Машгулот: Oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanish


Alimentar-toksik aleykiya (septik angina)


Download 21.42 Kb.
bet4/6
Sana10.11.2023
Hajmi21.42 Kb.
#1761401
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-амалий Oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanish

Alimentar-toksik aleykiya (septik angina) qishda qor tagida qolib ketgan g’allani iste’mol qilish natijasida paydo bo’ladi, erta bahorda qorlar eriganda oftob taosirida dalalardagi g’allada nam va issiq muhit hosil bo’lib, bu Fusarium sporotrichiella var sporotrichioides turkumidagi zamburug’ning ko’payishiga imkon beradi. Zamburug’larning hayot faoliyati natijasida g’allalarda zaharli moddalar yig’iladi, bular issiqqa g’oyat chidamli, 120 oC haroratda 2 soat mobaynida parchalanmaydi. Bu turkum zamburug’lar odamlarga, hayvonlarga va parrandalarga zaharli ta’sir ko’rsatadi. [9,12]
Kasallikning tarqalishi bahor faslining oxirida va yozning boshlarida zaharlangan g’alla mahsulotlarini iste’mol qilingandan 1-3 hafta keyin kuzatiladi. Ba’zi vaqtlarda kasallik belgisi ( noxushlik, og’izning burishishi, yutishning qiyinlashishi ) kam bo’lsada, ko’ngil aynish, qusish, ich ketish alomatlari kuzatiladi. Bu holatlar zamburug’ toksinlari bilan zararlangan g’alla mahsulotidan tayyorlangan non iste’molidan bir necha soat keyin kuzatiladi. Kasallikning boshlanishi qon hosil qilish a’zolari faoliyatining buzilishi bilan ifodalanadi. Kasallikning rivojlanishida qonda leykopeniya hamda qon tanachalarining hosil bo’lishida depressiya ( trombopeniya, gipoxrom anemiya ) alomatlari kuzatiladi. Leykositlarning miqdori 1:109/l kamayishi (1 mm3 da 1000 va undan ham kam ), eritrositlarning soni 1.8:1012/1(1800000) gacha kamayishi mumkin. Qon tarkibi o’zgarishining asosiy sabablari mieolid va lomfoid to’qimalarda hamda ilikdagi degenerativ va nekroz alomatlarining oqibatidandir.
Kasallik asta-sekin rivojlanadi, avvaliga tamoqning yallig’lanishi va yengil gastrit paydo bo’lib, umumiy holat biroz o’zgaradi, so’ngra qonda leykositlar miqdori 3000-4000 gacha, hatto 800 va undan ham kamayadi. Bu leykopeniya bosqichi deyiladi. Keyinchalik qon tarkibida o’zgarishlar kuchaya boradi: leykositlar miqdori 1 mm3 da 400-200 gacha, gemoglabin miqdori ham keskin kamayadi. Kasallik og’irlashib teriga gemorragik toshmalar toshadi. Tomoqning difteritik yallig’lanishi bilan birga og’ir angina belgilari rivojlanadi. So’ngra nekrotik va hatto gangrenoz angina paydo bo’ladi. Nekrotik jarayon bodom bezlariga, yoychalariga, tilchaga, burun-halqum halqasiga va hatto lunj shilliq pardasiga tarqaladi. Natijada komaning klinik manzarasi rivojlanishi mumkin.Bu anginali gemorragik bosqich deyiladi.
Davolash.Davolashning asosiy shartlari bemorlarning sifatli ovqat iste’mol qilishi hissoblanadi, zarur bo’lsa kasalxonalarda davolash kerak. Bunda og’iz bo’shlig’I yaxshilab parvarishlanadi, antibiotiklar va sulfanilamidlar qo’llaniladi.
Profilaktikasi Dalada qor ostida qolib ketgan g’allani ovqatga ishlatmaslik kerak, g’allani yig’ish sanitariya nazorati ostida amalga oshiriladi.G’alla boshoqlari qolib ketgan dalalarni erta haydash tavsiya etiladi.
Fusarium zamburug’i tushgan g’allani ovqatga, hayvon ovqatiga ham umuman ishlatish mumkin emas, chunki hayvonlarda ham bu kasallik kuzatiladi. Bu g’alladan texnik qayta ishlash uchun (xususan spirtga) foydalanish mumkin, xolos. [10,12,13]

Download 21.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling