Машгулот: Oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanish


Mikrobga aloqador bo’lmagan ovqatdan zaharlanishlar


Download 21.42 Kb.
bet5/6
Sana10.11.2023
Hajmi21.42 Kb.
#1761401
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-амалий Oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanish

Mikrobga aloqador bo’lmagan ovqatdan zaharlanishlar. Mikrobga aloqador bo’lmagan ovqatdan zaharlanishlarga o’simlik mahsulotlaridan (qo’ziqorinlar, zaharli o’simliklar, g’alla urug’lari) zaharlanish, hayvon mahsulotlaridan (baliq, asal, qoramolning buyrakusti va meodaosti bezlari) va boshqa mahsulotlarga aralashgan zaharli, kimyoviy moddalardan zararlanishlar kiradi. [13]
Mikrobga aloqador bo’lmagan ovqatdan zaharlanishlar bakterial zaharlanishga qaraganda kam kuzatiladi va zaharlanishlar umumiy miqdorning atigi 5-10 % ini tashkil etadi. Mikrobga aloqador bo’lmagan ovqatdan zaharlanishning ko’payishi vaqti-vaqti bilan kuzatiladi.Odatda, zaharli qo’ziqorinlardan zaharlanishga bog’liq.Yovvoyi holda o’sadigan zaharli o’simliklardan, begona o’tlarning urug’laridan zaharlanishlar kamroq uchraydi.
Zaharli o’simlik mahsulotlaridan zaharlanish. Qo’ziqorindan zaharlanish.Odatda, qo’ziqorinlardan zaharlanish yakka yoki oilaviy zaharlanish ko’rinishida o’tadi.Ko’p odamlarning zaharlanishi kamdan-kam uchraydi.Qo’ziqorin konservalari sanoat yo’li bilan, kasbga maxsus tayyorlangan kishilar yordamida ishlab chiqariladi.Aholidan yeyish mumkin bo’lgan qo’ziqorinlar qabul qilinadi.[13]
Qo’ziqorinlardan zaharlanish, asosan, erta bahorda va yoz oxirida kuzatiladi. Erta bahorda zaharli strochkini yanglishib iste’mol qilinadi. Yoz oxirlarida zaharlanish boshqa fasllarga nisbatan ko’proq uchraydi . Zaharli qo’ziqorinlarga oq poganka, muxomor, strochki va boshqalar kiradi.
Oq poganka. Buning uch xil, yaoni yashil ( Amontia pholloides) sariq (Amontia moppa), oq (Amontia verna) turi bor. Bu qo’ziqorinlar iyul oyidan oktabrgacha o’sadi, avgust oyida juda ko’p chiqadi.
Oq pagonka tarkibida α, β va γ ammonitlari va falloidin kabi zaharli moddalar miqdori 100 g yangi terilgan qo’ziqorin tarkibida 8’ 5’ 0.5 va 10 mg gacha bo’ladi. Falloidinga nisbatan ammonitlar zaharliroq, lekin taosiri sustroq bo’ladi .Falloidin qaynatilganda parchalanadi, ammonitinlar issiqqa chidamli, o’ta zaharli.
Kasallik 7-20 soatdan o’rtacha 12 soatlik yashirin davrdan so’ng o’tkir qorin og’rig’I bilan boshlanadi, og’riq zo’rayib, tez-tez ich ketadi, ketma-ket qayt qiladi, najas sariq- ko’kimtir yoki loysimon-ko’kimtir, tez orada shilimshiqli- suvdek, lekin hidsiz bo’lib qoladi. Behollik kuchayadi, tashnalik avjiga chiqadi, ichilgan suv qusganda qaytib tushadi.Suvsizlanish oqibatida bemorning ko’zlari kirtayib, rangi bo’zarib ketadi, so’ngra ko’kimtir tusga kiradi, talvasa tutadi, oyoq-qo’llari muzlaydi. [11,13,14]
Harorat, odatda, o’zgarmaydi, bolalarda baozan 38 oC gacha chiqadi.Og’ir hollarda 2-3-kun falajdan keyin yurak butkul to’xtaydi.
Ba’zi bir hollarda ahvolning qisqa muddatli yaxshilanishidan so’ng qorinda g’ijimlanib og’rish va ich ketish avjiga chiqadi, sariq kasalligi alomatlari sodir bo’ladi. Bunday hollarda, kasallik boshlanishining 9-10-kunlarida o’lim xavfi bo’ladi. Kasallik yengil kechganda sekin-asta sog’ayish alomatlari ko’rina boshlaydi. 1970- yilda Parijda Paster nomidagi ilmgohda oq pogankaga qarshi antitoksin-tioktidaza kashf etilgan.
Muxomorlarning qizil penterin (Amonita myscaria)va porfirlik (Amonita pantherina) va parfirlik (Amonita porphyria) turlari maolum. Muxomordan zaharlanish kam uchraydi, chunki uni iste’mol qilsa bo’ladigan qoziqorinlardan ajratish juda oson. Tarkibida markaziy asab tizimiga zaharli taosir qiluvchi muskarin va muskaridin bor.
Zaharlanish qo’ziqorin iste’mol qilingandan keyin 1-4 soatli yashirin davr bilan boshlanadi.Bemor terlaydi, so’lagi oqadi, ko’zi yoshlanadi, ko’ngli behuzur bo’ladi, tez-tez qusadi, tinmay ichi ketadi.Keyinchalik bosh aylanadi, tez-tez esi kirarli-chiqarli bo’lib qoladi, bemor bezovta bo’ladi, alahlaydi, ko’ziga narsalar ko’rinadi, mast odamga o’xshab yuradi.Ko’pincha tuzalib ketadi.
Profilaktikasi. Qo’ziqorinlardan zaharlanishni oldini olish, asosan, ularni terish, ishlov berish va sotish davrida sanitariya qoidalariga rioya qilishga bog’liq. Davlat korxonalarida qo’ziqorinlarni qayta ishlash davrida sanitariya qoidalariga rioya qilish kerak. Yalpoqsimon qo’ziqorinlarni quritish va undan ikra tayyorlash mumkin emas, bunday qo’ziqorinlarni tuzli suvda 5-7 daqiqa qaynatib oqar suvda chayigach, marinovka qish mumkin. Bozorlarda alohida qo’ziqorin sotish rastalari bo’lishi kerak.Qoziqorinlar turlarga ajratilishi, yalpoq qo’ziqorinlar oyoqchalari bilan sotilishi kerak, chunki ularning oyoqchalari bo’lmasa, zaharli qo’ziqorindan ajratish qiyin bo’ladi.Qo’ziqorin ikralari, salatlarini hamda maydalangan qo’ziqorinlarni sotish man qilinadi. Terimga bolalar jalb etilgudek bo’lsa, mavsum boshlanishidan oldin terim qoidalari ( iste’mol qilsa bo’ladiganidan iste’mol qilib bo’lmaydiganini ajratish) tushintirilishi zarur. [13-15]

Download 21.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling