Машгулот: Oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanish


Mikroblar tushgan ovqatdan zaharlanishlar


Download 21.42 Kb.
bet2/6
Sana10.11.2023
Hajmi21.42 Kb.
#1761401
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-амалий Oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanish

Mikroblar tushgan ovqatdan zaharlanishlar. Qayd etilgan hamma ovqatdan zaharlanish kasalligining 95% ni mikrobli ovqatlardan zaxarlanish tashkil etadi. Bularning asosiy qismi ovqat toksikoinfeksiyalaridir.
Ovqat toksikoinfeksiyalari deb, tirik mikroblar ko’p miqdorda tushgan ovqatni iste’mol qilish natijasida to’satdan paydo bo’lib, o’tkir va o’rtacha o’tkir kechadigan kasalliklarga aytiladi. [10,11]
Toksikoinfeksiyalarni qo’zg’ata oladigan kasalliklarga enterotoksin ishlab chiqaradigan shtamlar ( enteropatogen ichak tayoqchasi B.Cereus, cl. Perfringens va boshqalar), proteolitik faollikka ega bo’lgan mikroblar kiradi.
Oziq-ovqat toksikoinfeksiyalari, intoksikatsiyalari. Toksikoinfeksiyalar va intoksikatsiyalar bir-biridan epidemiologik jihatdan kam farq qiladi. Kasalliklar avj olishining ikkala turida quyidagi uch tarmoq umumiy hissoblanadi’ mahsulotning zaharlanishi, mikroblarning ko’payishi uchun sharoit vujudga kelishi’ mahsulotni iste’mol qilishdan oldin yetarlicha pishirmaslik. Biroq kasalliklar patogenezi intoksikatsiyalarning o’z xususiyatiga ko’ra ular mikroblarning mahsulotda o’sishi davrida ajratgan zaharning organizmga tushishi natijasida ham ( mikroblar bo’lmagan holda ham stafilokokk intoksikatsiyalari, botulizm ) zaharlanish ro’y beradi. [9-11]
Ba’zi bir mualliflar botulizmda toksindan tashqari, tirik mikroblarning ham ahamiyati borligini aytadilar va shunga ko’ra botulizmni oziq-ovqat toksikoinfeksiyasi deb hisoblashni lozim topadilar.
Bakterial toksikozlar o’tkir kechadigan kasallik bo’lib, iste’mol qilingan ovqat mahsuloti tarkibida mikroblarning hayot faoliyati davrida ajratgan zahari taosirida ro’y beradi. Bunga botulizm hamda stafilikokkli zaharlanishlar kiradi.
Mikotoksikozlar. Ovqat mikotoksikozlari, asosan, surunkali kasallik bo’lib, organizmda ovqat mahsuloti, g’alla va g’alla mahsulotlarida ko’paygan mikroskopik zamburug’lar tushishi natijasida paydo bo’ladi.
Mikotoksikozlar yuqori haroratga ( 200 oC va undan yuqori ) chidamli. Hozirgi kunda mikroskopik zamburug’lar bilan zararlangan ovqat mahsulotlarini zararlantirish usullari maolum emas. Mikotoksikozlarga: aflotoksikozlar, alimentar toksik aleykiya ( septik angina ), “achigan non”dan zaharlanish va ergotizm kiradi.

Download 21.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling