Машгулот: Oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanish


Download 21.42 Kb.
bet3/6
Sana10.11.2023
Hajmi21.42 Kb.
#1761401
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-амалий Oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanish

Aflotoksikoz. Aflotoksikoz toksini birinchi marta 1960-yilda Angliyada parrandalarda g’uli-g’uli ( kurka hamda o’rdak jo’jalari) X-kasalini o’rganishda aniqlangan. Mikroskopik zamburug’lar asosan Aspergillus flavus, kam miqdorda bo’lsa ham Penicillium va Rhizopus guruhlari oziq-ovqat mahsulotlarida zaharli moddalar hosil qiladi, ular aflotoksinlar nomini olgan. Aflotoksinlarning 12 turi: B1, B2, M2, C1, C2va boshqalarning kimyoviy tuzilishi aniqlangan. B1 eng kuchli toksigen aflotoksin hisoblanadi.Aflotoksinlar proteolitik, fibriolitik, dermatonekrotik xossalarga ega.
Aflotoksin ajratuvchi zamburug’lar ko’pincha yeryong’oqda, yeryong’oqdan qilingan unda yaxshi ko’payadi. G’alla mahsulotlarida, bug’doyda, javdar bug’doyida, arpada, makkajo’xorida, uning unida hamda guruchda, dukkakli mahsulotlarda, yog’ beruvchi madaniy o’simliklar urug’ida, kakao, kofe urug’ida, sut, go’sht, tuxum va boshqa ovqat mahsulotlarida ko’payadi. Zamburug’lar o’zidan aflotoksinni sovitkichlarda nisbiy haroratda ajratish mumkin, lekin qulay harorat 20-30 oC va namlik esa 85-90 % ni tashkil qiladi.
Surunkali aflotoksikozda jigarda sirroz va rak kasali, o’tkir kasallikda jigarda nekrozlar hamda yog’li infiltratsiya borligi aniqlanga. Toksigen zamburug’lardan zararlanishning oldini olish uchun g’alla mahsulotlari, yormalar, kungaboqar, yeryong’oq, quruq mevalar va shu kabilarni saqlash sharoitlariga amal qilish zarur. Mog’or hosil qiluvchi zamburug’larning borligi mikologik tekshirishlar, jumladan, kimyoviy va biologik usullar bilan aniqlanadi. Tarkibida 2-15 % zamburug’lar bo’lgan g’alla mahsulotlarini iste’mol qilsa bo’ladi, deb topilgan. Moyli o’simliklar tarkibida ( yeryong’oq va undan olingan mahsulotlar) aflotoksin B1 ning (oxirgi) ruxsat etilgan miqdori xomashyoning 1 kg miqdorida 30 mkg, bug’doy, guruch, loviya va boshqa mahsulotlarida 10 mkg/kg ni tashkil qiladi. Bolalar uchun tavsiya qilinadigan ovqat mahsulotlari tarkibida aflotoksinlar bo’lmasligi kerak. [11,12]

Download 21.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling