Mashg‘ulot maqsadi
Download 126.83 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘TKAZISH TEXNOLOGIYASI. Ushbu texnologiya bir necha bosqichda o‘tkaziladi: 1 – BOSQICH.
3-mavzu: Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish. Mashg‘ulot maqsadi: Talabalarga Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish haqida ko‘nikma va malaka hosil qilish. Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyasi: «Bumerang» texnologiyasi. Ushbu texnologiya o‘quvchi-talabalarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli adabyotlar, matnlar bilan ishlash, o‘rganilgan materialni yodida saqlab qolish, so‘zlab bera olish, fikrini erkin holda bayon eta olish hamda bir dars davomida barcha o‘quvchi-talabalarni baholay olishga qaratilgan. MAQSAD. Trening davomida tinglovchilarga tarqatilgan materiallarni ular tomonidan yakka va gruh holatida o‘zlashtirib olishlari hamda o‘zaro suhbat-munozara orqali turli savollar orqali tarqatma materiallar, undagi matnlar qay darajada o‘zlashtirilganini nazorat qilish trening davomida o‘quvchi-talabalar tomonidan baho ballarini egallashga imkonyat yaratish. O‘TKAZISH TEXNOLOGIYASI. Ushbu texnologiya bir necha bosqichda o‘tkaziladi: 1 – BOSQICH. - trening to‘g‘ridan-to‘g‘ri tinglovchilarni 4-5 kishidan iborat kichik guruhlarga bo‘lishdan boshlanadi; - trener har bir gruh va uning har bir a’zosiga mustaqil o‘rganish, fikrlash va yodda saqlab qolish uchun alohida-alohida aniq yozma tarqatma material beradi (tarqatma materialda)trener tomonidan tanlangan umumiy mavzu umumiy mavzu bo‘yicha biron bir hajimdagi matn berilgan, ularning soni guruhlar va tinglovchilar soniga bog‘liq. Agar 4 ta kichik guruh bo‘lsa u holda umumiy mavzu 4 ta kichik matnlarga bo‘linib har bir guruhga beriladi; - faolyat samarali bo‘lishi uchun har bir guruhga belgilangan tekstdan har bir tinglovchiga beriladi. Shunday qilib 4 ta guruh umumiy mavzu gruhga asosida 4 xil matnga ega, har bir tinglovchi esa o‘z guruhiga tushgan matnga ega bo‘ladi. Download 126.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling