Mashg’ulot. Sudralib yuruvchilar (Reptilia) sinfi vakili ildam kaltakesakning tashqi tuzilishi va skeleti Ildam kaltakesakning ichki tuzilishi. Sudralib yuruvchilarning xilma-xilligi. Ilonlar va toshbaqalar skeletlarining tuzilishi


Download 1.31 Mb.
bet1/5
Sana30.04.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1416525
  1   2   3   4   5
Bog'liq
4-labaratoriya


16-17 mashg’ulot. Sudralib yuruvchilar (Reptilia) sinfi vakili ildam kaltakesakning tashqi tuzilishi va skeleti Ildam kaltakesakning ichki tuzilishi. Sudralib yuruvchilarning xilma-xilligi. Ilonlar va toshbaqalar skeletlarining tuzilishi.
Kaltakesakning tuzilishi.
Kaltakesakning sistematik оrni
Xordalilar- Chordata tipi
Umurtqalilar- Vertebrata kenja tipi
Sudralib yuruvchilar- Reptilia sinfi
Tangachalilar- Sguamata turkumi
Vakil-Chоl agamasi- Agama Sanguinolenta Pale

Kerakli materiallar: kaltakesak (iloji bоlsa endigina оldirilgan kaltakesak berilsin), vannachalar, skalpel, qaychi, pintset, preparoval nina-2 dona, ninalar-10-15 dona, paxta, doka rоmolcha-2 dona.


Darsni оtish uchun ilova qilingan-chоl agamasi bоlmagan taqdirda kaltakesakning boshqa turlaridan h’am foydalnish mumkin.

Tashqi tuzilishi. Kaltakesakning gavdasi besh bоlim: bosh, bоyin, tana, dum, shuningdek oldingi va keyingi oëqlarga bоlinadi. Kaltakesakning terisi shox tangachalar bilan qoplangan bоlib, ular shakl jih’atidan turli-tumandir, h’atto bir h’ayvon gavdasining turli joylarida tangachalar turlicha shaklda bоladi. Agamaning boshi malum shaklga ega bоlmagan mayda tangachali. Biroq kaltakesak bazi bir turlarining boshi qatiy bir tartibdagi yirik-yirik qalqonchalar bilan qoplangan.


Tumshuqning uchida bir juft tashqi burun teshiklari (53-rasm, 1) bor. Ular tanglayning оrta chizig’i yaqinidagi bir juft tirqishsimon ichki burun teshiklar ëki xoanalar bilan og’iz bоshlig’iga ochiladi (tashqi burun teshigiga nina ëki qil tiqib kоrilsa uning uchi og’iz bоshlig’iga chiqadi). Kоzida xuddi baqadagidek, pastki, ustki qovoqlar va yumgich parda (53-rasm, 2) bоladi. Nog’ora parda bilan qoplangan quloq teshiklari (53-rasm, 3) kоzning orqasida joylashgan.
A gamaning uzunchoq tanasidagi shox tanachalari (53-rasm, B-5) qorin qismida qator yirik qalqonlar, tananing ustida esa birmuncha mayda tangachalar kоrinishida bоladi. Kloakaning tashqi teshigi dum asosida оrnashgan (53-rasm, B-6).
53-rasm. Chоl agamasining tashqi tuzilishi:
1-tashqi burun teshigi; 2-kоzi; 3-quloq teshigi; 4-tirnoq.

Shox tangachalar agamaning dumida h’alqa shaklida joylashgan. Barmoqlarida yaxshi taraqqiy etgan tirnoqlari (53-rasm, 4) bor. Shilimshiq modda ishlovchi teri bezlari yоq, shu munosabat bilan agamaning gvdasi barcha sudralib yuruvchilarning gavdasi singari, h’amisha quruq. Quyuq ëg’simon sekret ajratuvchi maxsus teri bezlarining faoliyati h’ayvonning jinsiy faoliyati bilan bog’liq. Ular kaltakesak turlari gavdasining h’ar xil qismida joylashgan (masalan, agamada qorinning keyingi qismi tangachalarini qoplab ëtgan dog’ bоlib, bu, ayniqsa, erkaklarida aniq kоrinadi).





Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling