urg’ochilik funktsiyasini bajaradi.
Lichinka xordalilarning kelib chiqishi
Kelib chiqishi to’liq yoritib berilmagan. Xordalilarga xos belgilari mavjud, lichinka xordalilar rivojlanishi va filogeniyasi rus olimlari A.O. Kovalevskiy va A.N.Severtsovlar o’rganishgan. Ularning rivojlanishi xuddi lantsetnikka o’xshash taraqqiy etishi aniqlangan. Erkin suzub yuruvchi lichinka xordalilarga xos belgilar ya’ni nerv sistemasining joylashgan bo’lishi, xorda va sigmentlarga bo’lingan muskullarning borligi aniq ko’rinib turadi. O’troq hayotga o’tishi munosabati bilan gavda soddalashgan ya’ni nerv sistemasi, sezgi organlari, xordasi va muskullari yo’qolib regressiyaga uchragan
Progress: qobig’i qalinlashgan jabra apparati yaxshi rivojlangan, ko’payishi nafaqat jinsiy kurtalanib ko’payishga o’tgan.
Mavzu bo’yicha topshiriqlar:
Xordalilarning kelib chiqishi o’rganish.
2. Chala xordalilar tipi vakillarini Balanogloss misolida o’rganish.
3. Balanoglossning tuzilishi asosiy belgilarini o’rganish.
4. Balanoglossning tarqalishi, turlar soni, biologiyasini
o’rganish.
5.Lichinka xordalilar xordali hayvonlarning tuban tuzilishidagi kenja tip sifatidagi ahamiyati o’rganish.
6.Lichinka xordalilar o’ziga xos tuzilishdagi hayvonlar guruhi ekanligi haqida talabalarda tushuncha hosil bo’lishi.
7.Astsidiya misolida kenja tipning tuzilishini o’rganish.
Do'stlaringiz bilan baham: |