Mashg’ulotlar uchun
Оshqоzоnni yuvish usuli va vоsitalari
Download 0.61 Mb.
|
TIBBIY BILIM ASOSLARI
Оshqоzоnni yuvish usuli va vоsitalari.
1. Oshqozonni yuvish usuli va vositalari: uy sharoitida va kasalxona sharoitida 1. Oshqozonni yuvish. Oshqozonni yuvish 2 xil usulda bajariladi:2. Zond yordamida yuvish.3. Zondsiz yuvish. Birinchi usul - zond yordamida yuvish asosan shifoxona sharoitida, uy sharoitida «tez yordam» xizmatchilari tomonidan bajariladi. Zond yordamida oshqozon yuvilganda sifon printsipidan foydalaniladi, ikkita idishni tutashtirib turadigan suyuqlikka to‘ldirilgan naycha suyuqligining pastroqda joylashgan idish ichiga harakati ro‘y beradi. Idishning biri - suvli varonka, ikkinchisi oshqozon. Varonka yuqoriga ko‘tarilganda suyuqlik me’daga, pastga tushirilganda -me’dadan varonkaga tushadi. Me’dani yuvish uchun uzunligi 1-1,5 metr, yuqori uchi varonkasimon kengaytirilgan yo‘g‘on me’da zondi bo‘lishi kerak, unga sig‘imi taxminan 1 l va tegishli kamida 8 mm, uchi yumaloqlangan va yon devorlarida yopiq uchining yonginasida ikkita teshigi bo‘lgan shisha voronka kiygaziladi. Zond va varonka sterillangan bo‘lishi kerak, buning uchun 15-20 daqiqa suvda qaynatiladi. Yuvish uchun suyuqliklar zarur: -2%li natriy gidrokarbonat eritmasi; - kaliy permanganatning nimpushti rangdagi eritmasi -ko‘zachalarda tayyor turishi kerak; - bemor uchun kleyonka fartuk; - yuvindi suvlar uchun chelak yoki tog‘ora. Me’dani yuvish ikki bosqichdan iborat: Birinchi bosqich: Varonkali bemorning tizzasi sathida, me’daga havo kiritilmaslik uchun bir oz qiyalab tutib turiladi va uni asta-sekin og‘iz sathidan balandga ko‘o‘tarib, unga avvaldan tayyorlab qo‘yilgan gidrokarbonat eritmasi quyiladi. Suyuqlik me’daga tez o‘tadi. Suvning hammasi varonkadan me’daga quyilishini kutib turmaslik lozim, chunki suyuqlikdan so‘ng havo so‘rilib, bu me’da suyuqligini chiqarishini qiyinlashtiradi. Ikkinchi bosqich: Suv varonka bo‘g‘zigacha etganda boshlanadi, suyuqlik varonkadan tushib ulgurmasdan varonkani bemorning tizzasi sathigacha tushiriladi va u me’da suyuqligi bilan to‘lguncha kutib turiladi. Suyuqlik tushgan idishlarning fiziq qonuniga binoan me’da suyuqligi bilan birga me’dadan varonkaga qayta tushadi. Bunda uni tog‘ora yoki chelak ustidan olib tashlanadi va suyuqlikning varonkadan oqib chiqishi to‘xtagach, unga yana eritma to‘ldiriladi, hamda ushbu muolaja suv tiniq bo‘lib tushmaguncha takrorlanaveradi. Buning uchun o‘rtacha 8-10 litr suyuqlik kerak bo‘ladi. Bemor zond yuta olmasa, me’da quyidagicha yuviladi. Bemorga 1-2 litr iliq natriy gidrokarbonat eritmasi ichiriladi va o‘z holicha qayd qilish ro‘y bermasa, til ildizi barmoq bilan yoki tampon bilan ta’sirlantirib qayd qilish qo‘zg‘atiladi. Muolajaning bir necha marotaba, ya’ni toza suv tushguncha qaytariladi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling