Mashg’ulotlar uchun
Download 0.61 Mb.
|
TIBBIY BILIM ASOSLARI
QADDI-QOMAT bolaning yoshligidan boshlab o‘sishi, rivojlanishi va tarbiyalanishiga qarab shakllanadi. To‘g‘ri shakllangan qaddi-qomat kishini xushbichim qiladi, harakat apparati va butun organizmning normal ishlashiga yordam beradi.
Odamning qaddi-qomati to‘g‘ri shakllangan bo‘lsa, umurtqa pog‘onasining tabiiy qiyshayishi bilinmas darajada, ko‘rak suyagi bir-biriga nisbatan simmetrik joylashgan, ikkala yelka bir tekisda, qorin tortilgan, oyoq to‘g‘ri, oyoq panjalari normal, muskullar yaxshi rivojlangan bo‘ladi, kishi chiroyli yuradi. Qaddi-qomatning noto‘g‘riligi, ayniqsa uning o‘sish davrida noto‘g‘ri shakllanishi suyak skeletida turg‘un o‘zgarish (deformatsiya) hosil bo‘lishiga, nafas organlari, qon aylanishi, ovqat hazm bo‘lishi, siydik ajratish, nerv va harakat apparati faoliyatining yomonlashishiga, bosh og‘rishiga, tez charchashga, ishtaxa yo‘qligiga olib keladi. Yelkasi turtib chiqqan (bukri), umurtqa pog‘onasi qiyshiq kishilar qaddi-qomati noto‘g‘ri bo‘ladi. Yelkasi turtib chiqqan kishilarda elka muskullari sust rivojlangan, umurtqa pog‘onasining ko‘krak qismi orqaga bir tekisda turtib chiqqan («yumaloq shaklli yelka»), bosh oldiga egilgan, ko‘krak qafasi yassi, (yelka kirishgan, qorin chiqqan bo‘ladi. Shalvaygan qadai-qomatda bosh egilgan, ko‘krak qafasi yassi, yelka kirishgan, oyoqning tizza qismi bukilgan bo‘ladi. Raxit, gipotrofiya, semizlik kabi kassalliklar, infektsion kasalliklar, yassi oyoqlik, shuningdek rejimning noto‘g‘ri tashkil etilishi, kam kaloriyali ovqatlar bilan ovqatlanish, o‘ziga mos kelmagan yy mebelidan, partadan foydalanish, kitob-daftarni noto‘g‘ri ko‘tarish bolalar qaddi-qomatining buzilishiga sabab bo‘ladi. Qaddi-qomat noto‘g‘ri shakllanishining oldini olish uni tuzatishdan ko‘ra ancha yengil. Shuning uchun ota-onalar, maktabgacha yoshdagi va maktab yoshidagi bolalarning tarbiyachilari bolalar qaddi-qomatining to‘g‘ri shakllanishiga doimo e’tibor berishlari zarur. Bolalar qaddi-qomatining to‘g‘ri shakllanishida o‘z vaqtida to‘la kaloriyali ovqatlar iste’mol qilish, toza havoda bo‘lish, massaj, gimnastika, chiniqtiruvchi muolajalar, jismoniy rivojlanishga mose keladigan mebellardan foydalanishning ahamiyati muhim. O‘z qaddi-qomatiga qarab yurishni bolalarning ongiga singdirish kerak. Bolalarning yumshoq o‘rnida va doimo bir yonboshni bosib yotishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Go‘dakni dastlabki birinchi oylarda yostiqqa yotqizmaslik kerak. 3 oyga to‘lmagan go‘dak bolani tik ko‘tarish, 6 oylik bo‘lmaguncha o‘tkazish. 9-10 oyga bormaguncha oyoqda uzoq tik turg‘azib qo‘yish yaramaydi. Bolani yurishga o‘rgatishda maxsus moslamalardan foydalanish lozim. Bola yurishga o‘rganganda uni uzoq vaqt yurg‘izib sayr qilmaslik kerak. Bolaning uzoq, vaqt cho‘qqayib o‘tirishiga, stolda va tizzada uzoq vaqt o‘tirishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur. Mashg‘ulot va ovqatlanish vaqtida bolaning to‘g‘ri o‘tirishiga razm solib turish kerak. Bola o‘tiradigan stul va stol uning bo‘yi va gavda nisbatiga mutanosib bo‘lishi shart. Qaddi-qomati noto‘g‘ri rivojlanmasligi uchun yassi oyoqlikni albatta davolash zarur, chunki oyoq panjasining yassilanishi oyoqning tayanch funktsiyasini buzadi, bu chanoq va umurtqa pog‘onasining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Bolaning rejimi shunday tuzilgan bo‘lishi kerakki, uning bajaradigan serharakat va kam harakat mashg‘ulotlari bir-biri bilan to‘g‘ri navbatlashadigan bo‘lsin. Bola muskul anaratining yaxshi mustahkamlanishiga alohida e’tibor berib borish lozim. Go‘dak 1,5-2 oylik bo‘lganida massaj qila boshlash kerak. Bola 3—4 oylik bo‘lganda oyoq-qo‘lni bukish va yozish mashqini boshlash lozim, bu paytda oyoq-qo‘lni bukuvchi muskullar bilap yozuvchi muskullarining fiziologik kuchi bir xilda bo‘ladi. 3 yashar va undan katta yoshli bolalar bilan gimnastika mashqlari, harakatli o‘yinlar, ertalabki gimnastika mashqlari o‘tkaziladi va sayr qildiriladi. Bolaning kiyim-boshi harakatli o‘yinlarni o‘ynashda halaqit bermaydigan darajada keng bo‘lishi lozim. Jismoniy ish qat‘iy cheklanadi va u dam olib-dam olib o‘tkaziladi. Bolalar bilan o‘qish-yozish mashg‘ulotlari o‘tkazishda xonaning yoritilganligiga e’tibor berish kerak. Xona yaxshi yoritilmagan bo‘lsa, bola stol ustiga engashib, qaddini noto‘g‘ri tutib o‘tiradi. Qaddi-qomatning normal shakllanishida chiniqtiruvchi muolajalar yaxshi yordam beradi. Bunday muolajalar bolanint sog‘ligini mustahkamlaydi, uning hayotiy faoliyati va quvvat darajasini oshiradi. Bukrilangan qaddi-qomatni tuzatishda suzish bilan shug‘ullanish naf beradi. To‘yib uxlashning ahamiyati katta. To‘yib uxlash bolaning nerv sistemasi na muskullariga orom beradi, umurtqa pog‘onasi va bo‘g‘imlarga zo‘r kelishini kamaytiradi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling