Mashg‘ulot. Cho‘kishlar, sovuq urishi va issiq urishlar reja


Download 140.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana21.06.2023
Hajmi140.08 Kb.
#1642403
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Am-y-7. Cho\'kishlar

Issiq va oftob urishi 


Issiq vaoftob urishiga sabab ob-havoning yuqori harorati va namligi, issiq, dim xonada ko‘p 
o‘tirish, quyosh ostida bosh yalang yurish, qalin, havo o‘tkazmaydigan (rezinali, brezentli, sun’iy 
tolali) kiyimlar kiyish, spirtli ichimliklar iste’moli, ovqatni me’yordan ortiq iste’mol qilish 
kabilar oqibatida vujudga keladi. 
Issiq urishining belgilari: bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, holsizlanish, bosh aylanishi, qusish, 
og‘iz qurishi, qattiq chanqash, yuzning to‘q qizil rangga kirishi kabilardir. Tomir urishi va nafas 
olish tezlashadi, bemor yurak qismida noxush og‘riq sezadi. Engil oftob urganda tana harorati 
37,50 ga, og‘ir hollarda esa 39-410 gacha ko‘tariladi.
Oftob urishining belgilari: Odam uzoq vaqt quyosh nurlari ostida bosh yalang yursa
oftob urishi mumkin. Dastlabki belgilari xuddi issiq urgandagidek, ko‘rinishda bo‘lib, so‘ng 
bo‘shashish, quloqlarda shovqin, qo‘l-oyoqlar titrashi, yuz qizarishi, yurak urishi va nafas 
tezlashishi kabi alomatlar ro‘y beradi. Tana harorati 38-400 S gacha ko‘tarilishi mumkin.
Og‘ir hollarda odam hushidan ketib, nafas va yurak to‘xtashi ham ro‘y berishi mumkin. Bemorni 
salqin joyga boshini tanasi bilan bir tekisda yotqiziladi. Qusayotgan paytda boshini yonboshlatib, 
barmoqqa toza doka o‘rab og‘zini qusqidan tozalanadi. Bemor yuzi sovuq suvda yuviladi, tanasi 
ho‘l sochiqda artiladi. Peshonasiga muzli xaltacha qo‘yiladi. Bir piyola suvga yarim choy qoshiq 
tuz solib ichiriladi. Nafasni qo‘zg‘atish uchun vaqti-vaqti bilan novshadil spirti hidlatiladi. 
Agar bemor hushsiz bo‘lsa darhol sun’iy nafas oldirish va yurak massajini boshlash kerak.
Oftob urganda tana qizib ketishidan tashqari teri kuyishi ham mumkin. Engil kuysa (teri qizarib 
shishsa, tekkanda og‘riq sezilsa) bu joyga vazelin yoki o‘simlik moyi surish kifoya. 3-4 kun 
davomida quyosh nurlaridan saqlanilsa, shikast o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi. 
Teri qattiq kuyganda qizaradi, pufakchalar paydo bo‘ladi. Ularga tegmaslik kerak! Pufakchalar 
mayda bo‘lsa, kuygan joyga sintomitsin emulsiyasini surib, quruq steril dokada bog‘lanadi va 
shifokorga murojaat qilinadi. 


Download 140.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling