Mashg’ulot: Chala xordalilar va lichinka xordalilar kenja tiplari. Balanogloss


Download 0.57 Mb.
bet3/4
Sana12.03.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1265275
1   2   3   4
Bog'liq
1-Amaliy mashg\'ulot

Ichki tuzilishi
Ovqat hazm qilish: sistemasi og’iz teshigi, halqum, qizilungach, oshqozon, ichak, kloaka sifoni.
Nafas olish organi: orqa plastinka, jabra bo’shlig’i, jabra yoriqlari.
Qon aylanish sistemasi: xaltachali yuragi, jabra qon tomiri, ichak qon tomiri. Tablitsadan qon aylanish sxemasini o’rganish.
Markaziy nerv sistemasi nerv moddasidan iborat nerv tuguni (gangliy)dan iborat.
Ko’payish organlari: kurtak hosil qiluvchi stolon, urug’don va tuxumdon (germofradit).
Astsidiyaning ko’ndalang kesimida ichki organlarning joylashishini kuzatish.
Astsidiya tanasining oldingi qismida og’iz sefoni, undan so’ng halqum joylashgan bo’lib, halqum nafas olish organi ham hisoblanadi. Halqumdagi jabra teshiklari devorida juda ko’p kapillyar qon tomirlari bo’lib, ularning devorlari orqali gaz almashinuvi sodir bo’ladi. Halqum asosida kaltagina qizilungach ulanib, u oshqozonga ochiladi.
Qon aylanish sistemasi ochiq. Yuragi oshqozon oldida joylashgan. Nerv nayi qisqarib, og’iz sifoni bilan kloaka sifoni oralig’ida nerv tugunini hosil qiladi. Tanasining keyingi qismida jinsiy organlari, urug’don va tuxumdoni joylashgan.
Ovqat hazm qilish sistemasi
Astsidiyaning oziqlanishi passiv. Suv bilan halqumga kirgan oziq zarrachalari bezli nov-endostilda cho’kadi. Endostil halqum asosidan boshlanib, uning qorin tomonidan o’tib og’iz teshigiga ko’tariladi. U kengayib, halqum yoni halqasini hosil qiladi. Ovqat zarrachalari endostilning kiprikli xujayralari yordamida yuqoriga, halqum osti halqasiga, u yerdan esa yelka o’simtasi orqali orqali qizilo’ngach teshigiga o’tadi. Undan oshqozon, ichak va anal teshigiga ochilgan.
Qon aylanish sistemasi
Qon aylanish sistemasi ochiq. Yuragi oshqozon oldida joylashgan bo’lib, qonni harakatga keltiradi. Yurakdan tananing oldingi va orqa tomoniga qon tomirlari ketadi.
Nafas olish organlari
Og’iz sifoni orqali kirgan suv halqum bo’shlig’iga o’tadi. Halqumni juda ko’p jabra yoriqlari, ya’ni stigmalar kesib o’tgan. Bu stigmalar orqali suv aylanib turadi. Natijada qon oksidlanadi.
Nerv sistemasi
Astsidiyaning markaziy nerv sistemasi, og’iz sifoni bilan kloaka sifoni o’rtasida joylashgan kichikroq nerv tugunchasidan iborat. Bu tugunchaning ichki bo’shlig’i nervotseli bo’lmagan yaxlit nerv moddasidan tuzilgan. Voyaga yetgan astsidiyada qamragichlarni hisobga olmaganda, tuyg’u funktsiyasini bajaradigan hech qanday sezgi organi yo’q, lekin astsidiya lichinkasining tuzilishida xordaning bo’lishligi, xorda ustida esa nevrotsel bo’shlig’i bo’lgan nerv nayi joylashganligi, ko’zi, muvozanat va boshqa sezgi organlarining borligi aniqlangan.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling