Mashg‘ulot. Cho‘kishlar, sovuq urishi va issiq urishlar reja
Download 140.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Am-y-7. Cho\'kishlar
Hushdan ketish. Butunlay sog‘lom kishilar ham o‘ta dim xonada, charchaganda, qattiq
qo‘rqqanda, qonni ko‘rganda, yotgan joydan keskin turganda hushdan ketishlari mumkin. Ayniqsa, yurak qon tomir tizimi kasalliklarida, kuchli og‘riq va ko‘p qon yo‘qotganda bu hol ko‘proq ro‘y beradi. Hushni yo‘qotishdan oldingi holatda bosh aylanadi, quloq shang‘illaydi, keskin zaiflik seziladi, esnoq tutadi, ko‘z oldi qorong‘ulashadi, sovuq ter bosadi, ko‘ngil ayniydi, qo‘l va oyoq o‘ziga bo‘ysunmay qoladi. Odamlarning rangi oqaradi. YUrak urishi sekinlashib ko‘z qorachig‘i kengayadi. Ko‘zlar avvaliga olayib keyin yopiladi. Ayni shu payt odam yiqilib tushishi mumkin. Agar odam o‘zini biladigan holatda bo‘lsa, uni darhol o‘tirg‘izib, boshini pastga tushurish kerak. Bo‘yni va ko‘krak qafasini qisib turadigan kiyimlardan xalos qilish: yoqalarini, bo‘yin bog‘ini echish, bo‘ynidagi turli taqinchoqlarni olib qo‘yish kerak. Agar hushdan ketgan vaqti odam o‘zini bilmay qolsa uni orqasi bilan chalqancha yotqizish, boshni pastga tushirib, oyoqlarini ko‘taribroq qo‘yish lozim. Jabrlanuvchining kamarini bo‘shatib, betiga suv sepib, yuzlariga engilgina urish kerak. Bo‘yni va ko‘kragini iloji boricha sovuq suvda ho‘llangan sochiq bilan uqalash maqsadga muvofiq.SHundan so‘ng jabrlanuvchiga novshadil spirti hidlatish kerak. Agar novshadil spirti bo‘lmasa, uning o‘rniga odekolon yoki oddiy oshxona sirkasidan foydalanish mumkin. SHu vaqt davomida toza havo kelishini ham ta’minlash kerak. Buning uchun deraza darchasi, oynalar yoki eshik ochib qo‘yilishi lozim.Hushni yo‘qotish odatda 3-5 daqiqa davom etadi. Agar behushlik holati birinchi yordam ko‘rsatilgandan so‘ng o‘tib ketmasa va belgilangan muddatdan uzoq davom etsa, bemorni to‘shakka yotqizib, issiq o‘rab yoki grelka qo‘yib, tinch qo‘yish kerak. Imkon bo‘lsa yurak tomchilarini, arslonquyruq yoki kardamon tinitmalarini ichirish kerak. Hushini yo‘qotgan kishi o‘ziga kelgach, achchiq choy yoki qahva ichirish lozim. YAlpizli yoki moychechakli choy ham yaxshi foyda beradi. Qoida bo‘yicha behush bo‘lgan kishi kasalxonaga yotqizilmaydi. Asabdan kelib chiqadigan tez-tez takrorlanuvchi behushlikda quritilgan dalachoy, limono‘t, jo‘ka gullaridan choy damlab muntazzam ichib turish tavsiya etiladi. Bu o‘simliklarni birgalikda yoki alohida qo‘llash mumkin. O‘simlikdan qancha miqdorda choy damlash o‘zingizga havola. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling