Mashg’ulotlar uchun


Download 0.61 Mb.
bet104/104
Sana24.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1059386
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   104
Bog'liq
TIBBIY BILIM ASOSLARI

1-6 - oylar. Dastlabki 4-6 oy davomida bolaga ona suti (yoki tarkibida ona sutiga teng bo‘lgan moddalarga boy sun’iy ozuqalardan) boshqa hech narsa bermang. Bu davrda bolangiz faqat suyuqliklar ichishi mumkin. Bola 4-6 oygacha oddiy ovqatlarni hazm kila olmaydi
Chaqaloqqa mol, qo‘y yoki echki suti bermang. Chunki bu sutlar oqsil va mineral moddalarga boy bo‘lgani uchun bola ularni ham hazm kila olmaydi va hazm a’zolari, jigar hamda buyraklariga og‘ir keladi. Bolaga bir yoshgacha asal bermang. Unga asalni ham hazm qilish hali qiyin, shuningdek u turli xil bakteriyalarga ega bo‘lib chaqalog‘ingizning xali rivojlanmagan himoyalovchi xususiyati bunga bardosh bera olmaydi. Chunki bu paytda bolada xali turli kasalliklarga qarshi kurash qobiliyati bo‘lmaydi.
4-6 oygacha bolaga qattiq ovqatlar berish mumkin emas, chunki bola ularni hazm qila olmaydi. Bolaga qattiq ovqatlarni erta bersangiz uning ichi o‘tib qolishi mumkin, natijada rivojlanish sekinlaydi va turli allergik kasalliklar kelib chiqishi mumkin.
6-12 - oylar. Bolaning asosiy ovqati ona suti bo‘lishi bilan birga, unga asta-sekin ezilib pishgan guruch, kartoshka, tovuq go‘shti, qo‘y go‘shti, loviya, mosh ham berishingiz mumkin.
Har xafta bolaga yangi ovqatdan qo‘shing va xafta davomida uni berib boring. Shu yo‘l bilan bolaga qaysi ovqat to‘g‘ri kelish-kemasligini bilib olasiz. Bolangizning ichi o‘tsa, qayt qilsa, tanasida toshmalar paydo bo‘lsa, bergan ovqatingiz allergiya berganligi ma’lum bo‘ladi. Har qalay birinchi yilda pomidor, tuxum, apelsin sharbati, pista, bodom, eryong‘oq, shokolad bermaslik tavsiya qilinadi, chunki bular allergiyaga sabab bo‘lishi mumkin.
8 oylarga kelib bolangiz turli xil ovqatlar eya oladigan bo‘ladi. Siz bilan bir xil taomlar eydi, faqat unga ovqatni yaxshilab maydalab oz miqdorda berishingiz kerak bo‘ladi. Bolaga shirinliklar, sho‘r va ziravorli ovqatlar bermang.
Bolangiz 1 yoshga to‘lguncha piyola va qoshiq bilan foydalanishni o‘rganishi kerak. Ovqatning yarmini o‘zi mustaqil eyishi mumkin. Bola yordamsiz, oson eya oladigan ovqatlar talab qiladi.
12-24 – oylar. 12 oydan so‘ng ona sutining ahamiyati bola uchun ozayib, katta yoshdagi odamlarning ovqatlari asosiy ozuqasiga aylanib boradi. Lekin bolani 2 yoshgacha yoki undan ham ko‘proq emizishingiz maqsadga muvofiqdir.
Xulosa qilib aytish lozimki, sog‘lom farzandlar tug‘ilishiga asos yaratish, ularni ratsional ovqatlantirish, ona sutidan keng foydalanish, chaqaloqlik davridan boshlab raxit, ozg‘inlik (gipotrofiya), kamqonlikning oldini olish – bolalar salomatligining asosini yaratadi.




Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling